202-guruh talabasi Raxmatova Kumushoyning Kiber xavfsizlik fanidan 4-mustaqil ishi




Download 24.07 Kb.
bet1/3
Sana22.06.2022
Hajmi24.07 Kb.
#24242
  1   2   3
Bog'liq
4-mustaqil;
CREATION OF JAVA PROGRAMMING LANGUAGE AND ITS FACILITIES article, dedline4matlab, BAXODIRJON word-1

202-guruh talabasi Raxmatova Kumushoyning
Kiber xavfsizlik fanidan 4-mustaqil ishi
1.Korxonalarda viruslardan himoyalanish siyosati
Kompyuter viruslari va virusdan himoyalanish usullari.
Viruslarning asosiy maqsadi kompyuterlarni bir maromda ishlash tizimiga zarar yetkazish, foydalanuvchilarni kompyuter tarmoqlaridagi ma’lumotlar va axborotlar manbalaridan foydalanishni cheklashdan iborat.
Umuman olganda, buzg‘unchi dasturiy ta’minotning barchasi umumiy nom ostida viruslar deb ataladi. Kelib chiqishi venger bo‘lgan Amerikalik olim Djon fon Neyman 1951-yili o‘zi ko‘payuvchi dasturlar mexanizmi nazariyasini taklif qiladi.
Birinchi viruslar sifatida Apple II shaxsiy kompyuterlari uchun 1981-yilda yaratilgan Virus 1,2,3 va Elk cloner dasturlari hisoblanadi. 1996- yilda Windows uchun Win95.Boza deb nomlanuvchi birinchi virus yaratildi.
Hozirgi paytda ijtimoiy axborot texnologiyalarida spam va fishing viruslari keng tarqalmoqda.
Kompyuterning viruslar bilan zararlanganligi quyidagi belgilarda namoyon bo‘ladi:
ekranda kutilmagan xabar, tovush yoki tasvirlar hosil bo‘ladi;
kompyuterda noma’lum dasturlaming ishga tushishi;
kompyuter tez-tez “osilib” qolishi yoki sekin ishlashi;
fayllar yo‘qolib yoki kengaytmasining o‘zgarib qolishi.
Oldinlari turli ko‘ngilochar dasturlar jamlangan ma’lumot tashuvchi disketlar virus tarqalishining asosiy vositasi hisoblangan bo‘lsa, hozirgi paytga kelib, lokal va Internet tarmoqlari orqali tarqalayotgan viruslar asosiy xavf manbaiga aylanib bormoqda.
Fayl-viruslarning tarqalish mexanizimi .exe fayllarning boshlang‘ich qismlariga joylashib, o‘z-o‘zini ko‘paytirishga asoslangan. Ushbu virus ma’lum davrda uxlash holatida saqlanishi mumkin va zararlangan faylni vaqt-soati kelganda ishlatilishi natijasida kompyuter faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqdagi barcha .exe fayllar orqali halokatli vaziyatlarni hosil qilishi mumkin.
Hozirgi paytda virus tarqalishida fleshkalar, raqamli fotoapparatlar, mobil telefon va smartfonlar asosiy omilga aylanib bormoqda.
Troyan nomi ostida ma’ lum bo ‘ lgan virus kompyuter xotirasiga biror ochiq dasturiy ta’minot ko‘rinishida kiradi va axborotni yig‘ish, kerakli manzilga jo‘natish, kompyuter tizimini ishdan chiqarish, kompyuter resurslaridan g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanish vazifalarini bajaradi.
Internet tizimlarida yaratilayotgan turli dasturiy ta’minotlaming mavjud yetishmovchiliklardan foydalanishga mo‘ljallangan “chuvalchang” viruslari keng tarqalgan.
Viruslarni kompyuter xotirasiga kirib olishini istisno qilish uchun quyidagi xavfsizlik tadbirlariga amal qilish lozim:
Antiviruslar quyidagi turlarga bo‘linadi:
detektor - dasturlar;
doktor - dasturlar;
revizor - dasturlar;
filtr - dasturlar.
Korxonalarga texnikaviy xavf tug’diradigan viruslar haqida ma’lumot.
Viruslar kompyuterlarda o‘zini har hil tutadi. Ba’zi birlari kompyuteringizni kerakmas fayllar bilan to‘ldirsa, yana ba’zilari operativ xotirani ko‘p qismini ishlatib, kompyuteringizni qotirib qo‘yadi, viruslarning bir qismi esa, kerakli fayllaringizni yoki tizim fayllarini o‘chirib sizga zarar yetkazadi. Shulardan saqlanish uchun viruslarning turini bilib olish lozim, ya’ni qaysi virus nima ish qiladi va bundan saqlanish o‘z o‘zidan kelib chiqadi. Quyida ularning turlari keltirilgan( turlari ref.uz dan olindi):
Troyanlar (Trojan Horses) – Qadimgi yunonlarning Troyaga yurishlari davrida qo‘llagan hiylasi, ya’ni troyaliklarni otga ishqiboz ekanligidan foydalanib, ularga katta yog‘och ot sovg‘a qilishlari va bu otning troyaliklar mag‘lubiyatiga olib kelishi voqeasidan olingan nom. Hozirda troya oti iborasi «hosiyatsiz sovg‘a” degan ma’noni bildiradi. Kompyuter va internet dunyosida troyanlar «hosiyatsiz programma” deb nomlanishi maqsadga muvofiq. Troyanlar odatda internet orqali tarqaladi. Troyanlar kompyuteringizga o‘rnashib olib, dastlab foydali programma sifatida o‘zlarini tanishtiradilar, lekin ularning asl vazifasi foydalanuvchiga noma’lumligicha qoladi. Yashirin ravishda ular o‘zlarining yaratuvchisi (cracker – yovuz haker) tomonidan belgilangan harakatlarni amalga oshiradilar. Troyanlar o‘z-o‘zidan ko‘paymaydi, lekin kompyuteringiz xavfsizligini ishdan chiqaradi: troyanlar kerakli ma’lumotlaringizni o‘chirib yuborishi, kompyuterdagi ma’lumotlarni kerakli manzilga jo‘natishi, kompyuteringizga internetdan ruxsatsiz ulanishlarni amalga oshirishi mumkin.
Chuvalchang viruslar (Worms) – Chuvalchang viruslar o‘z nomiga mos ravishda juda tez o‘z-o‘zidan ko‘payadigan viruslardir. Odatda bu viruslar internet yo‘li intranet tarmoqlari orasida tarqaladi. Tarqalish usuli sifatida elektron xatlar yoki boshqa tez tarqaluvchi mexanizmlardan foydalanadi. Ular haqiqatdan ham kompyuteringizdagi ma’lumotlar va kompyuter xavfsizligiga katta ziyon yetkazadi. Chuvalchang viruslar operatsion tizimning nozik joylaridan foydalanish yoki zararlangan elektron xatlarni ochish yo‘li bilan kompyuteringizga o‘rnashib olishi mumkin.
Boot sektor viruslari (Bootsector viruses) – Bu viruslar kompyuterning ishlay boshlashi (zagruzka) uchun foydalaniladigan qattiq diskning maxsus qismini ishdan chiqaradi. Bu virus kompyuteringizni zararlaganidan keyin, kompyuter ishlamay qolishi mumkin. Odatda floppy disklar orqali tarqaladi.
Makro viruslar (Macro viruses) – Macro viruslar bu – o‘zlarining tarqalishi uchun boshqa bir programmaning makro dasturlash tilidan foydalanadigan viruslardir. Ular odatda Microsoft Word yoki Excel hujjatlarini zararlaydi.
Operativ xotirada yashovchi viruslar ( Memory Resident Viruses ) — Bu viruslar kompyuteringizning operativ xotirasida (RAM) yashaydi va zararli harakatini amalga oshiradi. Odatda ularni ishga tushirish uchun boshqa virusdan foydalaniladi. Ular o‘zlarining ishga tushishga yordam bergan virus yopilgan bo‘lsa ham kompyuter xotirasida qoladi, shuning uchun ham ularga yuqoridagi nom berilgan.
Rootkit viruslari (Rootkit viruses) – Rootkit’lar viruslar orasida o‘zlarining eng xavfliligi va yashirinishga ustaligi bilan alohida ajralib turadi. Rootkit’lar kompyuteringizni yovuz hakerlar tomonidan qo‘lga olinishi uchun foydalaniladi. Ba’zi Rootkit’larni antivirus programmalari ham aniqlay olmaydi, chunki ular o‘zlarini operativ tizim fayllari sifatida ko‘rsatishadi. Rootkit’lar odatda troyanlar tomonidan kompyuteringizga o‘rnatiladi.
O‘zgaruvchan viruslar (Polymorphic viruses) – Bu viruslar nafaqat o‘z-o‘zidan ko‘payadi, balki ko‘paygan paytda o‘zlarining kodlarini ham o‘zgartirib turishadi. O‘zgaruvchan viruslarni aniqlash ham ba’zi antiviruslar uchun qiyin kechishi mumkin.
Vaqt bombasi viruslari (Time or Logic Bombs) – Bu viruslar muayyan sana yohud payt kelganida yoki foydalanuvchi tomonidan muayyan harakat amalga oshirilganida ishga tushadigan viruslardir. Misol uchun Kulgi kunida (1 aprel) yoki Yangi yilda kompyuteringizdagi ma’lumotlarni o‘chirib tashlab sizga “sovg‘a” taqdim etishi mumkin.

Download 24.07 Kb.
  1   2   3




Download 24.07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



202-guruh talabasi Raxmatova Kumushoyning Kiber xavfsizlik fanidan 4-mustaqil ishi

Download 24.07 Kb.