• O„g„itlash.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Yerni ishlash. Bahori bug„doy yaxshi ishlangan tuproqlarni xohlaydi. 
    Shuning uchun u kuzda shudgor qilingan yerlarga ekilishi kerak. Bu xolda bahori 
    bug„doyni erta, optimal muddatlarda ekib olish imkoniyati tug„iladi. Yerni ishlash 
    - kuzgi bug„doyga o„xshash sug„oriladigan yerlar kuzda 30-32 sm chuqurlikda 
    shudgor qilishdan iborat.
    Erta bahorda yer yetilishi bilan yyerda namni saqlash maqsadida shudgor 
    borona qilinadi, ekishdan oldin borona va mola bostiriladi.
    Lalmi yerlarda ularni haydov chuqurligining qalinligiga qarab yer yuzaroq 
    haydaladi va ekishdan oldin borona va mola bosiladi.
    O„g„itlash. Bahori bug„doy ham kuzgi bug„doyga o„xshash mahalliy va 
    ma‟danli o„g„itlar bilan o„g„itlanadi. Lekin, bahori bug„doyning o„sish muddati 
    qisqa bo„lganligi uchun o„g„itlash me‟yori kuzgi bug„doyga nisbatan kamroq 
    bo„ladi. Sug„oriladigan yerlarda 1 gektar bahori bug„doyga 10 tonnagacha go„ng, 
    120 kg azot, 70 kg fosfor va 40 kg kaliy beriladi. Lalmi yerlarda bu ko„rsatilgan 
    o„g„it miqdoridan kamroq, ya‟ni uni 20-31% ga kamaytirish mumkin, chunki lalmi 
    yerlarda nam kam bo„lganligi uchun o„g„it samarasi ancha pasayadi. Bu o„g„itlarni 
    asosiy miqdori kuzgi bug„doyga o„xshash kuzda, ekishdan oldin yoki ekish bilan 
    bir vaqtda hamda o„simliklarning o„suv davrida beriladi. Kuzgi shudgorda 
    mahalliy o„g„it-go„ng, fosfor 40 kg/ga va 20 kg kaliy beriladi, qolgan azot, fosfor 
    va kaliy ekish bilan bir vaqtda va oziqlantirish davrida beriladi. Bahorgi bug„doy 
    bir marta - tuplanish boshlanish davrida oziqlantiriladi, so„ngra ekin ko„ndalangiga 
    qarab engil borona qilinib, sug„oriladi.


    104 
    Boronalash natijasida tuproq qatqalog„i yo„qotiladi, yer beti yumshatiladi va 
    berilgan o„g„it ko„miladi. Buning natijasida o„simlik yaxshi tuplanadi va o„sish 
    tezlashadi.
    Ekish. Ekish uchun yuqori sifatli, yirik, og„ir va bir xil kattalikda bo„lgan 
    urug„lar tanlanadi. Bunday urug„larni unib chiqish darajasi yuqori, begona o„t 
    urug„laridan tozalangan bo„lishi kerak.
    Bahori bug„doy ekish uchun urug„lik kuzgi bug„doy urug„ini ekishga 
    tayyorlagandek tayyorlanadi. Bahori bug„doy biologik xususiyati bo„yicha ertagi 
    bahori ekinlar turiga kiradi. Uning urug„i tuproq harorati 5-6
    o
    C issiqlikda unib 
    chiqadi. Shu sababli bahori bug„doy erta bahorda yoki fevral oyining ikkinchi 
    yarmida, mart oyi boshlarida ekilishi kerak. Kechikib ekilgan bahori bug„doy 
    namlik etmasligi sababli urug„larning unib chiqishi kechikadi, sekin o„sadi va kam 
    hosil beradi.
    Lalmi yerlarda bahori bug„doyni ekish muddati zonalarga qarab har xil 
    bo„ladi. Bahori bug„doyni tekislik zonada taxminan 20 fevralda, do„nglik-tekislik 
    zonada 10 martda, tog„ oldi zonasida 15 mart va tog„lik zonada 1 aprelda ekib 
    tamomlash zarur. Bahori bug„doyni qisqa muddatda ekib bo„lish kerak. Bahori 
    bug„doyni kuzgi bug„doyga o„xshash usullarda ekiladi, faqat ekish me‟yori qamroq 
    olinadi. Sug„oriladigan yerlarda urug„ni miqdori 1 gektarga 3,5-4,0 mln dona urug„ 
    (120-150 kg) ekiladi.
    Lalmi yerlarda esa uning mintaqasiga qarab ekish miqdori har xil bo„ladi. 
    Bir gektar yerga tekislik zonada 1,7-2,0 mln. urug„ (70-80 kg/ga), do„nglik-tekislik 
    zonada 2,0-2,2 mln urug„ (80-90 kg/ga), tog„ oldi zonasida 2,2-2,7 mln. urug„ (90-
    100 kg/ga) va tog„li zonada 2,7-3,0 mln. urug„ (110-120 kg/ga) ekilishi kerak. Bu 
    ko„rsatib o„tilgan urug„ni ekish me‟yorlari xo„jalik uchun 100% yaroqli urug„ 
    hisoblanadi. Urug„lar sifati past bo„lgan vaqtda va muayyan sharoitga qarab urug„ 
    ekish me‟yori ma‟lum miqdorda oshiriladi. Urug„lar ekish vaqtida 5-6 sm 
    chuqurlikka ko„miladi.


    105 

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish