partiyasidan o„rtacha namuna olinadi. Bundan mavjud barcha qoidalarga rioya




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi

partiyasidan o„rtacha namuna olinadi. Bundan mavjud barcha qoidalarga rioya 
qilish kerak. O„rtacha namlanadigan urug„ning miqdori ekin turiga, urug„ning 
yirikligiga qarab har xil bo„ladi. Ko„pchilik don ekinlari uchun o„rtacha namuna 
miqdorini 1000 gramm mayda urug„lar uchun 100 g deb olinadi.
O„rtacha namunasidan uchta olinadi. Birinchi namunani urug„ning tozaligi 
unib chiqish darajasi va kuchi, hayotchanligi va 1000 ta urug„ning vaznini aniqlash 
uchun ishlatiladi. Ikkinchi urug„ namunasidan esa urug„ning namligi va ombor 
zararkunandalari bilan zararlanishi aniqlanadi. Bu urug„ namunasi toza quruq 
shisha idishga solinib, surg„uch bilan mahkamlab yorliq yopishtirib qo„yiladi. 
Uchinchi urug„ namunasi kasalliklar bilan zararlanishini aniqlash uchun ishlatiladi 
va bu namuna qog„oz
xaltaga solinadi.
O„rtacha urug„ namunasi davlat urug„chilik inspeksiyasi tomonidan 
instruktaj olgan xo„jalik, tajriba muassasalari agronomlari tomonidan olinib, ikki 
nusxa akt bilan xujjatlashtiriladi. 
Bunda mahsus qabul qilingan xujjat shakli to„ldirilib, unda urug„ning to„la 
tavsifnomasi beriladi. Bu aktga namuna olgan agronom, xo„jalik rahbari va urug„ 
saqlashga javobgar ombor mudiri qo„l qo„yadi. Aktning bir nusxasi xo„jalikda, 
ikkinchi nusxasi namuna bilan birga davlat urug„ inspeksiyasida turadi.
Urug„likning asosiy xususiyatlari - tozaligi, unib chiqish darajasi, namligi, 
boshqa ekin va begona o„tlar soni bo„yicha ekish klasslari belgilanadi. Bug„doy, 
javdar, arpa, suli, zig„ir urug„lari uch klassga, makkajo„xori, marjumak, tariq, 
no„xat, kungaboqra, qand lavlagi, ko„p yillik o„tlar urug„i ikki klassga bo„linadi. 


67 
Maxsus urug„chilik xo„jaliklarida urug„lik maydonlarida 1 klass, ayrim xollarda 2 
klass urug„lari ekilishi mumkin. Klasslar bo„yicha urug„ning urug„lik sifatlari (G.S. 
Posypanov, 1997) jadvalda keltirilgan. 
Qishloq xo„jalik ekinlari urug„ining urug„lik sifatiga laboratoriyada 
o„tkazilgan analiz asosida davlat urug„lik inspeksiyalari tomonidan xujjat beriladi.
Laboratoriya tahlillarining natijasiga ko„ra urug„likning sifati bo„yicha, 
«konditsiyali urug„ guvohnomasi» yoki «tahlil natijalari» degan xujjatlar beriladi. 
Guvohnoma urug„lik sifati bo„yicha standartga javob bergan urug„ partiyalariga 
beriladi.

Download 7.59 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



partiyasidan o„rtacha namuna olinadi. Bundan mavjud barcha qoidalarga rioya

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish