114
rasm-4. Arpa ekini
rasm-5. Arpa boshoq tuzilishi
Hosilni o„rish. Arpa
hosili asosan kombaynlar yordamida o„riladi. Hosilni
o„rish birinchi navbatda urug„ uchun ekilgan va aprobatsiya o„tkazilgan dalalarda
boshlanadi, so„ng tovar g„alla uchun ekilgan maydonlar hosili o„rib yanchib
olinadi. Hosil o„rishni arpaning mum pishish oxiri va to„la
pishish boshlanishi
bilan qisqa muddatda o„tkazish lozim. Aks holda, hosilning bir qismi to„kilib,
nobud bo„ladi va urug„likning
sifati pasayadi, bu hol issiq va quruq iqlimga
mansub O„zbekiston sharoitida, ayniqsa, yaqqol namoyon bo„lishi mumkin.
O„rish ishlarini ikki usulda bajarish mumkin: to„la pishish bilan kombaynda
o„rish yoki urug„lik maydonlarda mum pishish davrida maxsus jatkalar bilan o„rib,
quriganidan so„ng kombaynda yanchib olish maqsadga muvofiq.
Navlari: «Ixtiyor», «Novosadski 525», «Novosadski 565», «Ayqor»,
«Bolg„ali»,
«Mavlano»,
«Gulnoz»,
«Temur»,
«Feruz»,
«Dobrynya»,
«Karshinskiy», «Qizilqo„rg„on», «Kondrat», «Xonakoh»; lalmikor yerlarda ekish
uchun «Abu G„ofur», «Adir», «Unumli arpa», «Savruk», «Nutans 799»,
«Lalmikor» navlari rayonlashtirilgan. Bu navlardan «Mavlano»
navi biologik
kuzgi, «Karshinskiy» – yarim kuzgi, qolgan navlar duvarakdir.