• Urug„larning turli xil sifat belgilariga ega bo„lish asoslari
  • Urug„ning yig„ilgandan keyin yetilishi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Urug„ning yig„ilgandan keyin yetilishi. Urug„ tirik organizm, uning asosiy 
    hayotiy omillari - nafas olish, kimyoviy tarkibining o„zgarishi va boshqalar. 
    Urug„ning yetilishi uni yig„ib olish, saqlash va tinim davrida ham to„xtamaydi. 
    Urug„ni yig„ish davrida u morfologik yyetiladi, lekin hali uni unib chiqish kuchi va 
    darajasi past bo„ladi.
    Urug„ to„la yetilgan davrida uning hayotchanligi, unib chiqish darajasi 
    normal holatga kelishi uchun yig„ishdan keyin ma‟lum davrni, ya‟ni tinim davrini 
    o„tishi kerak. Tinim davrining o„tish muddati o„simlik turi va ularning nav 
    xususiyatlariga, urug„larning onalik o„simlikda rivojlanish va pishish hamda 
    urug„ning yig„ib olingandan so„ng saqlash sharoitiga bog„liq. Bu davrda urug„ 
    fiziologak-biokimyoviy jarayonlarni o„tadi, ular to„la yyetiladi va unib chiqish 
    xususiyatiga ega bo„ladi. Masalan, tinim davrining muddati makkajo„xori va 
    bargak urug„larida bir necha kun, bug„doy, arpa, tariq, no„xat, kungaboqar 
    urug„larida 20-40 kun bo„ladi.
    Urug„ning pishish davridagi sharoitga qarab ham tinim davri har xil bo„ladi. 
    Bu davr salqin va seryog„in bo„lsa, urug„larning tinim davri uzayadi, aksincha, iliq 
    va quruq bo„lsa tinim davri qisqaradi. Ma‟lum sharoit ta‟sirida urug„larning 
    fiziologik etilishini, ya‟ni tinim davrini tezlashtirish mumkin. Donli o„simliklarni 
    yig„ish davrida yog„ingarchilik ko„p bo„lsa hosilni oftobda qizdirib-shamollatish 
    natijasida tinim davrini qisqartirish mumkin.
    Urug„larning turli xil sifat belgilariga ega bo„lish asoslari: Urug„larning 
    har xil bo„lishini ularning morfologik belgilari, kimyoviy va biokimyoviy tarkibi, 
    fiziologik holati, ularning tirikligi, unuvchanligi va hosildorligi bo„yicha turli xil 


    58 
    bo„lishiga aytiladi. I.G. Strona (1967) urug„larning turli xil sifat belgilarga ega 
    bo„lishini uch xil ekologik, onalik va genetik sabablarga bo„ladi:
    1. Urug„larni turli xil sifat belgilariga ega bo„lishida ekologik sharoitning 
    ta‟siri beqiyos bo„ladi. O„simlik va urug„larning rivojlanish davrida ekologik 
    sharoit ta‟sirida har xil urug„lar paydo bo„ladi. Urug„larning bu sababga ko„ra, har 
    xil bo„lishi ta‟sir qilmaydi, lekin ma‟lum bir biologik xususiyatlarning 
    rivojlanishiga ta‟sir ko„rsatadi.
    Madaniy o„simliklarning o„sishi va rivojlanishi tashqi muhitning har xil 
    sharoitida o„tadi. Rivojlanayotgan urug„ barglar orqali fotosintez maxsuli bilan 
    ildiz sistemasi orqali oziq moddalar bilan ta‟minlanadi. Ba‟zi omillar urug„ga 
    ijobiy, ba‟zilari esa salbiy ta‟sir ko„rsatishi mumkin. Urug„ning sifatiga ta‟sir 
    qiladigan asosiy omillardan biri havo harorati hisoblanadi.
    E.G. Kizilova ma‟lumotlariga qaraganda, makkajo„xori gullash va urug„ning 
    shakllanish davrida 20-22
    o
    C ga nisbatan 12-14 
    o
    C urug„larni urug„lik sifati va unib 
    chiqish quvvati 3-4% ga pasaytirganligini ko„rsatadi.
    Bundan tashqari o„simliklarni o„sish sharoitiga qarab urug„larning kimyoviy 
    tarkibi va fermentlarning faolligi ham o„zgaradi. Ob-havo sharoiti o„zgarishi bilan 
    urug„lardagi zahira oziq moddalar miqdori ham o„zgaradi. Ayniqsa, urug„ 
    shakllanish davrida fasl haroratining oshishi va namlik yetarli bo„lishi urug„da 
    oqsil moddasining to„planishiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Demak, o„simliklarning 
    o„sish va rivojlanishi, ayniqsa, urug„ tugish va shakllanish davridagi ekologik 
    sharoiti urug„ sifatiga kuchli ta‟sir ko„rsatadi.
    2. Urug„larning har xil bo„lishining ikkinchi sababi, onalik o„simlikning 
    rivojlanishida namoyon bo„ladi. Onalik o„simlikda urug„larning har xil joylanishi 
    va rivojlanishi, urug„larning har xil oziqlanish va onalik o„simlikni urug„ 
    rivojlanishiga har xil ta‟sir ko„rsatishi natijasida kelib chiqadi.
    Umuman, bir tup o„simlikda, boshoqda, ro„vakda, so„ta va ko„sakda, 
    urug„lar har xil sifatga ega bo„lib, ular morfologik, anatomik, fiziologik, 
    biokimyoviy 
    ko„rsatkichlari bo„yicha bir-biridan farq qiladi. Madaniy 


    59 
    o„simliklarda gullarning paydo bo„lishi, meva va urug„larning pishishi bir 
    o„simlikning o„zida bir vaqtda to„g„ri kelmaydi.
    Boshoqli don ekinlarida boshoq o„rta qismidan gullaydi, pastki va yuqorigisi 
    kechroq gullaydi. Birinchi yoki oldin hosil bo„lgan urug„lar yirik bo„lib, yuqori 
    urug„lik sifatiga ega bo„ladi. Ro„vakli ekinlarda gullash ro„vakning uchki qismidan 
    boshlanadi, pastki va yon shoxlarda keyin gullaydi, shuning uchun ro„vakning 
    uchki qismidagi gullari yirik va urug„lik sifati yuqori bo„ladi. So„taning o„rta 
    qismidagi donlar esa shunday xususiyatga ega bo„ladi.
    Toshkent davlat agrar universitetida o„tkazilgan tajribalar natijasiga ko„ra, 
    jo„xorining gul to„plamidagi urug„larning sifati har xil bo„lganligini quyidagi 
    jadvaldan ko„rish mumkin.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Urug„ning yig„ilgandan keyin yetilishi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish