2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
Hosildorligi: Sharoitga qarab don hosili 5-8 t/ga, ko„kati 40-55 t/ga ni 
tashkil qiladi.
Biologiyasi. Urug„ini unib chiqishi uchun 20
o
C muqobil deb hisoblanadi
unib chiqishi minimum 5 
o
C va maksimum 35 
o
C kuzatiladi. Ekilgandan 5-7 
kundan keyin maysa o„sib chiqadi. Tuplanish bo„g„ini qishda 18-20 
o
C sovuqqacha 
chidashi mumkin. Tuplanish davri kuzda boshlanib bahorda davom etishi mumkin. 
Umumiy tuplanish darajasi 4-6, mahsuldor tuplanishi esa 2,5-3,5 bo„ladi.
Tritikale o„zidan changlanadigan o„simlik, ammo chetdan changlanishi ham 
mumkin. O„zbekistonda ekiladigan navlarning amal davri 165-210 kun atrofidadir. 
Rossiya hududida 250-325 kunga to„g„ri keladi. Tritikale namsevar o„simlik, urug„ 
unib chiqishi uchun 55% suv sarflanadi, amal davrida suvni nay o„rash va don 
shakllanish va to„lishish davrlarida ko„p talab qiladi. Tuproq unumdorligiga kam 
talabchan, har xil tuproqlarda ekilishi mumkin, ammo eng yuqori hosil qora 
tuproqlarda olinadi. Sho„rlangan va botqoqlangan tuproqlar noloyiqdir. Tuproq 
muhiti pH 5,5-7,0 bo„lishi mumkin. Oziqaga bo„lgan talabi kuzgi bug„doydan 
yuqori: 1 t don va tegishli somon yetishtirish uchun 40-50 kg azot, 13-16 kg fosfor 
va 36-40 kg kaliy sarflanadi. Oziqa elementlarini nay o„rash va don to„lishi 


121 
davrlarida ko„p o„zlashtiradi. Tritikale yorug„sevar uzun kun o„simligi. Kunning 
uzunligi 16-18 soat bo„lganda tez rivojlanadi.
 
Navlari: 
Tritikalening 
donbop 
va 
ozuqabop 
navlari 
yaratilgan. 
O„zbekistonda rayonlashtirilgan navlari: «Norman», «Farxod», «Prag serebristiy».
Javdar va tritikale ekin maydoni va hosildorligiJavdar ekiladigan maydon 
-jahon bo„yicha 15 mln. gektar atrofida. Javdar hosildorligi o„rtacha 19 s/ga 
atrofida bo„lib, ko„plab Yevropa mamlakatlarida kuzda ekiladi (Germaniya, 
Fransiya, Polsha va boshqalar). AQShda ham bu ekin ko„plab ekilib kelinadi. 
Shuningdek, hozirgi hamdo„stlik mamlakatlaridan Rossiya va Bellorusiyada ham 
javdar salmoqli o„rinni egallaydi. Bu ekinning hosildorligi ko„pchilik davlatlarda 
yuqori bo„lsada, kuzgi bug„doydan keyingi o„rinda turadi. O„zbekistonda javdar 
asosan oraliq ekin sifatida kuzda ekilib, ko„k massa olinadi.
16
Suvli yerlarda tritikale oraliq ekin o„rnida yoz so„ngida (avgust) va kuzda 
ekilsa, mo„l ko„k massa va don berishi mumkin. O„zbekiston sharoitida tritikale 
javdar va xashaki bug„doyga nisbatan yuqori hosilli, to„yimli konsentrat ozuqa va 
mo„l, sifatli ko„k massa berishi bilan ajralib turadi.
Olimlarning ma‟lumoti bo„yicha, tritikalening yozda ekilgan (avgust oyida) 
turli navlaridan gektariga o„rtacha 735-1025,8 s, kuzda ekilganda 488,2-886,6 s 
ko„k massa, don uchun kuzda ekilganda 48,6-97,3 s hosil olingan. Javdardan 
olingan ko„k massa esa yozda ekilganda gektariga o„rtacha 547,6 s, kuzda 
ekilganda 477 s, don uchun kuzda ekilganda 35,6 s bo„lgan.
Tritikale don hosildorligi davlat nav sinash maydonlarida 80 s/ga 
bo„lmoqda. Bu hosildorlik O„zbekiston O„Simlikshunoslik Ilmiy-Tadqiqot Intituti 
tajriba dalasida (ayniqsa, Meksika davlati seleksiyasiga mansub bo„lgan) navlarda 
100 s/ga va undan ortiq bo„lmoqda. O„zbekistonda tritikale chorvachilik uchun 
to„yimli ozuqabop ekin hisoblanib, ko„k massa va don uchun ekilish maydoni 
yildan-yilga ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda jahon bo„yicha tritikale ekiladigan 
maydon 2 mln. gektardan ortiqdir.
16
www.FAOstat.fao.Org–2017 year. 


122 

Download 7.59 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish