2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
 
 


55 
19-jadval 
Tuproqdagi fosfor miqdorining kuzgi bug„doy hosildorligiga ta‟siri 
 
Fosfor miqdori, 
mg/100 g.
Fosforni o„zlashtirish koeffitsienti,% 


10 
14 
17 
20 

6,5 
9,1 
13,0 
18,2 
22,2 
26,0 
10 
13,0 
18,3 
26,0 
36,6 
44,3 
52,0 
15 
19,6 
27,4 
39,2 
54,8 
66,5 
78,4 
20 
26,1 
36,5 
52,2 
73,0 
88,7 
104,4 
25 
32,6 
45,6 
65,2 
91,2 
110,0 
130,4 
 
1.9. URUG„SHUNOSLIK 
 
Dala ekinlarining hosildorligi va mahsulotning sifati ekish uchun 
ishlatiladigan urug„ning urug„lik sifatlariga bog„liqdir. Urug„ tirik organizm 
hisoblanib, uning murtagidan kelgusida o„simlik rivojlanadi. Shuning uchun 
urug„lik bo„lajak o„simlikning biologiyasi, xo„jalik va nav xususiyatlarini o„zida 
mujassamlashtirgan bo„ladi. Shu sababdan dehqonchilik tarixida urug„likning sifat 
belgilariga katta e‟tibor berib kelingan.
Urug„lar uch xil sifat belgilariga ega: 
1. Urug„likning sifat belgilari, ya‟ni ekishga yaroqli bo„lishi (unib chiqish 
darajasi, energiyasi, o„sish kuchi va tozaligi).
2. Nav tozaligi: urug„ning ma‟lum bir nav tozaligiga ega bo„lishi, uning 
reproduksiyasi.
3. Urug„likning hosildorlik xususiyatlari - urug„ning ma‟lum bir sharoitda 
yuqori hosil berish xususiyatlari.
Urug„lik va nav tozaligi sifat belgilaridan tashqari, 1000 dona urug„ning 
massasi (og„irligi), katta-kichikligi, yirikligi, zichligi, urug„ning bir xil yiriklikda 
bo„lishi ham katta ahamiyatga ega.
Urug„shunoslik fani - biologik fan bo„lib, urug„ning rivojlanishi va hayoti, 
tashki muhit faktorlariga talabchanligi, yuqori sifatli urug„lik yetishtirish 


56 
texnologiyasi, urug„ni ekishga tayyorlash usullarini o„rganadi. Bundan tashqari 
urug„lik xususiyatlarini aniqlash uslubini o„rganadi.
Demak, urug„shunoslik fani - ekish uchun ishlatiladigan urug„lik bilan 
shug„ullanadi va uning maqsadi urug„lik sifatini yaxshilashdir. U o„z ilmiy izlanish 
uslubiga, urug„lik sifatini aniqlash uslubiga ega. Shuning uchun urug„shunoslik 
mustaqil fanlarga qo„yilgan talablarga to„liq javob beradi.
Urug„shunoslik urug„chilik fanidan farq qiladi. Urug„chilik fanining 
vazifasi-yangi navlarning urug„ini ko„paytirish tizimini, uning nav tozaligini saqlab 
qolish va xo„jaliklarni shunday urug„lar bilan ta‟minlashdan iboratdir.
Dunyoda birinchi urug„ nazorat stansiyasi 1869 yili Germaniyada professor 
F.Nobbe so„ngra 1877 yili Rossiyada professor A.F.Batilin tomonidan tashkil 
etilgan.
Hozirgi vaqtda urug„likning har bir sifat ko„rsatkichlari davlat andozasi bilan 
belgilanadi va uning nazoratini markaziy urug„likni nazorat qilish rasadxonasi olib 
boradi.
Madaniy o„simliklarning hayotiy davri urug„dan-urug„gacha hisoblanadi. 
O„simlikshunoslikning asosiy maqsadi - bitta urug„ ekib hosil olgan xolda, uni 
ko„p marta ko„paytirib olishdan iborat. Urug„ni har tomonlama va chuqur 
o„rganishning ahamiyati ham shundan iboratki, urug„ning tinim davrida har xil 
noqulay sharoitlarga qapshi turishi, o„zining hayotchanligini yo„qotmasligi, uzoq 
muddat yaroqli xolda turishi, bir dona o„simlikning o„ziga o„xshagan ko„p sonda 
o„simlik berishi, ularning mustaqil ravishda ko„payishidan hamda bu 
xususiyatlarga ega bo„lishi ma‟lum bir vaqtda o„simlikni hayotini qayta davom 
ettirishga imkon beradi.
Urug„ o„z rivojlanishini tamom qilib, ona o„simligidan kerakli zaxira oziq 
moddalarni olgandan so„ng uyadan ajraladi va o„zi mustaqil hayot boshlaydi. Ona 
o„simligining yaxshi rivojlangan bo„lishi, sog„lomligi, baquvvatligi yuqori sifatli 
urug„ paydo bo„lishiga asos bo„ladi.
Ekish uchun madaniy o„simliklarning urug„i yoki mevasi ishlatiladi. Har 
qanday o„simlik pishish davrida meva tugadi va yetilgan meva beradi


57 
Dukkaklilarda mevasi dukkak, donli o„simliklarda don, g„o„za, zig„irda ko„sak va 
boshqalardir. Yig„ish va yanchish davrida meva qobiqlari yoriladi, ulardan urug„ 
ajraladi va ular ekish uchun olinadi.
Ba‟zi bir mevalarda meva urug„ qobiqlari bilan qo„shilib ketgan bo„ladi yoki 
bir necha mevalar bir-biri bilan qo„shilib o„sadi, masalan g„allasimon 
o„simliklarning donida va qand lavlagining mevasi - yong„oqchada ko„rish 
mumkin. Shuning uchun nafaqat urug„, balki mevalar ham ekish uchun ishlatiladi.

Download 7.59 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish