3. Fotoelektronika




Download 258 Kb.
bet1/5
Sana28.04.2022
Hajmi258 Kb.
#20406
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-20 Fotoelektronika
ТАВСИФ кредит махалла, Shakllantirish. Reja kirish, Bozor infratuzilmasi, uning asosiy sohalari va unsurlari, Пўлатни маркаларга бўлиниши, Xristianlik falsafasi, oqim va mazhablari, O’zbekistonning va jahon hamjamiyati, FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR, Egiluvchi va siqiluvchi metall konstruksiyalari, O\'yin maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi faoliyati sifatida, YOG\'OCH MATERIALLARINING LUB QATLAMINING VAZIFASI, Mavzu Ipni cho‘zish, qo‘shish, piltalash va piliklash jarayoni, 2NAMUNA-, O‘zbekiston va jahon hamjamiyati. O‘zbekistonning tinchliksevar , ozbekistonning-eng-yangi-tarixi

3. Fotoelektronika
3.1. Fotoelektron asboblar
Yoruglik energiyasini elektr energiyasiga o‘zgartiruvchi elektron as- boblarga fotoelektron asboblar deyiladi. Fotoelektron asboblar yorug‘lik nurlarini qabul qiluvchi yarimo‘tkazgichli asboblardir. O‘tkazgich sirtiga tushayotgan yorug‘lik nurlarining energiyasi ta’sirida yarimo‘tkazgich kristallida hosil bo‘lgan erkin elektronlar yarimo‘tkazgichning o‘tkazuv- chanligini oshiradi yoki elektr yurituvchi kuch (foto EYUK) hosil qiladi. Bunday hodisaga ichki fotoeffekt hodisasi deyiladi. Tashqi fotoeffekt ho- disasida yorug‘lik nurlari ta’sirida qattiq jism sirtidan elektronlar emissi- yasi hosil boladi. Ichki fotoeffekt faqat yarimo‘tkazgich va dielektriklarda, tashqi fotoeffekt esa yuqoridagilardan tashqari metallarda ham sodir boladi. Fotoqarshiliklar, fotodiodlar, fototranzistorlar va fototiristorlarning ishlashi ichki fotoeffektga asoslangandir. Bunday fotoelektron asboblar- ning xususiyatlari ularning yorug‘lik va elektr kattaliklarini o‘zaro bog‘lovchi xarakteristika va parametrlari bilan tavsiflanadi.
Ularning quyidagi xarakteristikalari bor:

  1. Yorug‘lik xarakteristikasi –

I f f E , bu yerda If - o‘tkazgichdagi
elektron va teshiklar hisobiga hosil bo‘lgan fototok (mA, mkA); E - yoritilganlik (lyuks). Yoritilganlik E yorug‘lik oqimi F va yorug‘lik nurlari tushayotgan F yuza S orqali aniqlanadi.
Demak, yorug‘lik xarakteristikasi fotoasbob toki qiymatini unga tushayotgan yorug‘lik oqimi (yoki yoritilganlik) qiymatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi.

  1. Spektral xarakteristika – If = f(k), bu yerda If – fototok (mA, mkA);

If - yorug‘lik nurlarining (oqim to‘lqinining yoki fotonlarning) intensivligi, ya’ni yorug‘lik to‘lqinlarining uzunligi (mkM).
Ushbu xarakteristika fotoasbob toki qiymatining unga tushayotgan yorug‘lik to‘lqinining uzunligiga (yoki chastotasiga) bog‘liqligini
ko‘rsatadi, chunki turli xildagi qattiq jismlar turli uzunlikdagi yorug‘lik nurlari ta’sirida tok o‘tkazadi.

  1. Volt-amper xarakteristikasi – I f k Ua , bu yerda I - fototok (mA,

mkA); Ua - fotoasbobga berilayotgan tashqi manba kuchlanishi (V).
Bu xarakteristika fotoasbob toki qiymatining unga berilayotgan tashqi manba kuchlanishi miqdoriga bog‘ liqligini ko‘rsatadi.
Fotoelektron asboblarning quyidagi parametrlari bor:

  1. Integral sezgirligi – k= If / Ua, bu yerda If - fototok (mA, mkA);

F - yorug‘lik oqimi (Im).
Bu parametr fotoasbobdagi fototokning ma’lum miqdori hosil bo‘lishi uchun kerak bo‘ladigan yorug‘lik oqimi miqdorini ko‘rsatadi.

  1. Qorong‘ilik qarshiligi-RT (kOm). Bu parametr foto asbobning yorug‘lik tushmagan holdagi qarshiligi miqdorini ko‘rsatadi.

  2. Ish kuchlanish - Ua (B). Bu parametr fotoasbobga tashqi manbadan beriladigan kuchlanish miqdorini ko‘rsatadi.

Fotoelektron asboblarning xarakteristika va parametrlari barcha yarimo‘tkazgichli asboblar kabi tashqi harorat o‘zgarishiga bog‘liqdir.

Download 258 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 258 Kb.