• Navlari
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Biologik xususiyatlari. Bahori bug„doyning ildiz tizimi kuzgi bug„doynikiga 
    nisbatan kuchsiz rivojlangan bo„ladi. Shuning uchun u unumdor yerlarni hoxlaydi. 
    Bahori bug„doy haroratni butun o„sish davrida kamroq talab qiladi. Chunki uning 
    o„sish davri qisqa, o„rtacha 100-110 kunni tashkil qiladi va ba‟zi bir ertapishar 
    navlar 85-95 kunda ham pishib yetiladi. Bahorgi bug„doy tezpishar bo„lganligi 
    uchun erta ekilganda lalmi yerlarda kuzda, qishda va erta bahorda to„plangan 
    namlikdan yaxshi foydalanadi.
    Bug„doy bahorda ekilganda, biologik, bahori yoki yarim kuzgi navlari 
    ekilishi kerak. Biologik kuzgi navlar bahorda ekilganda hosil bermaydi. Chunki, u 
    talab qilgan harorat bo„lmaydi. Bahori bug„doy boshlang„ich rivojlanish davrini 5-
    10 °C va undan yuqori haroratda 7-12 kun, ya‟ni tez muddat ichida o„tadi 
    (bug„doy, biologik xususiyatlari va navlar bo„limiga qarang).
    Navlari: “Sads 1”, “Surxak 5688”, “Bahor 1” bahorgi yumshoq bug„doy 
    navlari Respublikamiz sug„oriladigan va lalmi maydonlarida ekish uchun tavsiya 
    etiladi.
     
    Bahorgi bug„doy yetishtirish texnologiyasi 
     
    Almashlab ekishdagi o„rni. Bahori bug„doyning ildiz tizimi kuchsizroq 
    rivojlangani uchun tuproqdan nam va ozuqa moddalarni singdirish xususiyati 
    pastroq bo„ladi. Tuproqda nam kam bo„lsa, uning o„sish va rivojlanishi 
    sekinlashadi, kam to„planadi, yer betini to„la qoplamaydi va shu sababli bahori 
    bug„doy ekilgan maydonda begona o„tlar ko„p rivojlanadi.


    103 
    Shu xususiyatlarga ko„ra bahori bug„doyni almashlab ekishda kuzgi 
    bug„doydan keyin joylashtirish kerak. Bundan tashqari bahori bug„doyni chopiq 
    talab (qator oralari ishlanadigan) ekinlardan keyin ham ekish mumkin. Bu holatda 
    bahori bug„doy begona o„tlar bilan kam zararlanadi. O„zbekiston sharoitida bahori 
    bug„doyni ko„pchilik ekinlardan - g„o„za, makkajo„xori va boshqa ekinlardan 
    keyin ekish mumkin.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish