• Taqrizchilar
  • 2cc79861-6145-48d6-85b9-90e1b12d1b24. pdf




    Download 2.06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/23
    Sana28.01.2023
    Hajmi2.06 Mb.
    #39945
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-uslubiy ko`rsatma (1)
    5-Mustaqil ta'lim, 7-top, ISH REJAAA


    O‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 
    VAZIRLIGI 
    GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI 
     
     
     
     
     
    “QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH 
    TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI 
     
    « KIYIM MATERIALLARINI ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI » 
    fanidan 
    Bilim sohasi: 300000 Ishlab chiqarish texnik soha 
    Ta’lim sohasi: 320000 Ishlab chiqarish texnologiyalari 
     
    Ta’lim yo‘nalishi: 5320900-Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash
    va texnologiyasi (tikuv buyumlari)
     
    O‘Q’UV USLUBIY KO‘RSATMA 
     
     
     
     
     
     
     
     
    Guliston
     -2020


     
    O’quv uslubiy majmua O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
    vazirligi 2016 yil “22” yanvardagi 26-sonli buyrug‘i bilan (buyruqning 2-ilovasi) 
    tasdiqlangan “Kiyim materiallari ishlab chiqarish jarayonlari” fani dasturi asosida 
    tayyorlangan. 
    Tuzuvchi: 
    Shodiyev D.T “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash 
    texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi 
    Taqrizchilar: 
     
    Qurbonov E.S. “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari” 
    kafedrasi mudiri 
    Sherqulova N. “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari” 
    kafedrasi o‘qituvchisi 
    GulDU o‘quv-uslubiy kengash raisi Sharipov F.G.,dosent 
    GulDU o‘quv-uslubiy kengashida muhokama qilingan va tasdiqlangan. 
    Kengashining 2020 yil “__” ________“___” sonli bayonnomasi


    1- 
    Laboratoriya ishi 
    Mavzu: Yigirish tizimlari. 
    Ishni bajarishdan maqsad: Yigirish korxonalari xom ashyolari bilan tanishib, texnologik jarayonlarini o‘rganish. 
    Ishning bajarilish tartibi: 
    1. 
    0‘quv laboratoriya ishidagi havfsizlik qoidalarini o‘rganing. 
    2. 
    Yigirish sistemalarini o‘rganing. Karda, qayta tarash va apparat iplari xossalarining xususiyatlarini izohlang. 
    3. 
    Karda, qayta tarash va apparat sistemalarida ishlatiladigan mashinalar ketma-ketligi va ularda amalga 
    oshiriladigan texnologik jarayonlarni o‘rganing. 
    Kerakli jihozlar: tola, karda va qayta tarash tizimlarida ishlatiladigan mashinalar. 
    YIGIRISH KORXONALARINING MAQSADI - kalta va har-xil uzunlikdagi, chalkashib kettan, tartibsiz 
    holatdagi tolalardan, tekis ma’lum tuzilishga va xususiyatga ega bo‘lgan uzluksiz mahsulot - ip olishdir. 
    YIGIRISH KORXONALARINING MOHIYATI - shundan iboratki, tolali materiallarni titib, chiqindi va 
    iflosliklardan tozalab, aralashtirib, uni tarab pilta, pilik, kerakli yo’g‘onlikkacha cho‘zib, pishiqligini oshirish uchun 
    pishitib ip hosil qilishdir. Ishlab chiqarilgan mahsulot to‘qimachilik ipi deyiladi. Ushbu mahsulot egiluvchan, mustahkam, 
    ingichka, ma’lum uzunlikda bo‘lib, to‘qimachilik mahsulotlarini olishda ishlatiladi. 
    To‘qimachilik ipi - to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan mustaxkam, nisbatan 
    ingichka va katta uzunlikdagi jismga aytiladi. 
    Paxta tolasidan ip olish jarayonida quyidagi yarim mahsulotlar: xolst, tola tarami, pilta va pilik hosil bo‘ladi. 
    Yarim mahsulotlarni olish jarayonida to‘qimachilik tolalari tozalanadi, titiladi, tekislanadi, uzunligi bo‘yicha 
    to‘g‘rilanib, parallel holatga keltiriladi. Oxirgi yarim mahsulot - pilik yoki piltadan ip yigiriladi. 
    Kerakli chiziqiy zichlikdagi ipni yigirish uchun uning ishlatilishiga qarab tanlangan xom ashyo, texnologik 
    jarayon va mashinalar majmuasiga yigirish sitemasi deb ataladi. 
    Paxta tolasidan chiziqiy zichligi T=5-1000 teks (N=1-200) iplar asosan uch xil: karda, qayta tarash va apparat 
    sistemalarida yigiriladi. Tolalarni yigirish asosan tarash va mahsulotni ingichkalashtirish bilan farqlanadi (3.1-jadval). 
    Karda yigirish sistemasi. Bu sistemada asosan o‘rta tolali paxtadan chiziqiy zichligi T=15,4^50 teks (Nm= 
    20^65) bo‘lgan iplar olinadi. Ulardan surp, satin, chit kabi bejirim gazlamalar va trikotaj buyumlari tayyorlanadi. Ipning 
    60% dan ko‘pi karda sistemasida yigiriladi. 
    Keyingi yillarda karda yigirish sistemasida urchuqsiz yigirish mashinalarini ishlatish ham keng tarqalgan. 
    To‘qimachilik tolalarini yigirish tizimlari 
    Texnologik 
    jarayonlar 
    Yigirish tizimlari nomi 
    Karda(oddiy) 
    Karda tarashsiz 
    qayta tarash 
    Karda 
    tarashli 
    qayta tarash 
    Apparat (yo‘g‘on 
    ip) 
    Tarash 
    Karda 
    tarash 
    Shlyapkali tarash 
    mashinasi 


