|
3 – laboratoriya ish Mavzu: Kriptogrammani bitta kalitda shifrlash, yashirish. Topshiriq savollari
|
bet | 1/2 | Sana | 15.05.2023 | Hajmi | 16.14 Kb. | | #60028 |
Bog'liq 3 – laboratoriya ish Mavzu Kriptogrammani bitta kalitda shifrla Maruza-6
3 – laboratoriya ish
Mavzu: Kriptogrammani bitta kalitda shifrlash, yashirish.
Topshiriq savollari
Simmetrik kalitli krpitoalgoritmlar haqida ma’lumot bering
Enigma shifrlash qurilmasi haqida ma’lumot bering va o’z ismingiz va familyangiz bo’yicha 26 ta harfdan iborat jadval tuzib chiqing. Asos raqamlari (4,5,3,2,1,7,11,16) qolgan raqamlarni ism familyangizdan kelib chiqib o’zingiz raqamlarni qo’yib shifrlang.
Platformaga javob berish tartibi: Microsoft office paketlardan foydalanib bajarishingiz mumkin.
Matnlardan foydalanilganda Times New Roman shriftidan foydalaning.
Simmetrik kalitli krpitoalgoritmlar asosida yaratilgan kriptotizim axborot-kommunikatsiya tarmoqlarida ma’lumotlar almashinuvining muhofazasini ta’minlash masalalarini echishda qanchalik ishonchli bo‘lmasin, bari bir undan amalda foydalanish jarayonida ayrim qo‘shimcha xavfsizlikni ta’minlash masalalari kelib chiqib, ularning echilishi talab etiladi. SHunday masalalardan biri kalitlarni tizim foydalanuvchilariga tarqatish masalasidir. Ishlab chiqilgan bardoshli kalitlarni tizim foydalanuvchilariga etkazish xavfsizligi kafolatli ta’minlangan bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun esa qo‘shimcha holda yana biror boshqa kriptotizimdan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bu masala echimining qo‘shimcha kriptotizimdan foydalanmay hal etilishi klassik va zamonaviy algebrada olingan ilmiy natijalar asosida yaratilgan ochiq kalitli (oshkora kalitli, nosimmetrik) kriptotizimlarning vujudga kelishi bilan amalga oshirildi.
Nosimmetrik kriptotizimlar bundan 32 yil muqaddam AQSH olimlari U. Diffi va M. Xellman tomonidan kashf etilgan bo‘lib, ular katta sonli chekli to‘plamlarda bir tomonlama funksiyalardan foydalanishga asoslangan. U. Diffi va M. Xellmanning 1976 yilda bosilib chiqqan “Kriptologiyada yangi yo‘nalishlar” maqolasida ilgari surilgan “maxfiy kalitni uzatishni talab etmaydigan amaliy bardoshli maxfiy tizimlarni tuzish mumkin” degan fikri kriptologiyada nosimmetrik kriptotizimlarning yuzaga kelishi hamda ularningrivojlanish davrining boshlanishiga sabab bo‘ldi.
Nosimmetrik kriptotizimlarning yuzaga kelishi simmetrik tizimlarda echilmay qolgan maxfiy shifrlash kalitlarini tarqatish va elektron raqamli imzo tizimlarini yaratish hamda qator zamonaviy masalalarni echish imkoniyatini berdi.
Assimetrik shifrlash usullari ma’lumotlarni shifrlashda va deshifrlashda alohida alohida kalitlardan foydalanadi. SHuning uchun ularda kalitlarni taqsimlash muammosi mavjud emas.
|
| |