• Fototranzistorlar.
  • Fototiristorlar
  • 3. Fotoelektronika




    Download 258 Kb.
    bet2/5
    Sana28.04.2022
    Hajmi258 Kb.
    #20406
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    3-20 Fotoelektronika
    ТАВСИФ кредит махалла, Shakllantirish. Reja kirish, Bozor infratuzilmasi, uning asosiy sohalari va unsurlari, Пўлатни маркаларга бўлиниши, Xristianlik falsafasi, oqim va mazhablari, O’zbekistonning va jahon hamjamiyati, FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR, Egiluvchi va siqiluvchi metall konstruksiyalari, O\'yin maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi faoliyati sifatida, YOG\'OCH MATERIALLARINING LUB QATLAMINING VAZIFASI, Mavzu Ipni cho‘zish, qo‘shish, piltalash va piliklash jarayoni, 2NAMUNA-, O‘zbekiston va jahon hamjamiyati. O‘zbekistonning tinchliksevar , ozbekistonning-eng-yangi-tarixi
    Fotoqarshiliklar. Yorug‘lik ta’sirida qarshiligi o‘zgaradigan yarimo‘t- kazgichli asbobga fotorezistor deyiladi. Fotorezistorning qarshiligi qoron - g‘ilikda katta, yorug‘lik tushganda esa kichikdir. Fotorezistorlar dielektrik asos ustiga yuritilgan turli shakldagi yarimo‘tkazgichli plenka yoki plastina bolib, undan ikkita metal kontakti chiqarilgan. Ular asosan sulfid-kadmiy, selen-kadmiy, sulfid-qo‘rg‘oshin kabi materiallardan tayyorlanadi.
    Fotorezistorlarning shartli belgisi; yorug‘lik, spektral va volt-amper xarakteristikalari 3.1-rasmda keltirilgan (FQ - fotoqarshilik nomi).



      1. b) c) d)

    3.1-rasm. Fotoqarshilikning shartli belgisi (a) va uning yorug‘lik (b), spektral (c) hamda volt- amper (d) xarakteristikalari

    3.2-rasm. Fototranzistorning shartli belgisi (a) va uning ekvivalent (b), ulanish (v) sxemalari hamda chiqishi (g)


    3.3-rasm. Yorug‘lik diodining shartli belgisi


    3.4-rasm. Fototranzistorning shartli belgisi (a), ulanish sxemasi (b) va volt-amper (v) xarakteristikasi


    Fototranzistorlar. Ikki p-n o‘tishli va ikki elektrodli, yorug‘lik ta’sirida hosil bo‘lgan kichik qiymatli baza toki (fototok) yordamida katta qiymatli kollektor tokini boshqaruvchi yarimotkazgichli asbob fototranzistor deyiladi. Fototranzistorning konstruktiv tuzilishi bipolyar tranzistornikiga o‘xshash bo‘lib, faqat baza elektrodini yo‘qligi bilan farq qiladi. Fototranzistorlarga tashqi kuchlanish manbai ulanganda kollektor- baza o‘tish teskari, baza-emitter o‘tish esa to‘g‘ri kuchlanish ostida bo‘ladi. Baza elektrodi bo‘lmagani uchun kirish zanjiri sifatida fotodiod vazifasini bajaruvchi kollektor-baza o‘tish ishlatiladi.
    Fototranzistorlarning shartli belgisi, ekvivalent va ishlatish sxemalari hamda chiqish xarakteristikalari 3.2-rasmda ko‘rsatilgan.
    Fototranzistorning afzalligi - yuqori sezgirligi, kamchiligi esa ishlash tezligini pastligi va parametrlarini haroratga kuchli bog‘liqligidir.
    Fototiristorlar Uch p-n o‘tishli va ikki elektrodli, yorug‘lik ta’sirida boshqariladigan (ochilib-yopiladigan) yarimo‘tkazgichli asbob fototiristor deyiladi. Fototiristorning konstruktiv tuzilishi shundayki, yorug‘lik oqimi uning o‘rtadagi ikkala sohasiga (bazasiga) tushadi. Fototiristorni ochilishi boshqarish elektrodining tokini hosil qiladigan yorug‘lik oqimining qiymatiga bog‘liqdir.
    Fototiristorning shartli belgisi, ulanish sxemasi va volt-amper xarakte- ristikasi 3.3-rasmda keltirilgan. Fototiristorlarda yorug‘lik oqimi tushish vaqtini o‘zgartirib uning ochilish onini (momentini) boshqarish mumkin.

    Download 258 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 258 Kb.