• Tayanch iboralar
  • 1. Umumiy ishlatiladigan
  • 25. Ma’ruza. SISTERNALAR HAQIDA Ma’lumotlar ma’ruza rejalari




    Download 1.6 Mb.
    bet1/7
    Sana12.05.2023
    Hajmi1.6 Mb.
    #58910
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Маъруза №25 (2)
    WEB grafika

    25. MA’RUZA.
    SISTERNALAR HAQIDA MA’LUMOTLAR

    Ma’ruza rejalari:


      1. Sisternalar. Tasnifi. Universal sisternalar. Maxsus sisternalar.

      2. To‘kish moslamalari. Sisternalar yurish qismiga qo‘yiladigan talablar.



    Tayanch iboralar: doshqozon (kotel), maxsus sisternalar,universal sisternalar, och rangdagi neft mahsuloti, to‘q rangdagi neft mahsuloti.


    25.1 Sisternalar. Tasnifi. Universal sisternalar.
    Maxsus sisternalar
    Sisternalar suyuq gazli, changsimon va qotib qolishi mumkin bo‘lgan yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan. Yuklar turini ko‘pligi sisternalar tuzilishiga va o‘z navbatida ularni ham turlarga bo‘lishga sababdir. Yuklarni joylashtirish turiga qarab sisternalarni asosiy ikkita turga bo‘lish mumkin:
    1. Umumiy ishlatiladigan - neft mahsulotlarini keng turlarini tashish uchun.
    2. Mahsus sisternalar - ma’lum turdagi yuklarni tashish uchun.
    Umumiy ishlatiladigan sisternalarni o‘zini yana bir qancha turlarga bo‘lish mumkin: och rangdagi (benzin, ligroin va boshqa) va to‘q rangdagi (neft, moylar va boshqa) neft mahsulotlari uchun.
    Och rangdagilar uchun yong‘indan o‘ta xavfliligi, mustahkam berkitilmasligi va pastki tushirib yuborish uskunalarini ba’zan ishdan chiqishi, yukni yuqoridan qopqoq orqali tushirilishi bilan o‘ziga xosdir, to‘q rangdagi neft mahsulotlariga mo‘ljallangan sisternalarda esa tushirish uskunalari pastdan jihozlanadi.
    Sisternalarni bunday guruhlarga ajratish ularga mehnat sarfliligi, ular doshqozonini tozalash vaqtini qisqartirish imkonini beradi, bunday operatsiyalar asosan yukni joylashtirishdan avval bajariladi. Lekin bunday guruhlarga bo‘lish ba’zan sisternalarni bo‘shyurishi, bo‘sh turishi, sisternalar parkini to‘g‘rilash ishlarini murakkablashtiradi.
    Doshqozoni yuklamasi 120 t bo‘lgan sakkiz o‘qli sisterna (9.1 - rasm) asosiy qismlaridan bo‘lgan doshqozonni 1 silindr qismidan va ikki 9 tubidan tashkil topgan. Doshqozon pastki qismi qalinligi 12 mm, yuqorisi 9 mm.

    25.1 – rasm. Doshqozoni yuklamasi 120 t bo‘lgan, shpangoutlar bilan
    mahkamlangan sakkiz o‘qli sisterna

    Doshqozon qoplamasi 7 va 8 shpangautlar bilan mustahkamlanadi. Sisterna ostida ikkita 6 universal to‘kish asboblari va 4 qopqoqlari mavjud. Tuynuk bo‘yinchasi oldida 2 saqlash – chiqarish klapanlari bor. Doshqozon 3 tashqi va 5 ichki narvonlari bilan jihozlangan.


    Doshqozon chetlarida tayanchlari mavjud bo‘lib, ular 2 xrebetli va shkvorenli balkalarini chetki joylanmalariga ega (9.2–rasm).



    25.2–rasm. Sakkiz o‘qli neft quyish sisternasi doshqozoni tayanchi

    Tayanchlar ostki bron(zirh)li listlarga payvandlangan bo‘lib, bulardan tashqari: 12 mm qalinlikdagi nakladka; tayanch 6 lsit; maxsus 1 va 5 panjalar; doshqozon chetidagi tokchasi; 9 chetki va 8 yon balkalari; doshqizinni pastki 10 listi; mustahkamlik 7 qovurg‘alari; 11 pyatnik; kuchaytirilgan pyatnikosti 12 qutisi; 13 skolzunlardan iborat.



    Download 1.6 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 1.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    25. Ma’ruza. SISTERNALAR HAQIDA Ma’lumotlar ma’ruza rejalari

    Download 1.6 Mb.