Rasm. Operatsion qo‘shimning tuzilishi




Download 0.8 Mb.
bet2/8
Sana01.09.2022
Hajmi0.8 Mb.
#25530
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TEXNOLOGIK JARAYON TURINI TANLASH
zagotovka hajmini va massasini hisoblash
Rasm. Operatsion qo‘shimning tuzilishi.
Minimal operatsion qo‘shim quyidagi tuzuvchilarda tashkil topadi:
Zmin.= Rmax + hy.q. + o‘r + q.,
Bu yerda:
Rmax avvalgi (oldingi) operatsiyadan keyingi notekisliklarning eng yuqori balandligi;
hy.q. – avvalgi operatsiyadan keyin tabiiy buzilgan yuza qatlamining chuqurligi (mexanik ishlov berishdan keying yoki zagotovkaning uglerodsizlantirilgan qatlami);
o‘r.- avvalgi operatsiyada kesuvchi asbobni va zagotovkani noaniq o‘rnatilganligi sababli paydo bo‘lgan xatolik;
q.- avvalgi operatsiyada zagotovkaga ishlov berishda hosil bo‘lgan va uzun hamda murakkab fazoviy detallarga ishlov berishda, shakli o‘zgargan yuzalarni o‘zaro joylashuvdan og‘ishining vektor yig‘indisini (o‘qining qiyshayishi, yuzalarning parallelmasligi kabi) hisobga olgan qo‘shimcha tuzuvchisi.
Operatsion qo‘shim asosan hy.q.ga bog‘liq bo‘ladi, qora ishlov berishda yuzadagi nuqsonli qatlam qalin bo‘ladi. Shuningdek, zagotovkalarda Rmaxning qiymati ham katta bo‘ladi. Shu sababli qo‘shimning qiymati katta bo‘ladi.
Toza ishlov berishlarda operatsion qo‘shim kamroq bo‘ladi, pardozlash operatsiyalarida qo‘shim undan ham kam bo‘ladi. Ishlov berish uchun umumiy qo‘shim operatsion qo‘shimlar yig‘indisi sifatida aniqlanadi, ushbu parametr bo‘yicha zagotovkaning o‘lchami – shu parametr bo‘yicha tayyor detalning o‘lchami bilan operatsion qo‘shimlar qiymatlarining yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
Berilgan parametr bo‘yicha zagotovka o‘lchamini tayinlashda tayyor detalning o‘lchamiga avval pardozlashga qo‘shim qiymati, keyin toza ishlov berishga va oxirida qora ishlov berishga qo‘shimning qiymati qo‘shiladi.
Har bir oraliq o‘lchamga operatsion qoyim (joizlik) tayinlanadi. Tashqi silindrik detallar uchun qo‘shimning qiymati ikki marta kattaroq olinadi, tuynuklar uchun o‘lchamga qo‘shilmasdan, ayiriladi.
Qo‘shimlarning hisobi ommaviy va seriyali ishlab chiqarishlarda o‘ta mas’ul detallar ushun bajariladi. Qoida tariqasida qo‘shimlar qiymati ma’lumotnomalar (spravochniklar)dan olinadi, ushbu ma’lumotlar aval o‘tkazilgan tajribalar natijalari va hisob-kitoblar asosida tuzilgan. Ortiqcha (oshirilgan) qo‘shim materialni xarajatini ko‘paytiradi, kamaytirilgan qo‘shim – detalni yaroqsiz bo‘lishiga olib keladi.



Download 0.8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0.8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rasm. Operatsion qo‘shimning tuzilishi

Download 0.8 Mb.