-4 yoshli bolalarda miqdoriy munosabatlarni shakllantirish




Download 72,22 Kb.
bet9/10
Sana13.06.2024
Hajmi72,22 Kb.
#263326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-4 yoshli bolalar bilan ishlashda matematik mazmunga ega bo’lga

3. 3-4 yoshli bolalarda miqdoriy munosabatlarni shakllantirish.
Bolalarning matematik tushunchalarini muvaffakiyatli o‘zlashtirishi, ularning idrokini, ya’ni sensor tuyg‘ularini o‘stirish bilan bevosita bog‘liqdir.Umumlashtirish va mavhumlashtirish qobiliyati real predmetlarning xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni bir-biriga taqqoslash va guruxlarga ajratish asosida o‘sib boradi. Shuning uchun bola maktabga borgunga qadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasidagi barcha o‘quv-tarbiya ishlari bilan o‘zviy ravishda boglab maxsus ish olib boriladi.
Matematik bilimlar bolalarga ma’lum sistema va izchillikda berilishi, bunda yangi bilim kamroq miqdorda, ya’ni bolalar o‘zlashtirib oladigan darajada bo‘lishi kerak. Shuning uchun xam bir vazifa bir qancha mayda qismlarga bulinib, ular birin ketin o’rganib boriladi.
Tarbiyachi xar bir yosh guruxining dasturi qanday tuzilganini bilishi lozim. Bu unga o‘z guruxidagi bolalarning matematikaga doir bilim darajalarini aniqlash uchungina emas, balki maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda boshlangich matematik tasavvurlarni o‘stirish yuzasidan olib boriladigan barcha ishlar tizimida xar bir mashg‘ulotning qanday muhim o‘rin egallashini ko‘z oldiga keltirish uchun ham imkon beradi.
Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishning asosiy shakli – mashg‘ulotdir.
Dastur vazifalarining ko‘pchilik qismi mashg‘ulotlarda hal qilinadi. Bolalarda ma’lum izchillikda tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va ko‘nikmalar hosil qilinadi.
Atrofdagi xamma narsani mikdor jixatidan kuzatishlarni uyushtirishga, bolalarning o‘z faoliyatlarining xilma-xil turlarida matematik mazmundagi bilim va ko‘nikmalaridan qanday foydalanishlariga katta ahamiyat beriladi.
Mashg‘ulotlarda va kundalik xayotda didaktik uyinlardan xamda uyin-mashklardan keng foydlaniladi. Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda o‘yinlar tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustaxkamlanadi, chukurlashtiriladi va kengaytiriladi. Bir kancha hollarda, masalan, joyni bilish ko‘nikmasini rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan ishlarda uyinlar asosiy o‘quv vazifasini utaydi.
Mashg‘ulotlarda bolalarning aktiv faoliyati birinchi navbatda yangi material ustida ishlashni hamda ilgari utilgan materialni takrorlashni birga to‘g‘ri olib borish bilan ish turlarini va uni tashkil etish usullarini almashtirib turish bilan ya’ni, mashg‘ulot tuzulishi bilan taqsimlanadi.
Mashg‘ulot tuzulishi dastur vazifalarining xajmi, mazmuni, birga kushib olib borilishi, tegishli bilim va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishi darajasi, bolalarning yosh hususiyatlari bilan belgilanadi.
Maktabga borish davriga kelib bolalar to’plam va son, shakl va kattalik haqida o‘zaro boglangan bilimlarni nisbatan ko‘prok egallagan, fazoda va vaqtni mo’ljalga olishni bilishni o’rgangan bo’lishlari zarur.
Bolalar miqdor nisbatlarini aniqlashda eng aniq usul predmetlarni sanash va kattaliklarni o’lchash ekanligini tushuna boshlaydilar.
Sanash va o’lchash malakalari ularda tobora mustaxkam va ongli o‘zlashtiradilar.


Xulosa

«Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan»


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki Boshlang'ich matematik tasavvurlarni shakllantirishning nazariy asoslarining asosiy maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalar bilan sinfda o'tkaziladigan barcha narsalarning matematik tavsifi va ma'nosini tushuntirish, bolalarda tegishli tasavvurlarni shakllantiradigan tushunchalarni tushuntirishdir.


Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish jarayonida o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalari bir-biri bilan chambarchas bog'liqlikda va o'zaro bog'liqlikda hal qilinadi.
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasvirlar tizimini shakllantirish. Mazmun tomondan, birlamchi eng sodda tasvirlarni shakllantirish nuqtai nazaridan eng muhimlari "to'plam", "munosabat", "son", "qiymat" kabi fundamental matematik tushunchalardir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tushunchalarni shakllantirish turli yo'llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Bolalarning tajribasi va bilimlari kichik bo'lganligi sababli, o'rganish asosan shunday bo'ladi: birinchi navbatda, kattalar yordamida aniq bilimlar to'planadi, so'ngra ular eng oddiy qoidalar va naqshlarga umumlashtiriladi.
2. Maktabda matematikani o`zlashtirish va umumiy aqliy rivojlanish uchun zarur bo`lgan matematik fikrlash va individual mantiqiy tuzilmalar uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirish. Boshlang'ich matematik tushunchalarni o'zlashtirish bolaning umumiy kognitiv faoliyatini va uning individual tomonlarini, jarayonlarini, operatsiyalarini va harakatlarini yaxshilashga yordam beradi.
3. Sensor jarayonlar va qobiliyatlarni shakllantirish. Yosh bolalarni o'qitishning asosiy yo'nalishi - bu aniq, empirik bilimlardan umumlashtirilgan bilimlarga bosqichma-bosqich o'tishni amalga oshirishdir.
4. Bolalarning so'z boyligini kengaytirish va izchil nutqni takomillashtirish. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish jarayoni so'z boyligini tizimli ravishda o'zlashtirish va bosqichma-bosqich kengaytirishni, grammatik tuzilmani takomillashtirishni va nutqning uyg'unligini o'z ichiga oladi.
Matematik tasavvurlarni shakllantirishda nutqning rivojlanishi alohida holda emas, balki hissiy va fikrlash jarayonlari bilan birgalikda sodir bo'ladi.
5. O'quv faoliyatining boshlang'ich shakllarini shakllantirish. O'quv faoliyatining boshlang'ich shakllarini shakllantirish uchun matematikadan oldingi tayyorgarlik muhim rol o'ynaydi.


Download 72,22 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 72,22 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-4 yoshli bolalarda miqdoriy munosabatlarni shakllantirish

Download 72,22 Kb.