    Valikli 
    tarash 
    mashinasi 
    Qayta 
    tarash 

    Qayta tarash mashinasi 

    Ingichka- 
    lashtirish 
    CHo‘zish 
    CHo‘zish 
    Bo‘lish 



    Bo‘lish 
    Xom ashyo(tola) 
    Paxta, kalta lub 
    Ipak, jun 
    Paxta, jun, lub Past nav paxta, 
    chiqindi tola 


    Qayta tarash yigirish sistemasi. Bu sistema asosan uzun tolali paxtadan chiziqiy zichligi T=15,4^5teks (65-200) 
    bo‘lgan ingichka iplar yigirishda qo‘llaniladi. Bu sistemada tayyorlangan iplar pishiqligi, rovonligi, tozaligi, silliqligi va 
    cho‘ziluvchanligi bilan ustivordir. Kalta tolalar ko‘p miqdorda ajratilishi ipning saralanmadan chiqishi kamayishiga va 
    maxsulot tannarxi oshishiga olib keladi. Shuning uchun qayta tarash sistemasi keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. 
    Tayyorlangan iplardan satin, mal-mal, mayya, batist, markazet kabi yupqa matolar, yuqori sifatli texnik 
    gazlamalar to‘qiladi hamda tikuvchilik, poyabzal korxonalari uchun ingichka, pishiq, cho‘ziluvchan tikuv iplari, muline 
    va kashtachilik, popopchilik iplari ishlab chiqariladi. 
    Apparat (yo‘g‘on) ip yigirish sistemasi. Bu sistema asosan past navli, kalta tolali paxtadan hamda yigiruvbop 
    tolali chiqindilardan chiziqiy zichligi T=50^1000 teks (Nm=1-20) bo‘lgan ip yigirishda ishlatiladi. 
    Apparat sistemasida yigirilgan ip bo‘sh, notekisligi yuqori, pishiqligi past, cho‘zilmaydigan, xajmdor va tukli 
    bo‘ladi. Ular asosan tanda iplari sifatida bumazey, paxmoq, flanel, va boshqa issiq, yumshoq gazlamalar to‘qishda 
    ishlatiladi. 
    Topshiriq 
    1. 
    To‘ qimachilik tola va iplarining tasnifini keltiring. 
    2. 
    Paxta va kimyoviy tolalarni yigirish tizimlari jadval tarzida to‘ldiring. 
    3. 
    To‘qimachilik tola va iplarining olinish jarayonlari va mato ishlab chiqarishdagi o‘ziga xos xususiyatlarini 
    internet tarmog‘I orqali izlang va hisobotda keltiring. 
    Uyda: Laboratoriya ishi bo‘yicha hisobot tayyorlang. 
    Nazorat savollari 
    1. 
    To‘qimachilik tolalari deb qanday jismlarga aytiladi? 
    2. 
    To‘qimachilik tolalari qanday tasniflanadi? 
    3. 
    Yigirish jarayoning maqsadi va mohiyati. 
    4. 
    Sintetik tolalar qanday moddalardan olinadi? 
    5. 
    Qanday iplarga yakka to‘qimachilik iplari deyiladi? 
    6. 
    To‘qimachilik mahsulotlariga ta’rif bering. 
    7. 
    Yigirish sistemasi nimani bildiradi? 
    Karda sistemasida yigirish 
    № 
    Texnologik jarayonlar nomi 
    Uskunalar, jixozlar nomi 
    Maxsulot 
    nomi. 
    1. 
    Titish, aralashtirish, tozalash va tarash 
    Titish, aralashtirish, tozalash va tarash agregati. 
    pilta 
    2. 
    CHo‘zish, qo‘shish 
    Piltalash mashinasi 
    pilta 

    CHo‘zish, qo‘shish 
    Piltalash mashinasi 
    pilta 
    4. 
    Piliklash 
    Piliklash mashinasi 
    pilik 
    5. 
    Yigirish 
    Halqali yigirish mashinasi 
    i

    Pnevmomexanik usulda ip olishda pilik o‘rniga piltadan bevosita ip olinac 
    i. 
    Qayta tarash sistemasida ip yigirish 
    № 
    Texnologik jarayonlar nomi 
    Uskunalar, jixozlar nomi 
    Maxsulot 
    nomi. 
    1. 
    Titish, aralashtirish, tozalash va tarash Titish, aralashtirish, tozalash va tarash agregati 
    pilta 
    2. 
    CHo‘zish, qo‘shish 
    Piltalash mashinasi 
    pilta 
    3. 
    CHo‘zish, qo‘shish 
    Pilta birlashtiruvchi 
    xolstcha 
    4. 
    Qayta tarash 
    Qayta tarash mashinasi 
    pilta. 

    CHo‘zish, qo‘shish 
    Piltalash mashinasi 
    pilta 
    6. 
    Piliklash 
    Piliklash mashinasi 
    pilik 
    7. 
    Yigirish 
    Halqali yigirish mashinasi 
    i



    8. 
    Qanday yigirish sistemalari mavjud? 
    2- 
    Laboratoriya ishi
    Mavzu: Titish,tozalash uskunalari. «Tryuchler» agregati 
    Ishni bajarishdan maqsad: Tolalarn tarashga tayyorlab berish jarayonini o‘rganish. 

    Download 2.06 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 2.06 Mb.
    Pdf ko'rish