|
Siljish kompensatsiyali o`zgartkichlar
|
bet | 3/3 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 10,07 Kb. | | #120937 |
Bog'liq 27-mavzu. Axborotni masofaga uzatishning pnevmatik tizimlari-fayllar.orgSiljish kompensatsiyali o`zgartkichlar. Siljish kompensatsiyali o`zgartkichlar o`lchash bloki sezgir elementining siljishini 20 — 100 kPa miqdoridagi proportsional pnevmatik chiqish signaliga o`zgartirish uchun mo`ljallangan.
16.2-rasmda siljish kompensatsiyali sxema bo`yicha ishlaydigan pnevmatik o`zgartkichning printsipial sxemasi ko`rsatilgan. Ta`minlovchi havo bosimi hamda o`zgartkich chiqishidagi havo bosimi M1 va M2 manometrlar orqali nazorat qilinadi. Birlamchi rele tarkibiga o`zgarmas kesimli drossel’ 7, soplo 3 va o`lchash bloki 1 ning sezgir elementi bilan bog’lapgan to`siq 2 kiradi. Kuchaytirgich ikkita ketma-ket ulangan drossel’ va sil’fon turidagi yuritmadan iborat. Drossel’ siste masi soplo 9 va 11 larni o`z ichiga oladi. Birinchi soplodan r0 bosimli siqilgan havo kuchaytirgichga keladi, ikkinchi soplo orqali esa havo kuchaytirgichdan atmosferaga chiqadi.
Soplolarning teshiklari orasida likobchasimon klapan 10 mavjud. Uning holatiga ikkala drossel’ havo oqimlari kesimlarining yuzi, binobarin, drossel’ qarshiliklari ham bog’liq. Kuchaytirgich yuritmasi kamera 5 ichiga joylashgan, bir-biriga nisbatan kontsentrik o`rnatilgan sil’fonlar 6 va 8 dan iborat. Likobchasimon klapan sil’fonlarning harakatchan tagi bilan shtok 13 orqali, kuchaytirgich esa birlamchi rele va ikkilamchi asbob bilan naychalar 4 va 15 orqali bog’langan. Sil’fon yuritmasiga r1 va r2 bosimlardan o`zaro muvozanatlashgan ikkita kuch ta`sir qiladi.
To`siqning siljishi birlamchi asbob sezgir elementining holatiga yoki tekshirilayotgan parametr miqdoriga bog’liq. To`siq soploni berkitganda sil’fonga ta`sir qiladigan r1 bosim ko`payadi, sil’fonlar siqiladi, likobchasimon klapan 10 soplo 9 teshigini ochib, soplo teshigi 11 ni berkitadi; r2 bosim oshadi va soplo 11 batamom berkilganda r2 bosim o`zining maksimal qiymztiga erishadi. To`siq soplodan chetlashganida teskari hodisa yuz baradi, ya`ni soplo 9 teshigi berkilib, soplo 11 teshigi ochiladi. Havoning atmosferaga chiqishidagi qarshilik kamayadi, shuning uchun r2 bosim pasayadi va u soplo 11 ning to`liq ochilishida nolga tenglashadi.
Havo bosimining va o`lchanayotgan parametrning o`zgarishi quyidagicha bo`ladi. r2 bosim oshganda sil’fon 17 siqiladi va shtok 14 orqali to`siqni soplo 3 dan chetga suradi hamda soploning batamom berkilishiga yo`l qo`ymaydi. Pnevmatik sistemalardagi ikkilamchi asbob sifatida har qanday bosim o`lchagichlar, shuningdek „Start" va boshqa sistemalardagi ikkilamchi asboblar ishlatilishi mumkin.
http://fayllar.org
|
| |