|
Topshiriqning 2-bandini bajarish bo’yicha ko’rsatmalar
|
bet | 15/20 | Sana | 09.09.2024 | Hajmi | 1,73 Mb. | | #270632 |
Bog'liq 3– amaliy mashg‘ulot optik tolalarning sonli aperturasini tajrib6.6. Topshiriqning 2-bandini bajarish bo’yicha ko’rsatmalar.
Ajraladigan optik ulagichlarning xarakteristikasini tadqiq etish
Diqqat! Har bir qo‘llashdan avval tolali shnurlar yordamida o‘lchovlarni olib borishda ularning kesimidan himoya qalpoqlarini echish kerak. Tolali shnur yordamida ish tugagach, uning kesimiga echilgan himoya qalpog‘ini albatta kiygizib qo‘yish kerak. Har bir qo‘llashdan avval “TOPAZ 3000” optik testeri yordamida o‘lchashlarni olib borishda uning konnektori kesimidan himoya qalpog‘ini echish kerak va tezda uni tolali shnur konnektori bilan ulash zarur. O‘lchash ishlari tugagach himoya qalpoqlarini oldingi joyiga o‘rnatish shart.
1. ”Nurlanish manbaining elektr ta’minoti bloki” boshqaruv organlarini boshlang‘ich holatga o‘rnating:
- potensiometrning “sozlash” dastagini soat strelkasiga qarshi yo‘nalishda oxirgi holatga keltiring.
- “rejim” tugmasini “quvvat” holatiga qo‘ying. Buning uchun tegishli yozuvli tugmani bosib qo‘ying.
- “tarmoq” tumblerini ulang, bunda uning chiroqchasi yonadi.
2. Lazerning ishga layoqatligini tekshiring. Buning uchun potensiometrning “sozlash” dastagini soat strelkasi yo‘nalishida burang. Bunda raqamli tablodagi ko‘rsatkichlarning ortishi lazerning ishga layoqatligini ko‘rsatadi.
3. “Rejim” tugmasini “tok” holatiga qo‘ying. Bunda raqamli tabloda lazer diodidan oqib o‘tayotgan tokning qiymati qayd etiladi.
4. FC/UPC turidagi bir modali (sariq rangli himoya qobig‘ili) shnur yordamida “Nurlanish manbaining elektr ta’minoti bloki”ni “TOPAZ 3000” optik testerining kirishiga ulang.
5. “TOPAZ 3000” optik testerini ulang va panel yuza sirtidagi mvt, dbm, db tugmalarini bosish yo‘li bilan uni quvvatning absolyut qiymatlarini o‘lchash rejimiga o‘tkazing. Panel yuza sirtidagi tugmani bosib, testerni 1,3 mkm to‘lqin uzunligida o‘lchash rejimiga o‘rnating. Zarurat tug‘ilsa, “TOPAZ 3000” asbobining tavsifidan foydalaning.
6. “Nurlanish manbaining elektr ta’minoti bloki”ni “sozlash” potensiometrini “TOPAZ 3000” optik testerida optik quvvatning 0,5 mVt qiymatini ko‘rsatadigan qilib o‘rnating. Bu qiymatlarni 6.1 – jadvalga yozing. Qolgan o‘lchashlarda bu qiymat o‘zgarmasligi kerak.
6.1-jadval
Turli turdagi yorug‘lik uzatgichlarini ulash tufayli yuzaga
kelgan liniyaviy so‘nishlar
Pab, 0,5 mVt
|
λ, nm
|
sm-sm (dB)
|
mm-mm (dB)
|
|
|
|
|
7. mVt, dBm, dB tugmalarini kerak sonda bosib optik testerning ish rejimini optik quvvatni nisbiy birliklarda o‘lchaydigan qilib o‘rnating. Shundan so‘ng tester pulьtidagi “nolga sozlash” tugmasini bosing. Bunda tester kirishiga tushayotgan quvvat 0 deb olinadi va bu hol displeyda 0 dB ko‘rinishida aks etadi.
8. FC/UPC - FC/UPC turidagi (sariq rangli himoya qobig‘ili) bir modali shnur yordamida ”Nurlanish manbaining elektr ta’minoti bloki”ni 5-platadagi shtativda joylashgan FC - FC/UPC turidagi optik ulash rozetkasiga ulang (6.7-rasm). Optik rozetkaning qarama - qarshi tomonini FC/UPC - FC/UPC turidagi bir modali shnur yordamida “TOPAZ 3000” optik testeri kirishiga ulang. Uning displeyida dB larda ifodalangan bir xil sonli aperturali ikkita bir modali yorug‘lik uzatgichning ulanishiga mos kelgan liniya so‘nishi aks etadi. Bu qiymatni jadvaldagi SM-SM katagiga yozib qo‘ying.
9. “TOPAZ 3000” optik testeri kirishi va optik rozetkani ulovchi FC/UPC - FC/UPC optik shnurini FC/PC - FC/PC turidagi ko‘p modali (olov rangli himoya qobig‘ili) shnurga almashtiring. Optik testyerda bir modali va ko‘p modali yorug‘lik uzatgichlarini ulashga mos kelgan so‘nishlarni belgilang.
10. ”Nurlanish manbaining elektr ta’minoti bloki”ning “Optik chiqish”ini optik rozetka bilan ulaydigan FC/UPC - FC/UPC turidagi tolali shnurni uzing.
11. “TOPAZ 3000” optik tester kirishidagi FC/PC-FC/PC tolali shnurni uzing.
12. FC/PC - FC/PC turidagi ko‘p modali shnur(olov rangli himoya qobig‘li) yordamida “Nurlanish manbaining elektr ta’minoti bloki”ning “Optik chiqish” ini “TOPAZ 3000” optik tester kirishiga ulang. Bunda tolali shnur orqali optik tester kirish konnektoriga tushuvchi optik quvvat sathi lazer diodining (elektron blok ichida joylashgan) bir modali yorug‘lik uzatgichi va ko‘p modali yorug‘lik uzatgichlarni o‘zgartirib ulash bilan o‘zgaradi.
13. Optik tester yuzida joylashgan mvt, dbm, db tugmalarni bosib optik testerni quvvatni absolyut qiymatlarini o‘lchash rejimiga o‘tkazing. 6 va 7 qismlarda bajarilgan harakatlarni qaytaring.
14. FC/PC - FC/PC turidagi ko‘p modali shnur (olov rangli himoya qobig‘li) yordamida “Nurlanish manbaining elektr ta’minoti bloki”ning “Optik chiqish” ini 5-platadagi shtativda joylashgan optik ulash rozetkasiga ulang. Optik rozetkaning qarama qarshi tomonini ko‘p modali shnur (olov rangli himoya qobig‘li) yordamida “TOPAZ 3000” optik testerining kirishiga ulang. Optik testerning displeyida bir xil sonli aperturali ikkita ko‘p modali optik tolaning ulanishidagi liniya so‘nishi dB larda aks etadi. Bu qiymatni jadvaldagi MM-MM katagiga yozib qo‘ying.
15. ”Nurlanish manbaining elektr ta’minoti bloki”ning “Optik chiqish”idagi optik shnurni optik rozetkadan uzing.
16. Optik shnurni optik testyerdan uzing.
|
| |