2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
Boshoqlanish. Bargning yuqorigi qismidan boshoqning 1/3 qismi paydo 
bo„lganda davrning paydo bo„lishi belgilanadi, o„simlik o„sishda davom etadi
lekin juda sekin. Bu davrda suvga bo„lgan talabi yanada ortadi.
Bu davr o„rtacha sutkalik harorat 12,2-14,5
o
C va o„rtacha sutkalik harorat 
yig„indisi 625-769 
o
C bo„lganda 10-15 kun davom etadi.


87 
Gullash. Bu davr boshoqlash boshlangandan 3-5 kun keyin boshlanadi. 
Boshoqning o„zida gullash 3-5 kun davom etadi, hammasi bo„lib esa 8-10 kun 
davom etadi. Bir boshoqning barcha gullari bir vaqtning o„zida gullamaydi.
Avvaliga o„rtadagi boshoqchalar, keyin pastki va yuqorigi boshoqchalar 
gullaydi. Gullashda gul qobiqchalari ochiladi, tashqarisiga changdonlari tushib va 
onaligiga keyin bo„g„inchaga tushadi.
Bug„doy o„z-o„zidan changlanuvchi o„simlik bo„lib hisoblanadi, lekin tabiiy 
sharoitda chetdan changlanib qolishi mumkin. Gullash uchun eng past harorat 6-7
o
C, eng yuqorisi esa 25-27
o
C.
Pishish. Bug„doy bo„g„inidagi tuxum xujayra urug„langandan keyin donning 
shakllanishi boshlanadi. Bu vaqtda oziq moddalar barglardan va poyadan 
shakllanayotgan donga o„tadi. Donda, murtak, endosperm va boshqa qismlari hosil 
bo„ladi. 10-16 kundan keyin normal uzunlikka erishadi. Shu bilan donning 
shakllanishi tugaydi.
Donning namligi 80-82%. Keyin donning to„lishishi boshlanadi, don 
yo„g„onlashadi, hamda uning qalinligi va kengligi ko„paya boradi, rangi yashil 
rang bo„lishning o„rniga sarg„aya boshlaydi, suvning miqdori 38-42% gacha 
kamayadi.
Bu ko„rsatkichlargacha suvning kamayishi muhim biologik xususiyati bo„lib 
hisoblanadi, bunda kolloidlarning qaytmas qotishi kechadi, shundan keyin donga 
oziq moddalarning o„tishi to„xtaydi (rasm-3).
Kuzgi bug„doyning amal davri qaysi hududda ekilganligiga qarab 180-320 
kun, bahorgi bug„doyniki esa 80-120 kun davom etadi. 

Download 7.59 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish