• Sistematikasi.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    TRITIKALE EKINI 
     
    Ahamiyati. Donning tarkibida oqsil bug„doyga nisbatan 1,0-1,5%, javdarga 
    qaraganda 3-4% ko„pligi, oqsil tarkibida lizin, triptofan kabi qimmatli 
    aminokislotalar ko„pligi uning oziq-ovqat va ozuqalik qiymatini belgilaydi. 
    Ammo, kleykovinaning sifati bug„doynikidan pastroq. Ozuqabop navlari ko„kat, 
    silos, o„t talqoni va donadonlashtirilgan ozuqalar tayyorlash uchun ekiladi. Ko„kati 
    va silosi bug„doy va javdarga nisbatan 0,5-1,0% ko„proq hazmlanadigan proteinga 
    ega bo„ladi va hayvonlar yaxshi yeydi. O„t talqoni oqsil. Karatinoid va mineral 
    moddalarga boy bo„ladi. Somoni hayvonlar uchun ozuqa va to„shamadir. Tritikale 
    doni to„yimliligi jihatidan arpa va jo„xori donidan qolishmaydi.
    Doni va ko„kati ozuqa sifatida qo„llaniladi. Pichanning tarkibida 10-11%, 
    donida 11-12% oqsil bo„ladi. Tritikaledan don, ko„kat, pichan, un tolqoni, silos, 
    senaj tayyorlanadi. Undan tayyorlangan aralash yem qoramollarni bo„rdoqiga 
    boqishda, sog„in sigirlar va qo„ylar uchun juda mosdir. Somoni hayvonlar uchun 
    ozuqa va to„shamadir. O„zbekistonda bu ekin don va ko„kat olish uchun oraliq ekin 
    sifatida ekiladi. Non mahsuloti tayyorlashda sifati bug„doy mahsulotidan pastdir.
    Tarixi. Bug„doy bilan javdarning duragayi 1875 yili Shotlandiya olimi 
    Vilson tomonidan e‟lon qilingan.
    Bug„doy bilan javdarning doimiy (konstant) duragayi 1881 yilda 
    Germaniyada Rimpau tomonidan ajratib olingan. Hozirgi vaqtda kuzgi yoki 
    bahorgi yumshoq bug„doylardan javdar bilan chatishtirib oktoploid 56-
    xromosomli, qattiq bug„doyni javdar bilan chatishtirib geksaploid 42-xromosomli 
    tritikale yaratilgan. Keyingi yillarda 3-ta tur (yumshoq, qattiq bug„doylar va 
    javdar) duragaylari yaratildi, bular o„zida qattiq, yumshoq bug„doylar va 
    javdarning irsiy xususiyatlarini jamlagan.


    120 
    Geksaploid duragaylari yuqori sifatli, boshog„ida don ko„p bo„ladi, oqsili 
    ko„proq va hosili ham oktaploid duragaylarga nisbatan yuqoriroq. Geksaploid 
    duragaylari bo„yicha seleksiya ishlari ko„p davlatlarda olib borilmoqda. 2015 yili 
    tritikale quyidagi davlatlarda ekilgan: Ispaniya 80 ming, Fransiya 16,2 ming, 
    Avstraliya 100,0 ming, Polsha 65,9 ming, AQSh 180 ming, Avstraliya100 ming, 
    Bolgariya 100 ming, Germaniya 207,0 ming, MDH 500 ming gektar maydonga 
    ekilgan.
    Sistematikasi. Tritikale - yumshoq bug„doy va kuzgi javdarning duragayi 
    hisoblanadi. Bunda bitta o„simlikda ikki xil o„simlikning eng yaxshi xususiyatlari 
    mujassamlashtirilgan. Uning nomi ya‟ni Triticale birinchi qismi Triticum 
    (bug„doy) va ikkinchi qismi Secale (javdar) so„zlaridan olingan. Tritikalening 
    kuzgi va bahorikor shakllari mavjud.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish