• Issiqlikka talabi .
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Yorug„likka talabi. O„simlikka yorug„lik xuddi boshqa omillar singari zarur 
    bo„lib hisoblanadi. Amal davrining birinchi kunidan boshlab o„simliklarga 
    yorug„lik kerak bo„ladi. Koleoptile yorug„likning ta‟siri ostida yoriladi va 
    tashqarida birinchi chinbarg paydo bo„ladi. Yorug„likning va issiqlikning maqbul 
    miqdorida barglar yashil rangga ega bo„ladi. Tuplanish bo„g„ini faqat yoritilganlik 
    hisobiga ko„ra tuproq yuzasiga yaqinroq yoki chuqurroq, joylashadi.
    Tuplanish bo„g„ini yorug„lik yetarli bo„lmaganda tuproq yuzasiga yaqinroq 
    joylashadi. Jadal yorug„lik va haroratning pasayishi birinchi bo„g„inning o„sishini 
    to„xtatishi mumkin va tuplanish bo„g„inining yanada chuqurroq joylashishiga 


    89 
    yordam qilishi mumkin, bu esa yaxshi qishlashga yordam beradi. Yorug„lik yaxshi 
    bo„lganda qisqa va mustaxkam poyalar hosil bo„ladi.
    Quyosh nurining va issiqligining ta‟siri ostida o„simlikda fotosintez jarayoni 
    bo„lib o„tadi va uning natijasida ularda organik moddalar hosil bo„ladi.
    Bug„doy uzun kun o„simligi. Gullash uzun kunda tezroq boshlanadi, shuning 
    uchun gullash davrida 14-16 soatli, kunduzgi kun talab qiladi. 8 soatli yorug„lik 
    kunida bug„doyning ko„pchilik navlari yorug„lik bosqichini o„tamaydi va 
    boshoqlanmaydi. Lekin, bug„doyning shunday shakllari uchraydiki, qaysiki qisqa 
    yorug„lik kunida ham hosil olish mumkin.
    Issiqlikka talabi. Amal davrida bug„doyning issiqlikka bo„lgan talabi 
    o„zgarib turadi. Bug„doy urug„i 1-2 °C da unib chiqishni boshlaydi, havo 
    haroratining ko„tarilishi bilan urug„ning unib chiqishi tezlashadi. Kuzgi bug„doy 
    4,4 °C haroratda 6 kunda, 10,2 °C da 3 kunda, 15 °C da 2 kunda unib chiqadi.
    Bahorgi bug„doy navlari 5 °C haroratda 20 kunda unib chiqa boshlaydi, 8 °C 
    da 13 kunda, 15 °C da 7 kunda unib chiqa boshlaydi. Unib chiqish va tuplanish 
    davrida 12-14 °C, donning to„lishish davrida 22-25 °C harorat maqbul bo„lib 
    hisoblanadi.
    Bizning ma‟lumotlarimiz bo„yicha amal davrida kuzgi bug„doy 1800-2100 
    °C, bahorgi bug„doy esa 1100-1300 °C harorat qabul qiladi. Qishga tayyorlash 
    uchun imkon qadar kunduz kuni quruq havo 10-12 °C harorat, kechasi haroratning 
    0 °C gacha bo„lishi yaxshi bo„ladi.
    Bahorda bug„doy yaxshi o„sishi uchun 12-15 °C talab qilinadi. Naychalash 
    davrida 15-16 °C talab qilinadi. Boshoqlash va gullash davrida 18-20 °C harorat 
    yetarli bo„ladi. Bug„doy 40-42 °C gacha chidaydi. Bu sharoitlarda qoniqarli 
    ravishda changlanadi. Pishish davrida maqbul harorat 22-30 °C hisoblanadi.
    Kuzgi bug„doy juda sovuqlikka chidamli, qorning qalinligi 20 sm bo„lganda 
    qariyib -20-30 °C sovuqqa ham chidamli. O„zbekistonda doimo qor qalinligi 
    yetarli emas shuning uchun bug„doy -10 °C sovuqlikka chidaydi. Lekin, gullash va 
    donning to„lishishi davrida -1-2 °C sovuq bo„lsa ham shikastlanadi.


    90 

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish