• Yerni ishlash
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Navlari: 2016 yilda Davlat Reestriga kiritilgan mahalliy kuzgi yumshoq 
    bug„doy navlari: Zimnitsa, Bardosh, Andijon 1;2;4, ASR, Baxmal 97, Bobur, 
    Buzka‟la, Do„stlik, Durdona, Jayxun, Zumrad, Kukbulak, Mars 1, Matonat, 
    Chillaki, Hosildor, Yaksart, Yanbash, Omad, Saidaziz;
    Xorijiy kuzgi yumshoq bug„doy navlari: Vostorg, Gratsiya, Grom, Esaul, 
    Intensivnaya, Krasnodarskaya 99, Kuma, Kroshka, Moskvich, Nota, Pamyat, 
    Rapsodiya, Starshina, Tanya, Fortuna va boshqa istiqbolli navlar ekish uchun 
    mamlakatimizda rayonlashtirilgan.
    Bulardan tashqari qattiq bug„doy turiga kiradigan ko„pchilik navlar ham 
    respublika nav sinash maydonchalarida sinovdan o„tmoqda va ular qisman bo„lsa 
    ham ekila boshladi.
     
    Kuzgi bug„doyni yetishtirish texnologiyasi 
    O„tmishdosh. Kuzgi bug„doy tuproqning unumdorligiga, begona o„tlardan 
    toza va nam bilan yaxshi ta‟minlangan tuproqlarga talabchandir. Barqaror mo„l 
    hosil olish uchun kuzgi bug„doyni almashlab ekishda to„g„ri joylashtirish muhim 
    ahamiyatga ega.
    Kuzgi bug„doy sug„oriladigan yerlarda ertagi ekinlardan bo„shagan yerlarga 
    kelasi yili takroriy ekin sifatida ekilishi kerak. Hozirgi vaqtda O„zbekiston «G„alla» 
    ilmyy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan tajribaga ko„ra 
    bug„doyni o„sib turgan, lekin paxtasi terib olingan g„o„za orasiga ekish usulini ham 
    qo„llash mumkin. Kuzgi bug„doyni lalmi yerlarning tekislik va do„ngli tekislik 


    94 
    zonalarida toza shudgorga, undan yuqoriroq zonalarda toza shudgordan tashqari
    band shudgorga ekish foydali hisoblanadi.
    Yerni ishlashKuzgi bug„doy ekiladigan yerlarni undan oldin shu maydonda 
    qanday ekin ekilganligi va dalaning begona o„tlardan qay darajada tozaligiga qarab 
    ishlanadi. Bug„doyni optimal muddatda ekish va yerni yaxshi ishlash uchun oldingi 
    ekindan bo„shagan maydonlar sug„oriladi. Tuproq yyetilgandan so„ng O„zbekiston 
    «G„alla» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining tajribalariga binoan 4 va 5 korpusli 
    ag„darma pluglar yordamida 25-30 sm chuqurlikda haydash kerak, so„ngra 
    boronalanadi va mola bostiriladi. Yerlar notekis bo„lsa tekislanadi va umuman 
    shudgor og„ir boronalar yoki zichlagichlar (katoklar) bilan zichlanishi kerak, aks 
    holda kuzgi-kishki sharoitlarda zichlanish natijasida bug„doy maysalari va 
    o„simliklari siyraklanadi va nobud bo„ladi. Sho„rlangan yerlarga kuzgi bug„doy 
    ekishdan oldin tuproq sho„ri yuviladi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish