76
bo„g„in -
tuplanish bo„g„ini deb ataladi.
Tuplanish bo„g„ini o„simliklarning eng muhim qismi hisoblanadi, bu qismda
oziq moddalar to„planadi, ildiz tizimining baquvvatligi, sovuqqa, qurg„oqchilikka
chidamligi bu bo„g„inning joylanishiga bog„liq bo„ladi. Tuplanish bo„g„ini noqulay
sharoit ta‟sirida shikastlansa o„simlik nobud bo„ladi. Tuplanish bo„g„inida yon
shoxlar va ikkilamchi ildizlar rivojlanadi. Ikkilamchi ildizlar tuproqning yuqori
qismida joylashadi. Murtak ildizlari bu davrda yaxshi o„sib 40-50
sm ni tashkil
qiladi.
Bir tup o„simlikda rivojlangan poya soni har xil bo„ladi, bu o„simlikning
biologik xususiyatiga, haroratga, suv va ozuqa bilan ta‟minlanishiga bog„liq. Bir
tup o„simlikda rivojlangan o„rtacha poya soni umumiy tuplanish deb ataladi. Bu
o„simlikda boshoq chiqaradigan poyalarning soni umumiy
tuplanishga qaraganda
kam bo„ladi. Bir tupda boshoq chiqargan o„rtacha poyalar soni mahsuldor tuplanishi
deb ataladi. O„simliklarning turiga qarab bu har xil bo„ladi: kuzgi g„alla ekinlarida
3-6 ta, arpa va sulida 2-3 ta, bahorgi bug„doyda 1-2 ta bo„ladi. Tuplanish davri
cho„zilib ketsa umumiy tuplanish ko„payib mahsuldor tuplanish kamayadi.
Tuplanish davri 5
o
C
da o„tishi mumkin. Qulay harorat bu davr uchun 10-15
o
C. Harorat bundan oshib ketsa, o„simlik tez tuplanadi, biroq mahsuldor tuplanishi
kamayadi.
Don ekinlari
yaxshi tuplanishi uchun suv, ozuqa elementlari bilan ham to„la
ta‟minlangan bo„lishi kerak. Umuman tuplanish davri 20-25 kun davom etadi. Don
o„simliklarida tuplanish davri har xil vaqtda o„tadi, ya‟ni javdar va sulida qo„shimcha
poyalar 3-4 ta barglar chiqish davrida, arpa va bug„doyda 3 ta barg, tariqda 5-6 ta
barg, makkajo„xorida 6-7 ta barg va jo„xorida 7-8 ta barglar paydo bo„lganda o„tadi.
Birinchi guruhga kiradigan don ekinlarida tuplanish davrida avval
qo„shimcha
poyalar rivojlanadi, keyin ikkilamchi ildizlar paydo bo„ladi.
Tariqsimon ekinlarda avval ikkilamchi ildizlar hosil bo„ladi. So„ng qo„shimcha
poyalar rivojlanadi. Don ekinlarini suvga bo„lgan talabining har xil bo„lishi shu
hodisaga ham bog„liqdir.
Umumiy mahsuldor poyalar soni bir kvadrat metrda 350-400 ta bo„lsa, bu
77
gektaridan 20-30 s. don yetishtirishni ta‟minlaydi. Eng qulay sharoitda mahsuldor
poyalarning soni bir kvadrat metrda 700-800 tagacha bo„lishi mumkin.