• 2.Mashgulot mazmuni: 2.1.Nazariy kismi
  • Fanlararo va Fan ichidagi bogliklik




    Download 1.15 Mb.
    bet4/9
    Sana24.03.2017
    Hajmi1.15 Mb.
    #1919
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    1.Fanlararo va Fan ichidagi bogliklik

    Shu mavzuni ukitish talabalarning terini anatomiyasi, gistologiyasi patogistologiyasi , normal va patologik fiziologiyasi buyicha olgan bilimlariga asoslanadi.

    Dars davomida olingan bilimlar teri tanosil kasallliklarni urganishda va kasalliklarni oldini olish choralarni kullashda erdam beradi.

    2.Mashgulot mazmuni:


      1. 2.1.Nazariy kismi

    DERMATITLAR, TOKSIKODERMIYaLAR, EKZEMA,

    Dermatit – terining yallig’lanishi. Dermatitlar xillaridan oddiy kontakt dermatit, allergik dermatit va tokisikodermiya ajratiladi Oddiy kontakt dermatit tashqi muҳit ta’sirotlari natijasida paydo bo’ladi va bu ta’sir to’xtashi bilan, teridagi yallig’lanish belgilari, davosiz ҳam, vaqt o’tgach yaxshi bo’lib ketadi.

    Dermatitni keltirib chiqaruvchi omillar tabiatga ko’ra mexanik (qisilish, qattiq bosim), fizik (yuqori va past temperatura, quyosh, radioaktiv va rentgen nurlari), kimyoviy (kislota, ishqor, tuzlar) va biologik (krapiva, meduza, ҳasharotlar chaqqanda) turlarga bo’linadi va ular ko’proq shartsiz ta’sirotlarga kiradilar.

    Bu ta’sirotlar (kislota, ishqor va boshqa) teriga tekkan joyida vaqt o’tmasdan yallig’lanish belgilarini vujudga keltiradi. Misol qilib, terini issiq dazmol bilan kuyishini keltirsak bo’ladi va bunda teridagi o’zgarishlar chuqurligi faqat bu ta’sirning (temperatura) kuchiga va qancha uzoq davom etgani bilan bog’liq bo’ladi.

    Shartsiz ta’sirotlar natijasida ro’y bergan terining yallig’lanishi oddiy kontakt dermatit yoki artifistial (sun’iy) dermatit deyiladi.

    Allergik dermatit esa ayrim, faqat qandaydir fakultativ, shartli omillardan biriga (ayrim o’simliklar, dori-darmon, parfyu-mer maҳsulotlari va boshqa) terisini giperergik sezuvchanligi bor (monovalent sezgirlik) insonlarda, faqatgina shu allergen ta’siri natijasida kuzatiladi. Allergen teriga ta’sir qilgan vaqtdan orada muayyan inkubastion davr o’tgach (birinchi kasallanish bo’lsa, allergen takror ta’sir qilganidan so’ng), xuddi allergen tushgan joyida, ko’proq tananing ochiq joylarida, yallig’lanish belgilari paydo bo’ladi. Bemordagi allergik kontakt dermatit sababi bo’lgan allergen bartaraf qilinsa, dermatit tez o’tib ketadi. Vaqt o’tib, allergen takror ta’sir qilsa, yallig’lanish belgilari birinchidan simmetrik qismlarda paydo bo’ladi, keyinchalik tananing boshqa, uzoq qismlarida ҳam paydo bo’lishi mumkin. Ammo eng achinarlisi, bitta moddaga bo’lgan o’ta sezuvchanlik (monovalent sezuvchanlik) vaqtida davolanmasa, takror qaytarilgan (allergen) ta’sirlar oqibatida, asta-sekin boshqa allergenlarga sezuvchanligi ҳam oshib, polivalent sezuvchanlikka, ya’ni ekzema rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

    Allergen organizmga og’iz, to’g’ri ichak, nafas yoki parenteral (inekstiya) yo’l orqali tushib, idiosinkraziya yoki orttirilgan sezuvchanlik oqibatida, terida va ichki a’zolarda yallig’lanish jarayonini keltirishi toksikodermiya deyiladi. Bunda bemorning aҳvoli og’ir ke-chib, klinik manzara juda boy, terida boshidan simmetrik joylash-gan, tarqoq, o’tkir yallig’langan toshmalar va ichki a’zolarning jaro-ҳat-langani aniqlanadi.
    ODDIY KONTAKT DERMATIT KLINIKASI
    Odatda oddiy kontakt dermatitga uchragan bemor terida paydo bo’lgan toshmalar sababini (shartsiz ta’sirotni) aniq ko’rsatib beradi va ko’pincha yallig’lanish o’chog’ida achish, og’riq, kamroq qichishishga shikoyat qiladi.

