3-Laboratoriya ishi
VLAN yaratish va sozlash
Ishdan maqsad
: VLAN yaratish va uni sozlash bo‘yicha
amaliy
ko‘nikmalarni hosil qilish.
Nazariy qism
VLAN
(Virtual Local Area Network, virtual local network) - bu
marshrutizatorlar va kommutatorlardagi funksiya bo‘lib, bitta fizik tarmoq
interfeysida (Ethernet, Wi-Fi interfeysi) bir nechta virtual
mahalliy tarmoqlarni
yaratish imkonini beradi. VLAN-lar fizik topologiyadan mustaqil bo‘lgan mantiqiy
tarmoq topologiyasini yaratish uchun ishlatiladi.
VLAN-dan foydalanishga misollar:
- Turli xil kommutatorlarga ulangan kompyuterlarni bitta tarmoqga
birlashtirish.
Aytaylik, sizda turli xil kommutatorlarga
ulangan kompyuterlar bor, lekin
ularni bitta tarmoqga birlashtirish kerak. Biz ba’zi kompyuterlarni VLAN 1 virtual
lokal tarmog‘iga, boshqalarini esa VLAN 2 tarmog‘iga birlashtiramiz. VLAN
funksiyasi tufayli har bir virtual tarmoqdagi kompyuterlar
huddi bir kommutatorga
ulangandek ishlaydi. Turli xil VLAN 1 va VLAN 2 virtual tarmoqlaridagi
kompyuterlar bir-biriga ko‘rinmas bo‘ladi. Turli xil kommutatorlarga ulangan
kompyuterlarni bitta tarmoqga birlashtirish 3.1-rasmda keltirilgan.
3.1- rasm. Turli xil kommutatorlarga bog‘langan kompyuterlarni
bitta tarmoqga
birlashtirish
- Bitta kommutatorga ulangan kompyuterlarni turli quyi tarmoqlarga
ajratish.
3.2-rasmda kompyuterlar fizik bir xil kommutatorga ulangan,
lekin turli
virtual tarmoqlarga bo‘lingan VLAN 1 va VLAN 2. Turli virtual quyi
tarmoqlardagi kompyuterlar bir-biriga ko‘rinmas bo‘ladi.
3.2- rasm. Bitta kommutatorga ulangan kompyuterlarni turli quyi tarmoqlarga
ajratish
- Mehmon Wi-Fi tarmog‘i va korxonaning Wi-Fi tarmog‘ini ajratish.
3.3- rasmda bitta Wi-Fi kirish nuqtasi marshrutizatorga (router)
fizik
ulangan.
3.3- rasm. Mehmon Wi-Fi tarmog‘ini va korxonaning Wi-Fi tarmog‘ini
VLAN larga ajratish
Hotspot va Office nomli ikkita virtual Wi-Fi nuqtasi yaratildi. Mehmon
noutbuki Internetga kirish
uchun Wi-Fi orqali HotSpotga, ofis noutbuklari esa
Officega ulanadi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan mehmon noutbuklari korxona
tarmog‘iga kirish imkoniga ega bo‘lmasligi kerak.
Buning uchun korxona
kompyuterlari va Office virtual Wi-Fi nuqtasi VLAN 1 ga birlashtiriladi va
mehmon noutbuklari VLAN 2 da bo‘ladi. VLAN 2 dan mehmon noutbuklari
VLAN 1 korporativ tarmog‘iga kira olmaydi.