141
V
+
–
?
2.8. JO„XORI
Ahamiyati. Jo„xori eng muhim don ekinlaridan hisoblanib, oziq-ovqat yem-
xashak, texnik va agrotexnik ahamiyatga ega.
Jo„xori donidan un tayyorlanadi. Lekin, uning unidan yuqori sifatli non hosil
bulmaydi. Shuning uchun oqjo„xori uniga 30-50% bug„doy uni qo„shib non
tayyorlanadi. Jo„xorining donidan mahalliy taom «go„ja» tayyorlanadi.
Jo„xorining doni va poyasi yem-xashak sifatida ishlatiladi. Uning doni uy
parrandalari va hayvonlar uchun to„yimli
ozuqa hisoblanib, uni butunligicha yoki
yorma holda berish mumkin. Donining tarkibida 70% kraxmal, 12% oqsil, 3,5%
yog„ moddalari bo„lib, bir kilogramm donining to„yimliligi 1,22 oziq birligiga
teng.
Jo„xorining poyasi mollarga ko„k xolicha beriladi, shuningdek undan xashak
va donining sut-mum pishish davrida o„rilganda sifatli silos tayyorlanadi.
Jo„xorining sut-mum pishish davrida o„rilib tayyorlangan silosining 100 kg
to„yimliligi 22 oziqa birligiga teng. Jo„xorining barglari va poyasi
makkajo„xorinikiga nisbatan mayin o„sish davrining
oxirida ham yashil tusini
yo„qotmaydi.
Jo„xori o„rilgandan so„ng, yangi bachki (qo„shimcha) poyalar hosil qilish
xususiyatiga ega, shu sababli uni bir yilda ikki, ba‟zan uch martagacha o„rib olish
mumkin. Lekin, jo„xori erta o„rilganda va tuproqda nam yetishmagan vaqtida
o„zining poyasi va barglarida sinil kislotasini hosil qilish xususiyatiga ega. Bunday
ko„k poya bilan boqilgan mol zaharlanishi mumkin. Shuning uchun jo„xori erta
o„rilganda, uni biroz so„litib yoki quritib molga berish kerak.
142
Jo„xorining texnik
ahamiyati shundan iboratki, uning donidan spirt va
kraxmal olinadi. Qandli navlarining poyasidan shinni (qiyom), supurgisimon
navlaridan esa xo„jalik supurgisi va har xil shyotkalar tayyorlanadi. Qandli
navlarining poyasi tarkibida 10-12% qamish shakari va 1,2-2,0% glyukoza bo„ladi.
Bu navlardan olingan shinni (qiyom) konserva sanoatida ishlatiladi.
Nihoyat, jo„xori agrotexnik ahamiyatiga ham ega, u qurg„oqchilikka, tuproq
sho„riga chidamli o„simlik hisoblanadi. Uni takroriy
ekin sifatida ekish mumkin,
chopiqtalab o„simlik bo„lganligi uchun boshqa ekinlar bilan almashlab ekish
mumkin.