• Sinf rahbar va uning ish faoliyati
  • Umbarova setoraning tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan tayyorlagan




    Download 0.82 Mb.
    Sana26.04.2024
    Hajmi0.82 Mb.
    #208088
    Bog'liq
    2.Sinf rahbar va uning ish faoliyati
    mashina detallari, 11.1Kurs ishi loyihasi

    TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
    BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISHI 4-KURS 402-GURUH TALABASI
    UMBAROVA SETORANING TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN
    TAQDIMOTI

    Sinf rahbarining faoliyati ko‘p qirrali va sermazmundir. U o‘zi rahbarlik qilayotgan sinf o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o‘quv yili yoki chorak davomida nimalar qilish kerakligi bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni echadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam beradi.

    • Sinf rahbarining faoliyati ko‘p qirrali va sermazmundir. U o‘zi rahbarlik qilayotgan sinf o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o‘quv yili yoki chorak davomida nimalar qilish kerakligi bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni echadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam beradi.
    • Tarbiyaga kompleks yondoshishi biror o‘quvchini ham e’tibordan qochirmaslik sinf rahbari uchun alohida masaladir. Tarbiyalash uchun sinf rahbari tarbiya ob’ekti bo‘lgan bolani yaxshi bilish, uni yaxlit idrok etishi kerak.

    Sinf rahbar va uning ish faoliyati
    Ko‘pchilik sinf rahbarlari bolani darsda o‘quvchi, musobaqada sprotchi sifatida, ya’ni har bir aniq ish sharoitidan kelib chiqib idrok etadi va shunga ko‘ra muomola qiladi, bola shaxsining boshqa tomonlari esa hozircha hisobga olinmaydi. Ammo har bir bolaning o‘z tajribasi, o‘z emotsional madaniyat darajasi, qadrlaydigan narsalar, ehtiyotlari, talablari, umidlari, aloqalari, munosabatlari kabi butun bir dunyosi bor.
    Tarbiyada ana shular hisobga olinishi kerak. Sinf rahbari o‘z o‘quvchisining ichki dunyosini, kechinmalarini, hulqida vujudga kelayotgan holatlarning sababini, irodasini yaxshi bilsagina uning qalbiga yo‘l topa oladi va bolaga ta’sir etishining to‘g‘ri yo‘lini aniqlaydi. Ana shunday sifatlarga e’tibor bergan sinf rаhbari tarbiyada etakchi o‘rinni egallaydi.
    Sinf rahbarining bolaga tarbiyaviy ta’sir etishdagi etakchilik, birdamlik rolni tarbiyaviy ta’sirining bu qadar ko‘p tarmoqlari orasida saqlab qolish g‘oyat qiyinlashib boryapti. Ba’zan bolaga tarbiyachidan ko‘ra o‘rtog‘i, qo‘shnisi, ko‘chadagi do‘stlari kuchliroq ta’sir etishi hollariga duch kelamiz. Ammo buning aksi bo‘lgan taqdirdagina tarbiyada muvaffiqiyatga erishiladi.
    Sinf rahbari bolalarni yaxshi bila olishi uchun ularni o‘rganish darsda, darsdan tashqari vaqtlarda umuman bolaning hayoti o‘tadigan barcha sharoitlarda amalga oshiriladi. Bolani o‘rganish bilan sinf rahbari uning individual xususiyatlari haqida aniq ma’lumotga ega bo‘ladi. Bolaning individual xususiyati uning xulqiga, o‘zlashtirishiga munosabatlariga jamoadagi o‘rniga ta’sir etadi. SHu boisdan ham jamoadagi individlar tarbiyalanayotganda alohida o‘quvchini unitish yaramaydi. CHunki sinf rahbari ko‘pgina tashkiliy ishlarni uyushtirishda kimga suyanish, kimga qanday vazifa yuklash, kimga mustaqillik berish va kimga muntazam yordam berish kerakligini faqat ularning individual xususiyatlarini yaxshi bilish tufayligina bexato aniqlaydi.
    Download 0.82 Mb.




    Download 0.82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umbarova setoraning tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan tayyorlagan

    Download 0.82 Mb.