• Boshoqlanish yoki ro„vaklanish
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Nay o„rash - bu bo„g„in oraliqlarining uzayishi yoki poya o„sishi hamda 
    generativ organlar (qismlar) shakllanishidir. Bu davrda o„simlik yorug„lik va suv 
    bilan ta‟minlanishi kerak. Poyaning o„sishi tuplanish bo„g„inidan yuqori 
    rivojlangan bo„g„in oralig„ini uzayishi bilan boshlanadi. Birinchi bo„g„in oralig„i 
    o„sishiga 5-7 kun talab qilinadi. O„rtacha 10-15 kundan keyin o„sishdan to„xtaydi, 
    shundan ikkinchi bo„g„in oralig„i uzaya boshlaydi. O„simlikning o„sishi gullash 
    boshlanganda to„xtaydi. Bu davr ham 20-25 kun davom etadi. Sutkalik o„sishi past 
    bo„yli donli ekinlarda 3-5 sm, makkajo„xori bilan jo„xorida 8-12 sm bo„ladi.
    Boshoqlanish yoki ro„vaklanish - nay urash davrida boshlanadi. Davrning 
    boshlanishi yuqorigi barg qinidan gul to„plamning yarmi ko„rinishi bilan qayd 
    qilinadi. Boshoqning to„g„ri shakllanishi, rivojlanishi tuplanish va nay o„rash 
    davridagi oziqlantirishga bog„liq, azot bilan fosforni nisbati to„g„ri bo„lishi lozim. 
    Bu davr 10-15 kun davom etadi.
    Gullash - odatda boshoq tortgandan keyin gullash boshlanadi, o„rtacha 2-3 
    kun farq bilan. Arpa ekini oldin gullaydi, barg qinida keyin boshoq tortadi. Javdar 
    esa boshoqlanishdan 8-10 kun o„tgach gullaydi.
    Don ekinlari changlanish xususiyatlariga qarab ikki guruhga bo„linadi: 
    1) o„z-o„zidan changlanadigan o„simliklar: bu bug„doy, arpa, suli, sholi, 
    tariq; 
    2) chetdan changlanadigan o„simliklar: javdar, makkajo„xori va jo„xori.
    O„z-o„zidan changlanadigan o„simliklar gul qobiqlari yopiq holatda gullaydi. 
    Ammo, havo quruq va issiq bo„lsa, bu o„simliklarda gullash gul qobiqlari ochiq 
    holatda ro„y beradi.
    Chetdan changlanadigan o„simliklarda gul qobiqlari ochiq bo„ladi, chang 
    shamol yordamida tarqaladi.
    Makkajo„xori ro„vagi so„taga qaraganda 2 kun oldin gullaydi. Gul changi 
    shamol yordamida so„taning ochiq tumshuqchalariga tushadi. Changlar so„ta 
    iplarining tumshuqchalariga uchib yetib, urg„ochi gulning tugunchasiga tushadi 


    78 
    va uni urug„lantiradi. Makkajo„xorini sun‟iy changlatib hosilni oshirish mumkin.
    Boshoqli don ekinlaridan gullash (bug„doy, arpa, javdar) boshoqni o„rta 
    qismidan boshlanadi. Boshoqni o„rta qismida yirik don rivojlanadi. Ro„vakli don 
    ekinlardan (suli, sholi, tarq, jo„xori) gullash ro„vakning uchki qismidan boshlanadi, 
    shuning uchun bu qismdagi don yaxshi rivojlangan bo„ladi. Urug„chilikda buni 
    e‟tiborga olish kerak 
    Gullash davridan don ekinlari yorug„likka, haroratga, namlikka talabchan 
    bo„ladi. Bu davr 10-15 kun davom etadi.
    Pishish - don ekinlaridan mevaning pishishini N.N. Kuleshov uch davrga 
    bo„ladi: donning shakllanishi, donning to„lishi na pishishi. Donning shakllanishi 
    gul changlangandan keyin boshlanadi. Donning qobiqlari shakllanadi, bunga 10-
    15 kun vaqt talab qiliiadi. Bu davrda 1000 ta don vazni 8-12 g bo„ladi. Donning 
    to„lishishi bu dondan kraxmal to„planishiga bog„liq. Bu davr 20-25 kun davom 
    etadi, don namligi 37-40% bo„ladi.
    Donning pishishi donga plastik moddalar to„planishi to„xtaganda boshlanadi. 
    Amalda donning pishishi uch davrga bo„linadi: 

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish