• Darsning turlari va tuzilishi.
  • Aralash darsning tuzilishi
  • O’rganilganlarni takrorlash va mustahkamlash darsining tuzilishi
  • Dars – ta’limni tashkil etishning asosiy shakli




    Download 262.5 Kb.
    bet3/10
    Sana21.10.2022
    Hajmi262.5 Kb.
    #27719
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    4 5 Nazariy materiallar fan informatika fanini kasbga yo’naltir
    11. Nazariy materiallar fan informatika fanini kasbga yo’naltir, 5А110701- тa’limda axborot texnologiyalari ta’limi mutaxasisligi, 11Loyihalar usuli
    Dars – ta’limni tashkil etishning asosiy shakli. Dars bevosita o’qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o’quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o’quvchilarning mashg’ulot jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
    Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi o’ziga xos belgilariga ega, chunonchi: o’quvchilarning doimiy guruhi, o’quvchilar faoliyatiga ularning har biri xususiyatlarini hisobga olish bilan rahbarlik qilish, o’rganilayotgan fan asoslarini bevosita darsda egallab olish (bu belgilari darsning faqat mazmunini emas, balki o’z xususiyatini ham aks ettiradi).
    Darsning turlari va tuzilishi. Darsning quyidagi turlari mavjud:

    • Aralash (kombinatsion dars).

    • Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.

    • O’rganilganlarini takrorlash va mustahkamlash darsi.

    • O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish darsi.

    • Laboratoriya darslari.

    • Amaliy darslar.

    Aralash darsning tuzilishi:
    a) tashkiliy qism;
    b) o’tilgan mavzuni takrorlash (uy vazifasini tekshirish);
    v) yangi mavzuni bayon qilish;
    g) o’rganilgan materialni mustahkamlash;
    d) o’quvchilarni baholash;
    ye) uy vazifasi.
    Yangi bilimlarni bayon qilish darsining tuzilishi:
    a) tashkiliy qism;
    b) yangi mavzuni bayon qilish;
    v) o’rganilgan materialni mustahkamlash;
    d) uy vazifasi.
    O’rganilganlarni takrorlash va mustahkamlash darsining tuzilishi:
    a) tashkiliy qism;
    b) o’rganilgan mavzularga doir savol-javob o’tkazish;
    v) o’rganilgan mavzularga doir amaliy topshiriqlarni bajarish;
    g) o’quvchilarni baholash.

    Download 262.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 262.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dars – ta’limni tashkil etishning asosiy shakli

    Download 262.5 Kb.