• Gullash davri.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Boshoqlanish davri. Bu davr boshoqni yuqorigi barg qinidan boshoqning 
    1/3 qismi ko„rinishidan boshlanadi. Poya asosan ortib borayotgan barg vaznini va 
    boshog„ini o„zida saqlab turadi. Boshoqlanish davri o„rtacha amal davri 
    boshlanganga nisbatan 40-50 kundan keyin boshlanadi.
    Gullash davri. Bu davr 10-15 kun davom etadi. Gullash boshoqni o„rta 
    qismidan boshlanadi. Gullash uchun 12,5 
    o
    C harorat zarur. Har bir gulning gullashi 
    12-25 minut davom etadi.
    Pishish davri. Pishish davri boshoqlanish jarayoni bir tekis kechmagani 
    uchun don rivojlanishida tashqi muhit sharoitidan tashqari ichki muhitni ham 
    ta‟siri bo„ladi. Bu donning bioximik va morfologik tuzilishidan ma‟lum. Pishish 
    davrining tezligi ob-havo sharoitiga ham bog„liq. Donning pishib yetilishiga 
    shamol, havo harorati va namligi ta‟sir qiladi. 
    Sut pishish davrida don yashil rangda bo„ladi va 60-40% suvda erigan 
    organik moddalar hosil bo„ladi. Mum pishish davrida o„simlik sarg„ayadi. Don 
    sariq tusga kiradi. Bu davrda don onalik o„simlikdan ajraladi. Donni namligi 20-
    40% ni tashkil qiladi. To„liq pishish davrida o„simlik butunlay sarg„ayadi, don 
    qattiqlashadi, 14-16% namlik bo„ladi. Pishish davrida donda kraxmal moddasi 
    oshadi, poyada qand miqdori kamayadi.  
     
    Tashqi muhit sharoitiga talabi
    Issiqlikka talabi. Javdar mo„tadil iqlim ekini guruhiga mansub. Urug„lari 0 
    o
    C yuqori haroratda ham ko„karadi. Unib chiqish uchun 52
    o
    C ni tashkil etadi, unib 
    chiqishdan tuplanishgacha 67 
    o
    C. Javdar 12 
    o
    C haroratda yaxshi tuplanadi, 3-4 
    o

    da o„simlikning o„sishi to„xtaydi. Gullash uchun 14-15 
    o
    C zarur. Faol harorat 
    yig„indisi erta pishar navlarda 1000-1700 
    o
    C ni, o„rta pishar navlarda 1200-1800 
    o

    va kech pishar navlarda 1300-1850 
    o
    C ni tashkil qiladi. Harorat nafas olish 
    jarayoniga ta‟sir qilib 4 
    o
    C haroratda nafas olish pasayadi.


    118 
    Suvga talabi. Javdar namga talabchan ekin. Urug„ni unib chiqishi uchun 48-
    55% suv talab qiladi.
    Tuproqning namligi 21,8% (75% DNS) tashkil qilganda ko„chat 3 kunda 
    chiqqan. Tuproq namligi 18,5% (50% DNS) bo„lganda 7 kunda ko„karib chiqqan. 
    Suvga talabi javdar o„simligining tuplanishi va gullash davrida oshadi, pishish 
    davrida kamayadi. Olim Tiunov ma‟lumotiga qaraganda bir gektardan 45 s. hosil 
    bo„lishida quruq xolda (don va somon) javdar ekini 1 ga maydondan o„sish va 
    rivojlanish davrida 1570,5 t suv sarf qilar ekan. Transpiratsiya koeffitsienti 400 ga 
    teng. Ulardan 90% bug„lanadi, 9% oziq moddalarni singdirishga va 1% xujayra 
    molekulasida va quruq moddada saqlanadi. Bahorgi javdar 1 s quruq modda uchun 
    338 s. suv sarf qiladi.  

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish