|
3-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Maxsus dasturiy vositalar yordamida ma’lumotlarni qayta tiklashni o‘rganish
|
Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 2,39 Mb. | | #145099 |
Bog'liq mustaqil ish maruza
3-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Maxsus dasturiy vositalar yordamida ma’lumotlarni qayta tiklashni o‘rganish. Ishdan maqsad: Ma‘lumotlar yaxlitligini ta‘minlash maqsadida zahirali nusxalash va qayta tiklash usullari bilan tanishish. Dasturiy ta‘minot yordamida ma‘lumotlarni qayta tiklashni bajarish Amaliy qism Handy Backup - har qanday turdagi ma'lumotlarni avtomatik ravishda Zahiralash, tiklash va sinxronizatsiya qilish uchun ishonchli, tezkor va ishlatish uchun qulay dastur. Dasturni o'rnatish Dasturning so‘ngi versiyasini Windows OT uchun www.handybackup.ru veb saytidan ko‘chirib olib kompyuterga o'rnatilishi mumkin.
11.1-rasm. Handy Backup dasturi rasmiy veb sayti Handy Backup dasturini kompyuteringizga o'rnatish uchun quyidagi amallarni bajaring: O'rnatish faylini ishga tushiring
Agar dastur o‘rnatilish yo‘lini o‘zgartimoqchi bo‘lsangiz "Изменить рекомендуемые параметры установки" bosing va operatsion tizim turini belgilang (32 razryadli yoki 64 razryadli). Dastur o‘rnatilish joyini belgilab ham qo‘yishingiz mumkin. Foydalanuvchi shartnomasini o'qing. Agar siz uni qabul qilsangiz yana "Далее" tugmasini bosin
11.3-rasm. Handy Backup dasturi sartlariga rozilik oynasi O'rnatmoqchi bo'lgan dastur versiyasini tanlang. Quyidagi ekranda ikkita o'rnatish variantlari mavjud: shaxsiy kompyuter uchun yoki Server versiyasi. ―Версия для 1 ПК‖ tanlang ―Установить‖ ni bosing
11.4-rasm. Handy Backup dasturi versiyasi Dastur o‘rnatilishi tugagandan so'ng dasturni ishga tushirish uchun ―Запустить Handy Backup‖ belgilab Готовo nugmasini bosing.
11.5-rasm. Handy Backup dasturi o‗rnatilish yakunlandi Dastur yordamida zahirali nusxalashni amalga oshirish Vazifani oddiy rejimda yaratish uchun quyidagi amallarni bajaring: Yangi vazifani yaratish uchun boshqaruv panelidagi "Создать " tugmasini bosing yoki Ctrl + N tugmalaridan foydalaning. 11.6-rasm. Handy Backup dasturi bosh oynasi Zahirali nusxalashni yaratish uchun "Создать резервную копию"ni tanlang va ―Далее” tugmasini bosing 11.7-rasm. Zahiralash hosil qilish kerakli ma'lumotlar manbai guruhini kengaytirish va kerakli plagin nomini bosish orqali Zahira nusxasini yaratadigan ma'lumotlarni tanlang 11.8-rasm. Zahiranuvchi fayl foyini ko‗rsatish Zahiralash uchun joyni tanlang (masalan D diskni) hamda ―Далее‖ni bosing 11.9-rasm. Zahiralash joyini belgilash Keyingi hosil bo‘lgan oynada faylni siqish va shifrlash amallarini ham belgilashingiz mumkin. Zarur bo‘lmasa kataklarni bo‘sh qoldirasiz. ―Далее‖ tugmasini bosasiz. 11.10-rasm. Zahiranuvchi fayl joyini ko‗rsatish Keyingi bosqichda siz Zahira nusxalarini yaratish jadvalini tuzishingiz mumkin. Vazifani ma'lum bir vaqtda avtomatik ravishda boshlashni istasangiz, " Включить планировщик" qatori yoniga "belgi" qo'ying. Vazifani birinchi marta ishga tushirish vaqtini va u takrorlanadigan intervalni ko'rsating 11.11-rasm. Zahiralash vaqtini belgilash Agar " Выполнить эту задачу сразу" стоит "галочка" qatori yonida tasdiq belgisi bo'lsa, u holda " Готово" tugmachasini bosganingizdan so'ng, vazifa avtomatik ravishda ishga tushiriladi. 11.12-rasm. Zahiralash jarayoni yakunlash Birinchi Zahirali nusxalash vazifasi muvaffaqiyatli yaratildi!
Endi siz uni istalgan vaqtda asosiy oynadan ishga tushirishingiz, avtomatik ishga tushirishni kutishingiz yoki fayllarni qayta tiklashni bajarinshingiz munkin. Topshiriq Zahirali nuzxalash siyosati bo‘yicha nazariy bilimlar bilan tanishing va farqini tahlil qiling. Zahirali nusxalash va tiklash dasturini kompyuteringizga o‘rnating. Dasturdan foydalanib kompyuterdagi disk, papka, faylni zahiralash va tiklash amalini bajaring. Bajargan ishingiz bo‘yicha hisobot tayyorlang va HEMIS tizimga yuklang
|
| |