27. Sirpanish podshipniklaridan quyidagi xollarda foydalaniladi




Download 17.09 Kb.
bet1/3
Sana17.04.2024
Hajmi17.09 Kb.
#198698
  1   2   3
Bog'liq
27. Sirpanish podshipniklaridan quyidagi xollarda foydalaniladi-fayllar.org
Andijan Machine Building institute , K 82 2123232323, 371712-12.Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar, Ameliy 2

27. Sirpanish podshipniklaridan quyidagi xollarda foydalaniladi

10. Friksion uzatma - birbiriga siqilib aylanadigan disklar, silindrlar, konuslar va boshqa orasida hosil boʻladigan ishqalanish kuchi hisobiga aylanma harakat uzatiladigan yoki oʻzgartiriladigan mexanik uzatma. Friksion uzatma oʻqlari parallel va kesishuvchi vallar orasida harakat uzatish, aylanma harakatni vintli va ilgarilama harakatga aylantirish uchun ishlatiladi. Friksion uzatma oʻzgarmas va oʻzgaruvchan uzatish nisbatida ishlaydi.


11. Variator (lot. vario — uzgartiraman) — yuritma (harakatlantirgich) bilan ish bajaruvchi mexanizm orasidagi uzatish nisbatini bir tekis oʻzgartiradigan qurilma. Pogʻonasiz uzatma V.ning asosiy qismi hisoblanadi. Turli sharoitlarda mashina va mexanizmlarning maqbul (optimal) tezliklarda ishlashini taʼminlaydi. V. mashina, mexanizmlarda, kimyo, toʻqimachilik sanoati va transportda ishlatiladi.

27. Sirpanish podshipniklaridan quyidagi xollarda foydalaniladi:


a) tez aylanuvchi vallarda;
b) val va oʻqlarni joylashtirishda katta aniqlik talab qilinsa;
v) diametri katta boʻlgan vallarda;
g) vallarni sapfalariga dumalash podshipniklarni o'rnatib boʻlmasa (masalan: tirsakli val);
d) zarbli kuchlar ta'sir qiladigan va katta tebranish boʻlganda.
28. DP tuzilishi jixatidan ariqchali ikki halqadan (ichki va tashqi), halqalar orasida joylashgan dumalovchi elamentlar (sharcha-zoldir yoki rolik)dan va ayrim xollarda ularni ajratib va yo'naltirib turishga xizmat qiladigan separatordan iboratdir.
Podshipniklar quyidagi turlarga bo'linadi.
Dumalash elementining turiga ko'ra:
-sharchali (zoldirli), rolikli va ignasimon;
Qabul qiladigan yuklanishning yo'nalishiga ko'ra: radial, tirak va radial-tirak bo'ladi.
29. Duma. Podshibniki afzalliklari:
1) DP da ishqalanish koeffitsientining qiymati kichik (= 0,0015+ 0,006):
2) valni dastlab qo'zg'atish momenti SP nisbatan kichik (5-10 marta); 3) xizmat ko'rsatish oson va moylash tizimi sodda. Masalan yon tomonlari berktirilgan podshipniklar tayyorlash vaqtida moylangan bo'lib, ishlash muddati davomida qo'shimcha moylash talab qilmaydi:
4) standartlashtirish imkoniyati podshipniklarni ko'plab ishlab chiqarishga va uni tannarxini kamaytirishga imkon beradia
DP kamchiliklari:
1) konstruksiyasi ajralmaydigan boʻlgani uchun, ayrim xollarda uni vallarga (masalan: tirsakli vallar) o'rnatish imkoni yo'q;
2) sirpanish podshipniklariga nisbatan radial o'lchamlari katta; 3) tezligi chegaralangan;
4) tebranma va zarbli yuklanishlarda ishlash qobiliyati kam;
5) suvda va xavfli muhitlarda ishlash imkoniyati yo'q. CHunki podshipnik qismlari po'latdan tayyorlangani uchun, zanglash ehtimoli bor.
1.Mashina deb-energiyani, materialni(xom ashyoni) va axborotni qayta ishlab insonning aqliy va jismoniy mexnatini osonlashtirish, hamda uning sifatini va samaradorligini oshirish uchun xizmat qiladigan texnik jihozga aytiladi. Ish bajarishiga qarab turlari:
-energetik
-ishchi
-informatsion(axborot)
-kibr(kibernetik)
2. Mexanizmlar analizi-bunda mavjud mexanizmlar kinematik va dinamik jihatdan tekshiriladi.
Mexanizmlar sintezi-bunda bizga kerak bo'lgan ma'lum texnologik protsessni bajarishda ishlatiladigan mexanizmning chiqish zvenosini xarakat qonuni berilgan bo'ladi va shu xarakat qonunini amalga oshiruvchi mexanizm yaratish talab etiladi.
3. Mexanizmlarning tuzilishi:
-harakatlanuvchi bo'g'in
-harakatlanmaydigan bo'g'in
-passiv bo'g'in
-kinematik juft
-kinematik juft elementi
-aylanma, ilgarilanma, oliy, quyi kinematik juft
-kiruvchi bo'g'in
-chiquvchi bo'g'in
-yetaklovchi bo'g'in
-boshlang'ich bo'g'in
4. Kinematik juft deb 2ta zvenoni bir biri bilan harakat qila oladigan qilib biriktirilishiga aytiladi.
Kinematik juft elementlari bir biriga tekislik yoki sirt orqali tegishib tursa, bunday juft quyi kinematik juft deb; agar elementlari nuqta yoki chiziq orqali teginib tursa, bunday juft oliy kinematik juft deyiladi.
5,Mexanizmlar turli alomatlariga ko‘ra quyi va oliy juftlikli mexanizmlarga bo‘linadi; bunday mexanizmlar tekis yoki fazoviy bo‘lishi mumkin.
Hamma harakatlanuvchi nuqtalari o‘zaro parallel tekisliklarda harakatlanadigan mexanizm tekis mexanizm deyiladi.
Zvenolarining harakatlanuvchi nuqtalari tekis bo‘lmagan trayektoriyalar chizib yoki o‘zaro kesishuvchi tekisliklarda joylashuvchi trayektoriyalar chizib harakatlanadigan mexanizmlar fazoviy mexanizmlar deyiladi
25. Vallar va o‘qlar bir-biridan ishlash sharoitiga ko‘ra farq qiladi. O‘qlar yuklanishni qabul qilib, uni tayanchlarga uzatadi va doim egilishga ishlaydi, vallar esa, yuklanishni qabul qilish bilan birga burovchi momentni uzatib beradi.
Val va o‘qlarning tayanchlarga o‘rnatishga mo‘ljallangan qismini sapfa deyiladi va ularning Tekis, Tirsakli, Pog`onali, Egiluvchan turlari mavjud.
12.Tasmali uzatmalar aylanma xarakatni ancha katta (15 m gacha) masofada joylashgan vallarga uzatish uchun xizmat qiladi. Tasmali uzatmalar bir necha belgi bo‘yicha turlarga bo‘linadi:
a) tasmaning ko‘ndalang kesimdagi shakli (profili)ga ko‘ra: yassi, ponasimon, doiraviy, tishli-tasmali;
b) shkivlar vallari o‘qlarining o‘zaro joylashishga ko‘ra: parellel, ayqash;
v) tasmani taranglash usuliga ko‘ra: shkivlaridan biri davriy ravishda siljitiladigan oddiy, qo‘shimcha moslama yordamida avtomatik ravishda rostlanadigan murakkab.
23.Vtulka-rolikli zanjir va yulduzcha tishlari o'lchamlari standartlashtirilgan(GOST 13568-81).Zanjirning qadami P asosiy geometrik o'lcham bo'lib ,uning miqdori standartlashtirilgan Zanjir detallarining geometrik parametrlari shu asosiy o'lcham bilan bog'langan,zanjirning ilashish qadami qancha katta bo'lsa,bu zanjir shuncha kattaroq quvvatni,lekin kichikroq tezlik bilan uzatishi mumkin.Uzatish nisbati,burchak tezligi va zanjir tezligi uzatmani kinematikasi hisoblanadi.
13.Tasmali uzatmalarning afzallik va kamchiliklari
Afzalliklari:
a) xarakatni ancha katta masofalarga uzatish mumkinligi;
b) katta aylanish tezliklarda ishlay olishi;
v) siltanishli, keskin o‘zgaruvchi va ortiqcha yuklanishlarga taʼsirsizliligi;
g) tuzilishi nisbatan soddaligi, narxi arzonligi, moylanmasdan, ravon va shovqinsiz ishlashi;
d) FIK yetarli darajada yuqoriligi (µ = 0,91 ... 0,96);
tayyorlash, ishlatish va xizmat ko‘rsatish nisbatan yengilligi.
davomi:Kamchiliklari:
a) uzatish nisbati ish davomida bir xil saqlanmasligi (tishli tasma bundan mustasno);
b) zanjirli uzatmaga nisbatan kam quvvatni uzatishi va tasma umrboqiyligining pastligi (ishlash muddati 2000 soatgacha);
v) tasma tarangligini rostlab turish zarurligi;
g) tasmaning tashqi muxit (quyosh nuri, issiqlik, sovuqlik, suyuqlik va boshq.) taʼsiriga chidamsizligi;
d) vallar va ularning tayanchlariga tushadigan yuklanishlarning nisbatan kattaligi.

Download 17.09 Kb.
  1   2   3




Download 17.09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



27. Sirpanish podshipniklaridan quyidagi xollarda foydalaniladi

Download 17.09 Kb.