    Shartsiz ta’sirotni kuchli va qisqa vaqtli ta’sir oqibatida vujudga keladigan teri yallig’lanishini o’tkir oddiy kontakt dermatit (kuyish) va uzoq vaqt qaytalama kuchsiz ta’sir oqibatidagi teri yallig’lanishi xronik oddiy kontakt dermatit (uzoq vaqt mexanik ishqalanish oqibatida qaloq paydo bo’lishi) deyiladi.

    Ko’rilganda, bemor terisida faqatgina tashqi omil ta’sir qilgan joyida, omilning shakli va kattaligiga teng, aniq chegarali o’tkir yallig’langan dog’ kuzatiladi (eritematoz davr). Qizargan teri shishadi va infiltrastiyalashadi, ustida bir yoki bir necha seroz yoki gemorragik suyuqli pufak va pufakchalar paydo bo’lishi mumkin (bullez davri). Tashqi omilning tanaga bo’lgan ta’siri juda kuchli bo’lsa teri nekrozi ҳam uchrashi mumkin (nekrotik davr).

    Oddiy kontakt dermatitni keltirgan tashqi ta’sirni bartaraf qilsa, yallig’lanish ancha tez kamayib yo’qoladi. Bemor davolanmasa, pufaklar vaqt o’tib quriydi yoki ko’proq yoriladi va o’rnida paydo bo’lgan eroziyalarga ikkilamchi infekstiya qo’shilishi mumkin. Natijada yiringli ajratmalar paydo bo’lib, bemorda piodermiyalik asoratlar rivojlanib ketishi mumkin.


    Differenstial tashxisi

    1.Dermatitis allergica.

    2.Impetigo bullosa.

    3.Pemphigus vulgaris.

    2-jadval
    ALLERGIK DERMATITLAR KLINIKASI
    Allergik kontakt dermatitning klinik belgilari ҳam teriga shart-li omillar ta’sir qilgan joyida eritematoz dog’, infiltrastiya va ustida pufak va pufakchalar vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Lekin, allergen ta’siridan keyin inkubastion davr o’tishi bilan, terining shikastlangan joyida paydo bo’lgan qizil rangli yallig’langan dog’ chegarasi noaniq bo’lib, ustida seroz bo’shliqli toshmalardan ko’proq pufakchalar aniqlanadi. Keyinchalik qaytalama allergen ta’siri oqibatida, yallig’lanish oldin terining simmetrik qismlariga, keyin boshqa qismlarga ҳam tarqalishi mumkin. Bemor shikoyatida qichish va terining achishi birinchi o’ringa chiqadi. Allergen ta’siri to’xtatilsa, allergodermatit tez yo’qoladi. Davolanmasa allergik dermatitga xos monovalent sensibilizastiya polivalent sensibilizastiyaga o’tib, bemorda ekzema rivojlanadi.

    Differenstial tashxisi

    1.Dermatitis acuta.

    2.Exzema.

    3.Toxicodermia.

    Allergodermatitning davosi:

    1. Allergenni aniqlab bartaraf qilish.

    2. Desensibilizastiyalovchi va antigistamin preparatlari.

    3. Ҳo’l bog’lamlar, kortikosteroid malҳamlar.
    TOKSIKODERMIYa KLINIKASI
    Toksikodermiya vujudga kelishi oziq-ovqat maҳsulotlari va ke-yin-gi yillar ko’proq dori-darmonlar bilan bog’lanib qoldi. Dori-darmonlarni, asosan, antibiotik va sulfanilamidlarni bo’lsa-bo’lmasa davolash amaliyotida, ularni bir-biriga bo’lgan munosabatini, terapevtik miqdorini va ta’sirchanligini e’tiborga olmasdan (maҳalliy ishlatish – allergodermatitni) parenteral ishlatish – medikamentoz toksikodermiyaning asosiy sababidir. Toksikodermiya turli boy klinik belgilarga ega bo’lib, chegaralangan (fiksastiyalangan sulfanilamid eritema) yoki ko’proq tarqalgan shaklda teri va shilliq pardalarda uchraydi. Bu kasalliklar farmastevtik va tibbiyot xizmatchilarida ҳam uchrab turadi va kasbga oid dermatit yoki toksikodermiyalar guruҳiga kiradi. Toksikodermiyaning klinikasi ҳar xil kattalikda, shaklda bo’lgan ko’proq eritema, tuguncha, pufakcha va bo’rtma toshmalari bilan ifodalanishi mumkin va ko’pincha qattiq qichish va achish bilan kechadi. Vaqtida allergenni topib, uni bartaraf qilib, kasallik to’g’ri davolanmasa toshmalar ko’payib, tarqalib, eritrodermiya, eksfoliativ dermatit, Layell sindromi, Stivensen-Djonson sindromi yoki anafilaktik shok klinikasi vujudga kelib, bemor aҳvoli juda og’irlashib, ҳatto o’limga olib kelishi mumkin.

