• III. Asosiy tushuncha va atamalar: mart, aprel
  • IV. Darsning metodi
  • VIII. Yangi mavzu bayoni.
  • IX. Mustahkamlash uchun metodlar
  • "Rassomlar" jamoasiga
  • 2-sinf I. Dars mavzusi: Bahor. II. Darsning maqsadi




    Download 19,41 Kb.
    Sana01.04.2017
    Hajmi19,41 Kb.
    #2687

    2-SINF
    I. Dars mavzusi: Bahor.

    II. Darsning maqsadi:

    a) ta'limiy maqsad: o'quvchilarga bahor fasli, unda kechadigan o'zgarishlar, bahorgi yumushlar, o'simliklar va hayvonlarning bahorgi hayoti haqida to'la ma'lumot berish;

    b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarda mehnatsevarlik, ona tabiatga qushlarga, gullarga va hasharotlarga bo'lgan mehr - muhabbat tuyg'ularini tarbiyalash;

    c) rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarda mustaqil va erkin fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish, og'zaki nutqini rivojlantirish, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish.

    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.



    III. Asosiy tushuncha va atamalar: mart, aprel, may, boychechak, chuchmoma, binafsha, lolaqizg'aldoq, kurtak, laylak, sassiqpopishak, jiblajibon, kakku, qaldirg'och, ayiq, tipratikan, tulki.
    Aprel (lot. Aprilis) - Grigoriy taqvimida yilning toʻrtinchi oyi. 30 kundan iborat.
    Ayiqlar (Ursidae) - yirtqichlar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Eng yirik yirtqichlar, boshi katta, bo‘yni qisqa va yo‘g‘on. Panjalari kuchli rivojlangan, tovonida yuradi. Dumi kalta, kalin juni orasida deyarli sezilmaydi.
    Tulki - itlar oilasi sutemizuvchilar bir nechta turining umumiy nomi. Ushbu guruhning faqat 11 ta turigina xususan tulkilar (lot. Vulpes) turiga kiritiladi. Eng tanish va koʻp tarqalgan vakili - oddiy tulkidir (Vulpes vulpes).


    IV. Darsning metodi: Aqliy hujum, ”SAN” texnologiyasi, tezkor savol-javoblar.

    V. Dars usuli: tayyor yozma materiallar va ko'rgazmalar usulida.

    VI. Darsda qo'llaniladigan vositalar: bahor fasli tasvirlangan kartinkalar, bahoriy gullar, hayvonlar, hasharotlarning rasmlari, plakat va markerlar.

    VII. Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, ob-havo haqida suhbatlashish.

    2. O'tilgan mavzuni takrorlash. O'tilgan mavzu: " Yomg'ir" she'ri.

    Takrorlashga oid savollar:

    - Safo Ochil she'r orqali nimani tasvirlab berdi?

    - Kuchli yoqqan yomg'ir tabiatga zarar keltirishi mumkinmi?

    - She'rni yoddan ayting.

    VIII. Yangi mavzu bayoni.

    Aqliy hujum: Dars

    Derazamning tagida bir tup

    O'rik oppoq bo'lib gulladi.

    Novdalarni bezab g'unchalar

    Tongda aytdi hayot otini

    va shabboda qurg'ur ilk sahar

    Olib keldi gulning totini

    she'ri bilan boshlanadi.

    O’qituvchi: Aziz o’quvchilar, Hamid Olimjon ushbu she'rida qaysi faslni tasvirlagan?

    Darslik bilan ishlash: Matn o'qituvchi tomonidan ifodali qilib o'qib beriladi.

    Bahor1

    1-martdan o'lkamizda bahor fasli boshlanadi. Bobodehqonlarimiz dalalarda, bog'larda va ekinzorlarda bahorgi yumushlarni boshlab yuborishadi.

    Mart oyida quyosh tobora yuqori ko'tarilib, yer yuzasiga o'z nuri va haroratini mo'l - ko'l socha boshlaydi. 21-martda kun bilan tunning uzunligi baravarlashadi.

    Bahor kelgan bo'lsa-da, mart oyi boshlarida ob-havo tez-tez o'zgarib turadi: shamol esadi, kechqurun va ertalab tuman tushadi, yomg'ir, do'l yog'adi.

    Bahorning dastlabki gullari-och sariq gulli boychechak, tiniq ko'k gulli chuchmoma, shapaloq ko'k yaproqlar orasidan mo'ralab xushbo'y binafshalar ochiladi, lola va qizg'aldoqlar cho'g'dek lovullaydi, oltin gulli momaqaymoqlar barra maysalar uzra bodrab turadi.

    Daraxtlar kurtak chiqaradi, gullaydi. Mart oyida hasharotlar va boshqa jonivorlar uyg'onadi, qurbaqalar qurillab, "qo'shiqlari"ni boshlaydilar. Laylak, jiblajibon, sasiqpopishak, kakku, qaldirg'och va turnalar uchib keladilar.

    Ayiq, tipratikan, tulki va bo'rilar qishki uyqudan uyg'onadilar.

    Bolalar ensiklopediyasidan.

    IX. Mustahkamlash uchun metodlar: SAN texnologiyasi ( uchlik - samarali, axloqiy, nazokatli).

    Texnologiyaning maqsadi: o'quvchilarda yakka, jamoaviy guruh bilan ishlash, ijodiy va tashkilotchilik faoliyati ko'nikmalarini, ishga mas’uliyat va yondashuvni shakllantirish, tasviriy san'at bo'yicha bilimlarini yanada mustahkamlash.



    Mashg'ulotni o'tkazish tartibi:

    1. O'qituvchi o'quvchilar auditoriyasini o'tkaziladigan mashg'ulotning tartib-qoidalari bilan tanishtiradi va o'quvchilarni uch kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi.

    2. Kichik guruhlarda o'quvchilar quyidagi rollarga bo'linadilar: yozuvchilar, shoirlar va rassomlar.

    3. keyin har bir guruhdan bir vakil chiqib, o'zi uchun tayyorlangan topshiriqlarni oladi.

    Topshiriqlar quyidagicha bo'lishi mumkin:

    "Yozuvchilar" jamoasiga: bahor faslining boshlanishi, bahorgi yumushlar, 21- mart Navro'z bayrami, ob-havodagi o'zgarishlar haqida ma'lumot berish.

    "Shoirlar" jamoasiga: bahorda qaysi gullarning ochilishi, qaysi qushlarning uchib ketishi va hayvonlar hayotidagi o'zgarishlar haqida so'zlash.
    Qushlar - umurtqali hayvonlar sinfi. Trias davrida yashagan sud-ralib yuruvchilarning psevdozuxlar turkumidan kelib chiqqanligi taxmin qilinadi. Q.ning qazilma qoldiqlari juda kam; dastlabki qazilma qoldiq - arxeopteriksnshk toshdagi izi va suyaklari yura davriga tegishli.
    So'ngra bahor fasliga Navro'z bayramiga bag'ishlangan she'rlardan aytish.

    "Rassomlar" jamoasiga: plakatga "O'lkamizda bahor" mavzusida rasm ishlash. O'quvchilar birgalikda topshiriqlarni bajarib bo'lgach tahlil qilinadi va munosib baholanadi.

    X. Uyga vazifa: Matnni qayta o'zlashtirib, Otayorning "Bahor keldi" she'rini yodlash.



    1


    Download 19,41 Kb.




    Download 19,41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-sinf I. Dars mavzusi: Bahor. II. Darsning maqsadi

    Download 19,41 Kb.