• ВСт3сп2+12X18НT
  • To‘kish moslamalari vazifasi va ularni turlari Suyuq neft mahsulotlari uchun sisternalarda universal to‘kish asbobi
  • Sement tashish uchun sisterna




    Download 1.6 Mb.
    bet6/7
    Sana12.05.2023
    Hajmi1.6 Mb.
    #58910
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Маъруза №25 (2)
    WEB grafika
    Sement tashish uchun sisterna (9.8-rasm) 1 doshqozon, 2 tashqi va 4 ichki narvon, 3 yuklash tuynugi, 5 havo kommunikatsiyasi, 6 muftali kranidan iborat bo‘lib, doshqozoni 09Г2С po‘latdan tayyorlanib, tubi qalinligi 10 mm, yuqorigi va o‘rta listlari 8 mm, pastkisi esa 11 mm bo‘ladi.



    9.8 – rasm. Sement tashish sisternasi

    Bunday sisterna doshqozoni 1 qalpoqdan, 2 drossel zaslonkasi (qopqog‘i), 3 gorizontal va 4 markaziy patrubka, 5 val, 6 shtanga, 7 qaytarma klapan, 8 xrapovik, 9 dastak, 10 qopqoqdan iborat (9.9-rasm).



    9..9-rasm. Sement uchun sisterna doshqozoni


    Suyuq oltingugurt uchun sisterna (15-1480 modeli) 1 tashqi izolyasiyasi va 2 elektr isitgichlaridan tashkil topgan (9.10-rasm). Doshqozon ichki diametri 2000 mm bo‘lib, ikki qavatli ВСт3сп2+12X18НT po‘latdan tayyorlanadi.



    9.10-rasm. Suyuq oltingugurt uchun sisterna


    O‘tkir azot kislotasi uchun sisterna (15-1596 modeli) doshqozoni A1 alyumin markali listdan ichki diametri 2214 mm qilib tayyorlanadi (9.11-rasm) va u 1 shtutser, 2 saqlash-chiqarish klapani, 3 kirib-chiqish tuynugi, 4 shtutser, 5 (to‘kilgan kislotani bo‘r bilan neytrallash uchun) yashik, 6 saqlash shitlari, 7 quyish-to‘kish quvurlaridan iborat. Bo‘ylama listlari qalinligi 25 mm, tubi 28 mm.

    9.11-rasm. O‘tkir azot kislotasi uchun sisterna




    To‘kish moslamalari vazifasi va ularni turlari


    Suyuq neft mahsulotlari uchun sisternalarda universal to‘kish asbobi mavjud bo‘lib (9.12-rasm), u yukni to‘kishga mo‘ljallangan. Bunday asbob sisterna doshqozonining ostiga o‘rnatilib, 1 vint, 2 konussimon xalqa, 3 qopqoq, 5 rezinali zichlash xalqasi, 5 ko‘tarib qo‘yish skobasi, 6 korpus, bug‘li isitish ko‘ylakchasi, 8 klapan, 9 shtanga, 10 ustun, 11 boltlar, 12 ushlab qolish patlari (og‘ishdan saqlash uchun), 13 pastki patlar, 14 valiklar, 15 boltlar, 16 dastak, 18 rezinali zichlash xalqasi, 19 tortib turish xalqasi, 20 shpilkalar, 21 boltlardan tashkil topgan.
    Doshqozonda oshib ketgan (2,5-3,0 kgs/sm2 bosimda) va pasaygan (0,1-0,3 kgs/sm2 bosimda) (vakuum) bosim uning qobig‘i mustahkamligiga xavf tug‘dirishi mumkin, shuning uchun bunday sisternalarga saqlash-quyish klapani o‘rnatiladi (9.13-rasm) Bunday klapanlar 1 klapan, 2 prujina, 3 klapan, 4 yo‘naltirish vtulkasi, 5 prujina, 6 korpusdan iborat.



    Yong‘in xavfi bo‘lganligi sababli, spirtlar bug‘lanib ketishi va alangalanish temperaturasining pastliligi sababli, spirtlar mahsus sisternalarda tashiladi. Spirtning hajmiy kengayish koeffitsienti yuqoriligi (1,21 m3/t) sababli, ular qopqog‘i hajmini kattaligi bilan ajralib turadi. So‘nggi yillarda spirtlar uchun 4 – o‘qli sisternalarni neftebenzinlar kabi, lekin oshirilgan hajmda (yuklamasi 50 t bo‘lgan doshqozonda u 61,2 m3 ga teng) va doshqozon to‘latilmasligidan spirtning hajmiy kengayish imkoni bo‘lgan konstruksiyali qilib qurilmoqda.
    Quyosh nuri orqali spirtni qizib ketishini kamaytirish uchun ba’zi spirtli sisternalar tuzilishi, masalan; ikki o‘qlisi hajmi 25 m3 bo‘lgan doshqozon berk vagon kuzovi ichiga joylashtirilgan.

    Download 1.6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1.6 Mb.