• 2) Dumbul pishish davri
  • 3) To„la pishish davri
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    1) Sut pishish davri – 10-15 kun davom etadi, o„simlik yashil rangli bo„ladi, 
    faqat pastki barglari sarg„ayadi. Don sutga o„xshash suyuqlik bilan to„lgan, namligi 
    50-51% bo„ladi. Don hosili bu davrda yig„ilmaydi.
     
    2) Dumbul pishish davri – o„simlik sarg„ayadi, faqat poyaning yuqori qismi 
    yashil rangda bo„ladi. Doni yumshoq sarg„ayadi, namligi 22-30% bo„ladi. Bu davr 
    10-12 kun davom etadi. Don to„la pishganda to„qiladigan navlar dumbul pishishda 
    yig„iladi. Oldin o„riladi va so„ngra don to„la pishganda yig„ishtiriladi va 
    yanchiladi. Bu davrda don ona o„simligidan ajraladi.
     
    3) To„la pishish davri – o„simlik butunlay sarg„ayib, bir muncha kichrayadi, 
    don qotmagan, namligi 14-19% bo„ladi. Ayni shu muddatda hosil tezda yig„ishtirib 
    olinishi lozim. Bu davr 8-10 kun davom etadi. Don unuvchanlik qobiliyatiga ega 
    bo„lganda, to„la pishgan deb hisoblanadi.
    Rivojlanish davri 12 bosqichda o„tadi. Birinchi boqichda - murtak organlari 
    shakllanadi va o„sadi. Ikkinchi bosqichda - boshlang„ich bo„g„inlar, bo„g„in 


    79 
    oraliqlar va barglar shakllanadi. Uchinchi bosqichda - gul to„plamining asosiy o„qi 
    shakllanadi. Bu bosqichlar maysalanish va tuplanish davrlarida kuzatiladi. 
    To„rtinchi bosqichda - boshoqchalarning shakllanishi boshlanadi. Beshinchi 
    bosqichda - gul barglari, changdonlar va tuguncha shakllanadi. Ettinchi bosqichda 
    - boshoqcha bo„g„inlari uzayadi. Bu bosqichlar nay o„rash davrida kuzatiladi. 
    Sakkizinchi bosqichda - gul to„plamining barcha a‟zolari shakllangan bo„ladi. 
    To„qqizinchi bosqichda - gul changlanadi va don shakllanadi, o„sadi, don 
    to„lishadi. O„ninchi bosqichda - don o„sadi va to„la shakllanadi. O„n birinchi 
    bosqichda - donning tarkibida ozuqa moddalar to„planadi. O„n ikkinchi bosqichda - 
    don to„la yyetiladi, qotadi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish