|
Ishlab chiqarish muhitida mikroiqlimni inson organizmiga ta’siri
|
bet | 2/2 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 18,09 Kb. | | #251978 |
Bog'liq 3. Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya-www.hozir.org3.2. Ishlab chiqarish muhitida mikroiqlimni inson organizmiga ta’siri
Odam umrining ko‘p vaqtini mehnat egallaydi, agar inson ish faoliyatida o‘rnatilgan barcha tartib – qoidalarga rioya qilmasa, bu o‘z navbatida, inson mehnat faoliyatiga va sog'ligiga jiddiy ta ’sir ko‘rsatishi mumkin. Ishlab chiqarish sharoiti – bu insonni o‘rab turgan atrof muhitning bir qismini tashkil qilib, uning tarkibiga tabiat – iqlimga bog‘liq bo‘lgan hamda insonning kasbiy faoliyatiga ta'sir etuvchi xavfli va zararli omillar (shovqin, silkinish, zaharli tutunlar, gazlar, changlar, nurlanishlar va hokazo) kiradi.
Xavfli omillar deganda – muayyan bir sharoitda inson soglig‘iga zarar keltirishi yoki organizmni halokatga olib kelishi tushiniladi.
Zararli omillar esa – insonning ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi yoki biror – bir kasallikka olib keluvchi holat tushuniladi. Ish sharoitida ishning qandayligiga va ish joyining qanday tashkil etilganligiga bog‘liq.
Xavfli va zararli omillaming ta’sir xususiyatlari ulaming tarkibiga, tuzilishiga, fizik – kimyoviy xossalariga, miqdoriga, inson tana a’zolariga ta ’sir etish yo‘llariga, holatiga, uchuvchanligiga, suvda, yog‘da eruvchanligiga va boshqa ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Aksariyat xavfli omillarga – ishlab chiqarishdagi zaharli kimyoviy, biologik moddalar, ionlantirish xususiytiga ega bo‘lgan nurlar va boshqa kuchli ta’sir etuvchi kuchlar kiradi. Zaharli kimyoviy moddalarning yo‘l qo‘yiladigan oxirgi darajasidan (YQOD) yuqori miqdorda, yoki biologik xavfli ta’sirlarning (patogen mikroorganizmlarning) inson tanasiga o‘tishi natijasida kuchli kimyoviy,
yoki biologik zaharlanish yuz berib, insonning o‘limiga olib keladi. Shuningdek, ionlantirish xususiytiga ega bo‘lgan nurlaming yuqori miqdordagi do‘zasi ta ’sirida ham inson hayoti xavf ostida qoladi.
Zaharli omillarga – ishlab chiqarishdagi changlar. tutunlar, gazlar, bug‘lar, yo‘l qo‘yiladigan oxirgi darajadan (YQOD) yuqori qiymatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik me’yorlari, shovqinlar, titrashlar, yoritilganlik, elektr va magnit maydonlari va boshqa ta’sirlar kiradi. Zaharli omillarning inson tana a’zolariga o‘z – o‘zidan o‘tishi yoki ta’sir etishi va tanada yig‘ilishi natijasilda kasb kasalliklari kelib chiqadi.
Xavfli va zararli omillar ta’siridagi zararlar deb, ish unumdorligining pasayishi, zaharlanish va kasb kasalliklarining paydo boMishi, kasallanishning ortib ketishi hamda vaqtinchalik mehnat faoliyatining yo‘qotilishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishiga aytiladi. Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar 4 guruhga bo‘linadi (ГОСТ 12.0.003 – 83 – Xavfli va zararli ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari tasnifi):
1. Fizikaviy.
2. Kimyoviy.
3. Biologik.
4. Psixofiziologik.
Ishlab chiqarishdagi zararlar deb, ish unumdorligining pasayishi, zaharlanish va kasalliklaming paydo bo‘lishi, kasallanishning ortib ketishi va vaqtinchalik mehnat faoliyatining yo‘qotilishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishiga aytiladi.
Fan va texnika taraqqiyot yutuqlarining keng sur’atlarda mehnat faoliyatida qo‘llanilishi inson mehnat faoliyatining hamda ishlab chiqarish muhitining o‘zgarishiga olib keladi. Shu bilan birga bunday mehnat insonning iqtisodiy, sotsial va ilmiy salohiyatining oshishiga hamda uning har tomonlama barkamol rivojlanishiga o ‘z ta'sirini ko‘rsatadi.
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish zonalari (texnosfera) havo muhiti quyidagi ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi:
– havo harorati, °C;
– havoning nisbiy namligi, %;
– havo bosimi, mm. simob ust. yoki Pa;
– havo harorati yo‘nalishi, m/c bilan aniqlanadi.
Organizmning issiqlik boshqarilishi fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida tana haroratining bir xil chegarada (36 – 37, 6°C) saqlab turish demakdir. Tana haroratining ko‘rsatilgan darajadan ortib ketishini «issiqlash», sovushini esa «sovish» deb ataladi. Issiqlash va sovush mehanat faoliyatini buzuvchi halokatli holatni vujudga keltirishi mumkin. Shu sababdan ham inson organizmining tashqi muhit bilan moslashuvi (fiziologik mexanizmi) markaziy nerv sistemasining nazorati ostida bo‘ladi. Bunday fiziologik mexanizmning asosiy vazifasi organizmda modda almashuvi natijasida issiqlikning ortiqchasini tashqariga chiqarib, issiqlik balansini ushlab turadi.
Normal sharoitda kuchsiz havo harorati bo‘lgan holda harakatsiz odam organizmi infraqizil nurlanishi orqali organizm ishlab chiqargan issiqlikning 45%, konveksiya orqali 30% va terlash orqali 25% ni yo‘qotishi mumkin. Infraqizil nurlanish va konveksiya orqali issiqlikni yo‘qotish faqat tashqi muhit harorati tana haroratidan past bo‘lgan hollarda bo‘lishi mumkin. Shuni qayd qilish kerakki tashqi muhit harorati qancha kam bo‘lsa, issiqlik yo‘qotish shuncha kuchli bo‘ladi. Agar tashqi muhit harorati tana haroratidan yuqori yoki teng bo‘lsa, u holda issiqlik ajralish terlab bug‘lanish hisobiga bo‘ladi.. Organizmdan chiqadigan terning miqdori tashqi muhit haroratiga va bajarilayotgan ish turiga bog'liq. Jumladan: harakatsiz organizmda tashqi muhit harorati 15°C bo‘lsa, terlash juda kam miqdomi (soatiga 30 ml) tashkil etadi, harorat yuqori bo‘lsa (30°C va undan yuqori), ayniqsa, og‘ir mehnat ishlarni bajarganda organizmning terlashi juda ortib ketadi. Terning bug‘lanishi havoning harakatiga va nisbiy namligiga, kiygan kiyimning materialiga bog'liq. Agar issiqlik yo‘qotilishi faqat terlash orqali amalga oshirilayotgan sharoitda havoning nisbiy namligi 75 – 80% dan ortiq bo‘lsa, terning bug‘lanishi qiyinlashadi va organizmning tashqi muhitga moslashuvi buzilib, organizmda issiqlik ko‘tariladi. Kuchsiz issiqlik ko‘tarilishi tana haroratining yengil ko‘tarilishi, haddan tashqari ter chiqishi, sovuq qotish, nafas olish va qon tomirlar urushining tezlashishi bilan xarakterlanadi. Agar kuchli issiqlash yuz bersa, unda nafas olish qiyinlashadi, qattiq bosh og‘rig‘i kuzatiladi, bosh aylanadi, nutq qiyinlashadi. Inson tanasida issiqlik ko‘tarilishi uning terlashi orqali ko‘p miqdorda kerakli tuzlarning kamayishiga olib keladi. Bu holatda teri hujayralaridagi tuz miqdorining kamayishi, terining namlikni (suvini) ushlab turish xususiyatining susayishiga olib keladi. Bunda inson organizmi tinmay ichilayotgan suvni chiqarib yuborib, kuchli chanqoqlikni keltirib chiqaradi. Bu esa organizmning suv bilan zaharlanishiga olib keladi. Bunday holatlarda organizm paylarida qaltirashlar paydo bo‘lishi, qonning quyuqlashishi va kuchli terlash hamda tana haroratining 40 – 41°C ga ko‘tarilishi kuzatiladi.
Qaltirash kasalligi va tana harorati ko‘tarilishining oldi olinmasa, o‘lim bilan yakunlanishi mumkin. Shuning uchun ishlab chiqarish korxonafarida tashkil qilinayotgan gigiyenik shart – sharoitlar yuqoridagi qaltirash va issiqlik urish kasalliklarining oldini oladi. Yuqori haroratli ishlab chiqarish tarmoqlarida aynan organizm yo‘qotadigan tuzlarni tiklash uchun maxsus ichimliklami tayyorlash (fitobar) tashkil etilgan. Inson organizmiga past haroratli ta’sirlar ham uning fiziologik jarayonlarining buzulishiga, ish qobiliyatining susayishiga va organizmning kasallanishiga olib keladi.
Past harorat ta’sirida qon tomirlari torayadi, uzoq vaqt ta’sir qilishi natijasida qon tomirlari faoliyati buzilib, organizmning sovuq qotishi seziladi. Asab tizimlarining sovuq qotishi natijasida suyak, qo‘l, oyoq va bel bo‘g‘imlarida kuchli og‘riq, o‘pkaga suv yig‘ilishi (plevrit), bronxit va boshqa shomollash bilan bo‘gliq kasalliklar yuzaga keladi. Inson organizmiga sovuqning ta’siri, ayniqsa, havo harakati kuchli bo‘lib, havoning nisbiy namligi yuqori bo‘lgan vaqtda kuchli bo‘ladi. Chunki sovuq haroratdagi nam havo issiqlikni yaxshi o‘tkazadi va konveksiya orqali issiqlik yo‘qotilishini kuchaytiradi.
Me’yorlardagi miqdorlar deganda, odamga uzoq vaqt va doimiy ta’sir qilgan tashqi muhitga moslashishni buzmasdan, organizmning normal faoliyatini va issiqlik holatini (haroratini) saqlaydigan mikroiqlim ko‘rsatkichlari yig'indisi tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasining bir qator ishlab chiqarish obyektlarida
qulay ob – havo sharoitlari yaratilishi natijasida ularga bog'liq bo‘lgan kasb kasalliklarini kamaytirishga erishilgan. Bu ishlarni amalga oshirishda xonalarga issiqlik kirishini va uning ishchilarga ta’sirini kamaytirish, shamollatishning qulay usullarini qo‘llash, mehnat va dam olish rejimlarini muvofiqlashtirish, har xil tarkibli
Ichimlik suvlarini tashkil qilish, ish jarayonlarida foydalaniladigan kiyim – boshlarni mukammallashtirish va boshqa omillar bilan amalga oshiriladi.
Ish jarayonini mexanizatsiyalashtirish va uskuna – jihozlarining zamonaviy (takomillashgan) turlaridan foydalanish orqali ish xonalariga issiqlik kirishini kamaytirishga erishiladi. Masalan, po‘lat quyish sexlarida elektr pechlaridan foydalanish, metallarni mexanizmlar yordamida toblash, metallurgiya pechlarini avtomatlashtirish, issiq mahsuloti ham alohida xonalarda sovutish va boshqa jarayonlarni aytish mumkin. Ikkinchi tomondan, bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalashtirish mehnatni yengillashtiradi, energiya sarflarini kamaytiradi, shu tariqa organizmning issiqlab ketish imkoniyatini kamaytiradi. Jarayonlarni masofadan turib boshqarish ham nurlanish manbayi bilan ishchi o‘rtasidagi masofani uzaytiradi va bu ishchiga ta’sir qiladigan radiatsiya kuchini kamaytiradi.
Uskunalar yuzasini issiqlik chiqishini kamaytiruvchi materiallar bilan qoplash, ishchilarni nur va shu’lalanish issiqligidan muhofaza qiladigan himoya ekranlarining qurilishi ham ijobiy natijalarni beradi. Bunda ekranlar vazifasini issiqlik chiqishini kamaytiruvchi materiallar bilan qoplangan to‘siqlar, pech tuyniklari ichida suv aylanib yuradigan sovutgichli ichi g'ovak uskunalar, suv purkaydigan to‘siqlar, issiq gazlar haroratini kamaytiruvchi to‘siqlar bajarishi mumkin. Jumladan, domna pechlari va ayrim isitadigan pechlar yuzasini oqar suv aylanib yuradigan ichi g‘ovak ekranlar bilan qoplash ish maydonchasidan havo haroratini 50°C dan 28 – 30°C gacha pasaytirishi, infraqizil nurlanishni ham bartaraf etishga erishiladi. Xonalardagi ortiqcha issiqlikni yo‘qotishda shamollatish ham muhim rol o‘ynaydi. Ayrim ish joylari va zonalarida normal mikroiqlimni vujudga keltirish uchun havo dushlari tashkil qilinadi. Shu asnoda qator ishlab chiqarish korxonalarida havoni mo‘tadillashtirish (shamollatish)dan keng foydalaniladi.
Mehnat qilish va dam olishning oqilona rejimini tashkil qilish uchun, ish kununi qisqartirish, qo‘shimcha tanaffuslar joriy etish, samarali hordiq chiqarish uchun sharoitlar yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu borada mamlakatimizda yuqori haroratli sexlardagi ko‘pgina kasblar uchun 6 soatli ish kuni belgilangan. Bunda ishni o 'z vaqtida boshlash, ko‘p smenali ishlarda esa issiq davrni (soat 12 dan – 16 gacha) smenalar o‘rtasida bir me’yorda taqsimlash lozim. Qo‘shimcha tanaffuslarni (tushlik tanaffusidan tashqari) necha marta va qancha muddatga tashkil etish fiziologik tekshirishlar asosida belgilanadi. Ulaming davomiyligi toliqish belgilarini yo‘qotishga va tashqi muhitga moslashuv jarayonini me’yorga solishga imkon beradigan bo‘lishi kerak. Dam olish vaqtida ishchi ob – havo sharoitlari normal (18 – 20°C) haroratda dam olish uchun maxsus o‘rindiqlar, stullar, kreslolar bo‘lgan xonada bo‘lishi kerak. Agar alohida xonada dam olish tashkil qilish imkoni bo‘lmasa, ish joylari yaqinida dam olish zonalari tashkil etilib, bunda shamollatish vositalari bilan normal harorat va havo harakati saqlab turiladi.
Kiyim – boshni ho‘llash, suv bilan bog'liq tadbirlar (smena maboynida 2 – 3 marta) organizmdan ortiqcha issiqlikni tez chiqaradigan qo‘shim cha vositalar hisoblanadi. Shu maqsadda ish joylariga yaqin dushxonalar tashkil etiladi. Oqilona ichimlik rejimini tashkil etish organizmdan yo‘qotilgan namlik, tuzlar va darmondorilarning o‘rnini qoplash uchun kerak.
http://hozir.org
|
| |