    Differenstial tashxisi

    1. Eritema exudativum multiforme.

    2. Exzema.

    3. Pemphigus.

    4. Eritema nodosum.

    Davolash prinstiplari:

    1. Dori-darmonlarni qabul qilishni to’xtatish.

    2. Allergenni bartaraf qilish va ko’p suyuqlik qabul qilish.

    3. Dezintoksikastion, antigistamin va desensibilizastiyalovchi terapiya.

    4. Maҳalliy kortikosteroid malҳamlari.

    5. Juda og’ir kechganda kortikosteroid preparatlari ichiladi.

    6. Parҳez

    EKZEMA ( GO’Sh)


    Ekzema – terining nevroallergik, kuchli qichish bilan kechadigan, chin polimorfizm bilan va asosiy toshmasi o’tkir yallig’langan terida, mayda-mayda pufakchalar (qaynab turgan suvni eslatadi) bilan kechadigan qaytalama surunkali kasallik.

    Etiologiya va patogenezi. Ekzemaning kelib chiqishida asab siste-masidagi o’zgarishlar, ҳimoya kuchlar susayishi, gipovitaminoz, auto-intoksikastiya o’rni baland bo’lib, asosan, ekzogen va endogen aller-gen-larga qarshi polivalent sensibilizastiyaning rivojlanishi bo’ladi.

    Klinikasi. Klinik kechishiga ko’ra ekzema o’tkir, o’rtacha o’tkir va surunkali ekzema; patogenetik xususiyati, klinik ko’rinishi va etiologik omillariga ko’ra – chin, mikrobli, seboreyalik, professional va bolalar ekzemasi turlariga bo’linadi

    ChIN EKZEMA (EXEMA ACUTUM)


    Chin ekzema, o’tkir ekzema birdaniga boshlanib, terining qattiq qichishi va o’tkir yallig’lanish belgilari bo’lmish terining qizarishi, shishishi va ko’plab pufakchalar paydo bo’lish bilan kechadi. Pufakchalar tezda yorilib, terida mayda tomchili namlanish boshlanadi (seroz quduqchalar yoki ekzematoz quduqchalar) va yallig’langan o’choq atrofida mayda tugunchalar, yiringchalar ҳam bo’lishi kuzatiladi va, asosan, qo’l, oyoq terisi va badanning boshqa joylarida simmetrik joylashgan, noaniq chegarali o’tkir yallig’langan o’choqlar ko’rinib turadi. Bemor qattiq qichishishdan tashqari, ba’zan achishish va qizib ketgandek bo’lib tuyulishiga shikoyat qiladi. Klinik kechishida birlamchi va ikkilamchi toshmalar turli bo’lib, o’zgarib turishi mumkin va bemorda chin va soxta polimorfizm ҳolati aniqlanadi (Kreybix uchburchagi). Ayrim bemorlarda kasallik klinik ko’rinishida morfologik elementlarning qay biri ko’p uchrashiga qarab, shartli ravishda ҳo’l, papulez, vezikulez, pustulez va skvamoz xillari farq qilinadi.

    Yuqorida keltirgan o’tkir ekzemaga xos klinik ko’rinishi davolash natijasida, kamroq o’z-o’zidan o’zgarib, yallig’lanish jarayoni pasayadi va o’rta o’tkir ekzemaga xos klinik ko’rgazma vujudga keladi. Bu bemorning terisida namlanish yo’q, yangi pufakchalar va tugunchalar toshishining kamayib to’xtashi va kam miqdorda qizargan va shishgan terida ikkilamchi toshmalar bo’lishi kuzatiladi va bemor qichishishning kamayganiga e’tibor qiladi.

    Keyinchalik, ko’pincha qo’shimcha etiologik omillarning ta’siri bo’lmasa va bemorning ichki a’zolari funkstional jaroҳatlanmasa, terida surunkali ekzemaga xos yallig’lanish infiltrastiyasi rivojlanib, chegaralangan o’choq zichlashib qalinlashadi va lixenifikastiya ko’rinishida bo’ladi.

    Ekzema ҳar doim bir xil kechavermaydi, ba’zan birdaniga o’t-kir-lashib, yangi ko’p miqdorda xilma-xil toshmalar, ko’pincha pufakchalar toshib o’tkir ekzemaning klinik ko’rinishi vujudga keladi. Aniqlansa, bu restidiv ko’proq bemorning o’zi parҳezining buzganligi, dori-darmon qabuli yoki asab sistema va boshqa ichki a’zolar muammolari bilan bog’liq bo’ladi.


