• Lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalligi quyidagicha
  • Lokal tarmoqning fayl-serveri va ishchi stansiyalariga qo‘yiladigan talablar




    Download 90.72 Kb.
    bet3/5
    Sana24.04.2023
    Hajmi90.72 Kb.
    #53358
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-тажриба
    Reja Graflar haqida tushuncha, XTO\'MMSH majmua 3-kurs, Amaliyot kundalik, 25, Taraqqiyot strategiyasi testlar
    Lokal tarmoqning fayl-serveri va ishchi stansiyalariga qo‘yiladigan talablar.

    Fayl- server sifatida tezkor xotirasining sig‘imi 16-32 Mbaytdan kam bo‘lmagan kompyuter bo‘lishi kerak. Fayl-server vinchesterining sig‘imi 1200-3000 Mbaytni tashkil etishi lozim.


    Fayl-server ishining ishonchliligi tarmoq ishining ishonchliligini aniq belgilagani uchun qattiq diskdagi ma’lumotlarni adashtirish va yo‘qotishdan himoya qilish uchun maxsus choralarni ko‘rish kerak.
    Lokal tarmoq ishchi stansiyalariga qo‘yiladigan talablar. Ishchi stansiya vazifasini bajaruvchi kompyuter foydalanuvchiga uning hamma amaliy masalalarini yechish imkoniyatini ta’minlashi kerak. Ishchi stansiyalarga talab fayl-servernikiga qaraganda oddiyroqdir. Foydalanuvchilarning ko‘pchilik qismini 8-16 Mbayt sig‘imli tezkor xotira va 650 Mbayt sig‘imli vinchester to‘la qondiradi.Agar ishchi stansiya faqat tarmoqli ishlash rejimiga mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda unga, aslini olganda, vinchester ham, egiluvchan disklar ham kerak emas. Ishchi stansiyalarni disklarsiz ishlatish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunday stansiyalardagi operasion tizim ishchi tizim stansiyadagi tarmoqli plataga o‘rnatilgan doimiy eslab qoluvchi qurilmadan fayl-server boshqaruvi asosida masofadan turib yuklanadi. Shu bilan bir vaqtda disklarsiz ishchi stansiyalar asosida qurilgan lokal trmoqlarda fayl-serverga yuklama keskin oshib ketadi va stansiyada avtonom rejimda ishlash imkoniyati inkor qilinadi.

    Lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalligi quyidagicha: ko`p marta foydalaniladigan rejimda dasturli modem, printerlar tarmog`idagi disklarning umumiy resurslardan va hamma kirishi mumkin bo`lgan diskda saqlanuvchi ma`lumotlardan foydalanish, shuningdek, bir Kompyuterdan boshqasiga axborot uzatish imkoniyati.


    Fayl serverli lokal tarmoqda ishlashning asosiy afzalliklarni sanab o`tamiz.
    1. Shaxsiy umumiy foydalanuvchi ma`lumotlarni faylli - serverda saqlash imkoniyatining mavjudligi. Shu bois umumiy foydalaniladigan ma`lumotlar ustida bir vaqtda bir necha foydalanuvchi ishlay oladi (Matnlar, elektron jadval va ma`lumotlar bazasini ko`rib chiqish, o`qish), Net Ware vositasida fayl va kataloglar darajasidagi ma`lumotlar ko`p tomonlama ximoya qilinadi; umumiy ma`lumotlarning Excel, Access kabi tarmoqli amaliy dasturlangan maxsulotlar bilan yaratiladi. Ayni paytda dasturda belgilangan kirish uchun chegara tarmoq operasion tizimi orqali o`rnatilgan chegara doirasida bo`ladi.
    2. Ko`pgina foydalanuvchilar uchun zarur bo`ladigan dasturli vositani doimiy saqlash imkoniyati: U yagona nusxada fayl - server diskida bo`ladi. Shuni qayd etamizki, dasturli vositani bunday saqlash foydalanuvchi uchun ilk ish usullarini buzmaydi. ko`pgina foydalanuvchilar uchun zarur bo`lgan dasturli vositaga avvolo matn va grafik taxrirlovchi, elektron jadvallar, ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi va boshqalar kiradi. Ko`rsatilgan imkoniyatlar orqali quydagi ishlarni bajarish mumkin: Ishchi stansiyalarining lokal diskni dasturlangan vositalarni saqlashdan ozod qilish hisobiga tashqi xotiradan unumli foydalanish; tarmoq operasion tizim ximoya vositasi bilan dasturli mahsulotlarni ishonchli saqlash; dasturli maxsulotlarni ishlashga layoqatli axvolda ishlab turishni va ularni yangilashni soddalashtirish, chunki ular fayl-serverda bir nusxada saqlanadi.
    3. Tarmoqning barcha Kompyuterlar o`rtasida axborot almashish. Ayni paytda tarmoqdan foydalanuvchilar o`rtasida dialog saqlanadi, shuningdek elektron pochta ishini tashkil etish imkoniyati ta`minlanadi.
    4. Bir yoki bir qancha umumtarmoq printerlarida tarmoqdagi barcha foydalanuvchilarning bir vaqtda yozishi. Bu paytda quyidagi omillar ta`minlanadi: har bir foydalanuvchining tarmoq printeriga kira olishi;
    5. Kuchli va sifatli printerdan foydalanish imkoniyati (malakasiz muomiladan himoyalangan holda); dasturli maxsulotlar sifatida bosishi O`qituvchi Kompyuterida bajarilgan ishlarni o`quvchilar Kompyuterida ko`rsatish; o`qituvchining Kompyuter monitorida o`quvchilar Kompyuterlari ekranlarini aks ettirish orqali o`quvchilar bajaradigan ishlarni nazorat qilish.
    6. Global tarmoqning yagona kommunikasiyasi uzili bo`lganda lokal tarmoqning har qanday Kompyuteridan global tarmoq resurslariga kirishni ta`minlash.

    Download 90.72 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 90.72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lokal tarmoqning fayl-serveri va ishchi stansiyalariga qo‘yiladigan talablar

    Download 90.72 Kb.