-mustaqil ta’lim: Esse yozish. Mazkur topshiriqqa maksimal 4ball beriladi




Download 24,24 Kb.
bet2/3
Sana15.05.2024
Hajmi24,24 Kb.
#234969
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Hemis 4,5,6-mustaqil ta'lim... (2)

6-mustaqil ta’lim: Esse yozish. Mazkur topshiriqqa maksimal 4ball beriladi.
Esse (fransuzcha: essai — urinish, sinash, ocherk) — erkin kompozitsiyali, uncha katta boʻlmagan nasriy asar. Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid subʼyektiv fikr bayon qilinadi. Esselar falsafiy, tarixiybiografik, publitsistik, adabiy-tanqidiy, ilmiyommabop yoki sof belletristik xarakterda boʻladi. Esse uslubi obrazliligi, aforistikligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat boʻladi. Mustaqil janr sifatida A. Montel ijodida tarkib topdi. Uzbek adabiyotida XX-asrning 70—80-yillaridan Esse yaratila boshlandi.
Esse – aniq mavzu yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalar asosida yoziladigan ixcham ijodiy ish hisoblanadi.
Essening tuzilishi
Kirish
Kirish – mavzuni mantiqiy va uslubiy jihatdan bog‘lab oydinlashtirish. Bu bosqichda qalamga olingan mavzuni yoritish uchun savolni to‘g‘ri qo‘yish muhim.
Tezis qo‘yish essening eng muhim shartlaridan biridir. Tezis – essening kaliti. Kaliti topilmasa, essening asosiy maqsadiga yetish qiyin. Tezis – muallifning shaxsiy nuqtayi nazarini bildirib, u asosiy qismda isbotlanadigan fikrni yo‘naltiruvchi g‘oya hisoblanadi. Tezis essening kirish qismida yoziladi.

Asosiy qism


Asosiy bo‘lim – mavzuning nazariy asosi va savolning mazmunini bayon etuvchi bo‘lim. Bunda mavzuga mos barcha bilimlar, asosiy fikr va muammoga bog‘liq dalil va faktlar jamlangan bo‘lib, unda dalillar, xabarlar, turli statistik ma’lumotlardan foydalanib, mavzu yoritiladi, ko‘tarilgan muammoning kelib chiqish sabablari oydinlashtiriladi.


Dalillar – o‘quvchi tomonidan aytilgan fikrni isbotlash uchun keltiriladigan ko‘chirma (maqol, sitata, hikmatli so‘z, rivoyat, she’riy parchalar va h.k.). Qo‘yilgan tezisga kamida ikkitadan dalillar keltirilishi kerak.
Asosiy qismni yoritish uchun kerakli ma’lumotlarni keltirish jarayonida qo‘yilayotgan masalaga o‘quvchining shaxsiy munosabatini bildiruvchi, shuning bilan birga, menimcha, mening fikrimcha, birinchidan, ikkinchidan, shu kabi, demak, biroq, unday bo‘lsa kabi kirish so‘zlardan foydalanish o‘rinli bo‘ladi.

Xulosa



Xulosa – mavzu bo‘yicha chiqariladigan yakuniy jumlalar bo‘lib, unda yangi fikr-mulohazalar bildirilmaydi, balki dalillarga suyangan holda yakun chiqarilib, uni yechish yo‘llari ko‘rsatiladi. Essening yakuniy qismida asosiy qismda berilgan muammoning yechimi tasdiqlanadi va mazmunning mohiyati ochiladi, ya’ni «Esse boshida ko‘tarilgan masala bo‘yicha nima deyish mumkin?» degan savolga aniq va tushunarli javob tarzida yozilishi kerak. Xulosa qismida quyidagi kirish so‘zlardan foydalaniladi: men shunday xulosaga keldimki.., qisqasi, asosiy fikrim shuki.., xulosa qilib aytganda... va boshqalar.

Download 24,24 Kb.
1   2   3




Download 24,24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mustaqil ta’lim: Esse yozish. Mazkur topshiriqqa maksimal 4ball beriladi

Download 24,24 Kb.