• Tarmoqning texnik vositalari.
  • 2-tajriba ishi. Kichik o’lchamdagi lokal kompyuter tarmoqlarini yaratish. Kabelni tayyorlash va kommutator yordamida kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish. Lokal kompyuter tarmog‘i vazifalari




    Download 90.72 Kb.
    bet2/5
    Sana24.04.2023
    Hajmi90.72 Kb.
    #53358
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-тажриба
    Reja Graflar haqida tushuncha, XTO\'MMSH majmua 3-kurs, Amaliyot kundalik, 25, Taraqqiyot strategiyasi testlar
    Kamchiliklari:
    • Markaziy apparaturaning yuqori yuklanganligi;
    • Markaziy apparatura ishdan chiqqanda tarmoq ishga yaroqligini butunlay yo‘qotishi;
    • Aloqa liniyasining juda cho‘zilib ketganligi;
    • Ma’lumotni uzatish yo‘lini tanlashda moslashuvchanlikning yo‘qligi.
    Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo‘lganligi bois, telefon kanallaridan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin. Lokal kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchilar uchun ikkita struktur-funksional bo‘g‘in: ishchi stansiyalari va serverlar juda muhim hisoblanadi.
    Ishchi stansiyalar - Bu tarmoqqa ulangan kompyuter bo‘lib, u orkali foydalanuvchi tarmoq resurslariga murojaat qila oladi. Tarmoqning ishchi stansiyasi, ham tarmoqli xam lokal rejimlarda ishlay oladi.
    Server - bu tarmoqning barcha ishchi stansiyalar so‘rovlarini qayta ishlash uchun ajratilgan ko‘p foydalanuvchili kompyuter bo‘lib, u bu stansiyalarga umumiy tizim resurslariga murojaat qilish imkonini beradi va bu resurslarni taqsimlaydi.

    Tarmoqning texnik vositalari.

    Firmaning turli bo‘limlarida va filiallarida turli vaqtlarda paydo bo‘lgan turli xil lokal tarmoqlarni firma ichida birlashtirish zarurati paydo bo‘lishi mumkin. Bunday birlashtirish xech bo‘lmaganda boshqa tizimlar bilan qiymatlar almashishni tashkil etish uchun ba’zida keraklidir. 


    Kerakli ma’lumot resurslariga chiqishga bo‘lgan intilish lokal tarmoqlarni yuqoriroq darajadagi tarmoqlarga ulashni talab etishi mumkin. 
    Tarmoqlarni bir biri bilan o‘zaro ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatidan takrorlagichlar, ko‘priklar, marshrutlovchi va shlyuzlar ishlatiladi. 
    Takrorlagichlar (repitor) elektr signallarni kuchaytiruvchi va signalni uzoq masofaga uzatishda uni shaklini amplitudasini saqlashni ta’minlaydigan qurilmadir. 
    Ko‘priklar (bridge) OSI tarmoqli daraja bayonnomalari bilan tasvirlanadi, oluvchilarning adreslariga mos ravishda paketlarni filtrlashni bajarib, tarmoqli va undan yuqori darajalarda ma’lumotlarni uzatishning bir xil bayonnomalarini ishlatuvchi tarmoklar urtasidagi grafikni rostlaydi.
    Marshrutlovchilar (router) OSI bayonnomalarni transportli darajasida tavsiflanadi va o‘zining funksiyalarini bajaradi va mantiqiy bog‘lanmagan tarmoqlarning ulanishini ta’minlaydi; ular axborotni tahlil qiladi, uning keyingi eng yaxshi yo‘lini aniqlaydi, uni boshqa tarmoqda moslashtirish va uzatish uchun ba’zi bir bayonnomali o‘zgartirishlarni bajaradi, kerakli mantiqiy kanal yaratadi va vazifasi bo‘yicha axborotni uzatadi. 
    Shlyuzlar (gateway) OSI ning turli bayonnomalarini uning hamma darajalarida ishlatuvchi lokal tarmoqlarini birlashtirish imkonini beruvchi qurilmadir; ular OSI madelining barcha yettita boshqarish natijasi uchun bayonnomali o‘zgartirishlarni bajaradi. 



    Download 90.72 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 90.72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-tajriba ishi. Kichik o’lchamdagi lokal kompyuter tarmoqlarini yaratish. Kabelni tayyorlash va kommutator yordamida kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish. Lokal kompyuter tarmog‘i vazifalari

    Download 90.72 Kb.