    MIKROBLI EKZEMA (PARATRAVMATIK,

    VARIKOZ, NUMMULYaR)


    Mikrobli ekzemada yuqorida keltirilgan chin ekzemaga xos toshmalar bo’lishi ҳam mumkin, ammo ko’proq yiringchalar ko’zga tashlanib, teridagi yallig’langan o’choqlar chegarasi aniq bo’lib, assimetrik joylashadi.

    Mikrobli ekzema ko’proq yiringli (zamburug’) kasallik bilan uzoq vaqt ҳastalangan bemorda, sensibilizastiya rivojlanishi oqibatida, ikkilamchi kasallik bo’lib paydo bo’ladi va nummulyar, paratravmatik va varikoz turlarga bo’linadi.

    SEBOREYaLI EKZEMA (EXEMA SEBORRHOICUM)
    Seboreyali ekzema – ko’proq boshning sochli qismi, quloq atrofi, yuz, qo’ltiq osti, ko’krak va boshqa yog’ ajrab turuvchi bezlarni ko’p joylashgan teri qismlarida rivojlanadi. Atrofdagilarni e’tiborini o’ziga jalb qiluvchi, bemorning terisini yaltirab turishi, ko’zga tashlanadi. Klinik ko’rinishida sarg’ish, yog’li, chegaralari aniq ajralib turadigan va bir-biriga qo’shilib ketadigan dog’lar, tugunchalar va po’stloqchalar bo’ladi. Kasallik jinsiy uyg’onish davridan boshlanib, bemorni qattiq qichishish bezovta qiladi. Seboreyali ekzemaning klinik kechishida pufakchalar va namlanish bo’lmaydi.

    Ekzematoz terining gistopatologiyasi. Epidermisda spongioz, parakeratoz, akantoz va dermada limfostitar va gistiostitar infiltrat kuzatiladi.

    Differenstial tashxisi

    1. Dermatitis allergica.

    2. Psoriasis exsudativa.

    3. Pemphigus.

    4. Toxicodermia.

    5. Eritema exudativum et multiforme.


    BOLALAR EKZEMASI
    Bolalar ekzemasi ko’proq ekksudativ diatezga mos o’zgarishlar bilan boshlanib, asosan, yosh onalar o’zi parҳezni buzib, bolaning emizishi, keyin bolani qo’shimcha ovqatlantirishdagi ҳatolari bu kasallikni rivojlantiradi va qo’zg’aydi. Yaqin qarindoshlarda, ota-ona yoki ularning ikkitasida ҳam turli allergik kasalliklar bo’lgan bo’lsa, bolaning parҳezidagi xatolari ekzemaning rivojlanishiga tezda olib keladi.

    Bolada oldin monovalent sensibilizastiya, keyinchalik turli xil surunkali infekstiya o’choqlari, me’da-ichak kasalliklari va ularga qar-shi olib borilgan to’g’ri-noto’g’ri davolar, organizmning immunobiolo-gik kuchlarini pasaytirib polivalent sensibilizastiya rivojlanishiga olib keladi. Kasallik birinchidan bolaning ҳayot sifatini buzib, uning tengdoshlarga qaraganda aqliy va jismoniy zaiflikka keltiradi.

    Kasallikning klinik kechishida esa, yuqorida ko’rsatgan kattalarning ekzemasiga xos turli toshmalar bo’lib, bolada chin, mikrobli va seboreyali ekzemaning belgilari namoyon bo’lishi mumkin. Bolalarda tezda ikkilamchi infekstiya rivojlanib, limfatik tugunlar kattalashadi va keyinchalik klinik ko’rinishi diffuz neyrodermitga (atopik dermatit) aylanishi mumkin.

    Davosi.


    1. Kasallikni yuzaga keltiruvchi allergenlarni bartaraf qilish.

    2. Allergensiz, kam tuzlik va kam suyuqlik parҳez.

    3. Yallig’lanishga qarshi davo (antigistamin va desensibilizastiyalovchi preparatlar)

    4. Trankvilizator va sedativ preparatlar.

    5. Ichki a’zolardagi kasalliklarni aniqlab, ularni davolash.

    6. Qisqa vaqtga kortikosteroid preparatlari.

    7. Maҳalliy davo ҳar bir bemordagi kasallikning turi va klinik kechishiga qarab, uni

    qizarish va shish paydo bo’ladi.





    Download 1.15 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1.15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanlararo va Fan ichidagi bogliklik

    Download 1.15 Mb.