109
Biologiyasi
Rivojlanish davrlari. Unib chiqishi. Arpa urug„ining unib chiqishi uchun
havo, suv va issiqlik talab qiladi. Shu omillar yetarli bo„lganda arpaning urug„i 5-7
kunda unib chiqadi. Agarda issiqlik yetarli bo„lmasa urug„lar 15-20
kunda unib
chiqa boshlaydi. Urug„ni unib chiqishi uchun 48-65% suv quruq urug„ vazniga
nisbatan talab qiladi. 1-3
o
C da ham urug„ni unib chiqanini ko„zatish mumkin lekin
optimal harorat 18-25
o
C, maksimal harorat esa 28-30
o
C hisoblanadi. Urug„ni bir
tekis unib chiqishiga quyidagi omillarning ahamiyati katta:
suvni tanqisligi, past
harorat, tuproqni zichlanishi, tuproqni qatqaloqligi,
haddan tashqari namligi va
urug„ni chuqur ko„milishi.
Unib chiqish davrida urug„ kurtak va ildiz hosil bo„ladi. Ildiz tuproqqa kirib
boradi, birinchi barg esa rangsiz yupqa qobiq bilan qoplangan,
tuproq ustiga
ko„tariladi. Maysalanish davri asosan uchta barg hosil bo„lishi bilan yakunlanadi.
Tuplanish davri. Uchta barg hosil bo„lishi bilan tuproq ustki qatlamida poya
bo„g„inlari hosil bo„la boshlaydi. Bu bo„g„indan ikkilamchi ildizlar va qo„shimcha
maysalar hosil bo„ladi. Hosil bo„lgan poyalar soni tuplanish darajasini ko„rsatadi.
Hosildorlikni oshishiga rivojlanish sharoitining yaxshi kelishi qo„shimcha
poyalarning asosiy poyadan salgina farq qilishi ham o„z ta‟sirini ko„rsatadi. Bir
o„simlikda poyalar soni 1 dan 16 poyagacha uchraydi, bu bilan tup hosil bo„ladi.
Tik turuvchi, yoyilib o„suvchi va oraliq shakllari bo„ladi.
Naychalash davri. Bu davrda bo„g„in oraliqlari uzayadi va boshoq hosil
bo„la boshlaydi. Unib chiqqandan 4-6 xafta o„tgandan so„ng
naychalash davri
boshlanadi.
Noqulay sharoitda bu davrda o„zining salbiy ta‟sirini ko„rsatmay qolmaydi.
Shu sababli o„simlik hosil tuzilish a‟zolarida o„sish va rivojlanishi kechikadi. Suv
tanqisligi, oziq moddasini, yorug„likni yetishmovchiligi
donni kamayishiga olib
keladi.