Lyuminessentli indikatorlar




Download 258 Kb.
bet4/5
Sana28.04.2022
Hajmi258 Kb.
#20406
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-20 Fotoelektronika
ТАВСИФ кредит махалла, Shakllantirish. Reja kirish, Bozor infratuzilmasi, uning asosiy sohalari va unsurlari, Пўлатни маркаларга бўлиниши, Xristianlik falsafasi, oqim va mazhablari, O’zbekistonning va jahon hamjamiyati, FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR, Egiluvchi va siqiluvchi metall konstruksiyalari, O\'yin maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi faoliyati sifatida, YOG\'OCH MATERIALLARINING LUB QATLAMINING VAZIFASI, Mavzu Ipni cho‘zish, qo‘shish, piltalash va piliklash jarayoni, 2NAMUNA-, O‘zbekiston va jahon hamjamiyati. O‘zbekistonning tinchliksevar , ozbekistonning-eng-yangi-tarixi
Lyuminessentli indikatorlar. Lyuminessentli indikatorlarning ishlashi o‘zgaruvchan elektr maydoni ta’sirida segment shaklidagi metallga qoplangan lyuminaforning o‘tish hodisasidagi elektro-lyuminessentsiyaga (yuqori kuchlanishli elektr maydoni ta’sirida yarim o‘tkazgichlarning yorug‘lik nurlarini tarqatib o‘tkazuvchanligini oshishi) asoslangandir.
Elektro-luminessentli indikatorga tuzilishi 3.4-rasmda ko‘rsatilgan elektro-luminessentli kondensator misol bo‘ladi. Yorug‘lik tarqatuvchi poroshokli lyuminafor (1) dielektrik bilan organik bog‘langan moddadir. Lyuminafor dielektrikli (2) va metall (5) elektrodlar orasiga joylashgan va bu elektrodlarga lyuminafomi nurlantiruvchi, ya’ni teshuvchi kuchli elektr kuchlanish beriladi. Segment shaklidagi kondensatorning mexanik chidamliligini oshirish uchun kondensator tiniq bo‘lmagan (3) va tiniq bo‘lgan (4) plastinalar orasiga joylashtirilgan. Bunday segment ko‘rinishidagi kondensatorlardan raqam, harf va belgi shakllari aks ettiruvchi indikator tayyorlanadi.
Elektro-luminessentli indikatorlar 220V kuchlanishli elektr tarmog‘idan reklama qurilmalarida ishlatiladi.
Yarimo‘tkazgichli indikatorlar Yarimo‘tkazgichli indikatorlarning ishlashi p-n o‘tishda sodir bo‘ladigan jarayonlarga, ya’ni yorug‘lik diodlaridan to‘gri tok o‘tganda ulami yorug‘lik tarqatish hodisasiga asoslangandir. Hozirgi vaqtda turli xildagi va turli ko‘rinishdagi yorug‘lik diodlari bor. Oddiy ko‘rinishdagi diodlar asosida matrisa ekranidan tashkil topgan belgilar ko‘rinishidagi indikator (3.5,a-rasm) va segmentlardan tashkil topgan belgilar ko‘rinishdagi indikator (3.5,b-rasm) yaratilgan bo‘lib, ular yordamida barcha raqam va harflarni aks ettirish mumkin.
Yarimo‘tkazgichli indikatorlar tashqi manba kuchlanishining kichik qiy- matlariga (1,5-3V) va alohida yorug‘lik diodlari yoki segmentlaridan o‘tadi- gan kichik tok qiymatlariga (2-30mA) egadirlar. Shuning uchun yarimo‘t- kazgichli indikatorlar kichik hajmli ko‘chma elektron qurilmalarda ishlatiladi.

Download 258 Kb.
1   2   3   4   5




Download 258 Kb.