• Donli ekinlarda oqsilning ko„payishi.
  • Moyli ekinlarda moydorligini oshirish.
  • Lavlagining shirinlik (qandlik) darajasini oshirish.
  • Kartoshka tarkibida kraxmal miqdorini oshirish .
  • Hosil sifatiga nav va yetishtirish sharoitining ta‟siri




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi
     
    Hosil sifatiga nav va yetishtirish sharoitining ta‟siri 
    Qishloq xo„jaligida ekinlardan yuqori hosil yetishtirish (gektardan o„simlik 
    moyi, qand, tola, oqsil, don, yem-xashak chiqishini oshishi) bilan birgalikda uning 
    sifatiga ham e‟tibor qaratiladi. O„simlik mahsulotining miqdori va sifati nav 
    xususiyati va yetishtirish sharoitiga bog„liq bo„ladi.
    Donli ekinlarda oqsilning ko„payishi. Oqsil yuqori bo„lganda nonboplik va 
    texnologik xususiyati yuqori bo„ladi. Oqsilni ko„payishi tuproq va iqlimga bog„liq 
    bo„ladi. Yog„ingarchilik kam, havo-harorati yuqori sharoitda oqsil miqdori oshadi. 
    Oqsilning oshishi shimoldan janubga qarab va g„arbdan sharqqa qarab ko„payadi.


    10 
    Akademik D.N. Pryanishnikovning ma‟lumotlariga ko„ra, dala tajribalarida 
    tuproq namligi yuqori bo„lganda oqsil miqdorining pasayishi kuzatiladi. Shunga 
    o„xshash ma‟lumotlar Respublikamizda o„zbek olimlaidan: B.Xalikov, R.Siddiqov, 
    A.Iminov, J.Xudayqulov, B.Azizovlar ilmiy tadqiqot tajriba natijalarida qayd 
    etildi.
    Moyli ekinlarda moydorligini oshirish. Moy miqdoriga - tuproq unumdorligi, 
    oziqlanish maydoni, ekish muddati, sug„orish va boshqa agrotadbirlar, iqlim 
    sharoiti, nav xususiyati ta‟sir qiladi. Uzun kunli o„simliklarda shimoliy mintaqada 
    moy miqdori oshadi. Masalan, oq xantal urug„i tarkibida Toshkent viloyatida 
    19,7%, Rossiyani shimolida 37,4% moy bo„lgan.
    Lavlagining shirinlik (qandlik) darajasini oshirish. Lavlagining tarkibida 
    qand moddasini miqdorini ko„paytirish, pektin moddasini kamaytirish zarurPektin 
    qandning miqdorini kamaytiradi. Qand miqdorini oshishini: yerni sifatli 
    shudgorlash, fosforli va kaliyli o„g„itlar qo„llash, sug„orish, maqbul oziqlanish 
    maydoni, erta ekish muddati ta‟minlaydi.
    Kartoshka tarkibida kraxmal miqdorini oshirish. Kartoshka tarkibida 12-
    25% kraxmal bo„ladi. Xo„raki navlarda 13-16% kraxmal, texnik navlarda 18% va 
    undan yuqori bo„ladi. Yerni chuqur haydash, keng qatorlab ekish, go„ng va ma‟dan 
    o„g„itlardan foydalanish, magniy va bor qo„llash tuganaklarda kraxmal miqdorini 
    oshiradi.
    1

    Download 7.59 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hosil sifatiga nav va yetishtirish sharoitining ta‟siri

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish