3-маъруза. Дастгоҳларнинг асосий қисмларини ишлаб чиқариш технологияси




Download 221.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana14.03.2024
Hajmi221.56 Kb.
#171333
1   2
Bog'liq
4-маъруза
2-ma'ruza (2), Toshkent avtomobil va yo\'llar kasb-hunar kolleji, муд.олдинги ва муд.утган хом, 25 30 апрель қуйи бўғин рахбарлари МО дарс жадвали ХУДУДларга, Abdumalikova Odinaxon..., Faoliyat va uning tuzulishi, титуль, Технические характеристики. Niva Travel, 1, Курс лойихаси бўйича топшириқ БЛАНКА, 2, C tilida bir o\'lchovli, ikki o\'lchovli massivlar., Xushnudbek 1- dedline (wecompress.com), 200 янги тест, Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari va ularning standart talablari
4.2. Moslashuvchanligi. Aniqligi.
Dastgohlarda ishlab chiqariladigan har qanday mahsulot
sifat
ko‘rsatkichlari bilan, ya’ni bu mahsulotning o‘z
vazifasini bajara olishi qobiliyatini belgilaydigan xususiyatlar
majmui
bilan tavsiflanadi. Sifat ko‘rsatkichlari miqdor
jihatdan tavsiflanadi, masalan, sirtlarning g‘adir-budurligi –
profil yo‘nish o‘rtacha arifmetik chetlashishi Rt, mkm,
teshiklar
o‘q chiziqlarining bir-biriga mos kelishi –
o‘qdoshlikdan chetlanish Au, mkm va x.k. bilan tavsiflanadi.
Shunda
mahsulot
sifatining
ayrim
va
kompleks
ko‘rsatkichlaridan ham foydalaniladi. Ayrim ko‘rsatkichlar
mahsulot xususiyatlaridan birini, kompleks ko‘rsatkich esa,
bir necha xususiyatlarini tavsiflaydi.


Mahsulot sifat jihatdan ikki turga: yaroqli va
yaroqsizlarga bo‘linadi: Yaroqli mahsulot sifat
ko‘rsatkichlarining
konkret
qiymatiga
qarab
navlarga
(sifat
kategoriyalariga)
ajratiladi.
Yaroqsiz (brak) mahsulot tuzuk va buzuq holda
bo‘lishi mumkin. Masalan, diametri d eng katta
diametri dmax dan, katta bo‘lgan valik tuzatsa
bo‘ladigan
yaroqsiz
mahsulot
hisoblanadi,
diametri d
min
dan kichik bo‘lgan valik esa, tuzatib
bo‘lmaydigan yaroqsiz mahsulot hisoblanadi.


Mashinasozlikda buyum sifatini hisoblash va tahlil
etish sifat parametrlarining belgilangan o‘lchamdan
chetlanishlari (xatoliklari)ni bu parametrlar uchun
belgilangan joizliklar (dopusklar)ga taqqoslash bilan
bog‘liq. Buyumlarga ishlov berish aniqligi asosan
dastgohlarning
aniqligiga
bog‘liq. Dastgohlarning
aniqligi ularning geometrik va kinematik aniqligiga,
bikrligi va tebranishga chidamliligi (issiqbardoshliligi,
ma’lum holatga (pozitsiyaga) o‘rnatish aniqligiga
bog‘liq.


Dastgohlarning geometrik aniqligi undagi asosiy uzellarning
o‘zaro joylashishidagi jami chetlashishlar miqdori bilan aniqlanadi
va u detallarning tayyorlanish aniqligiga, shuningdek ularni
o‘rnatish (yig‘ish) va uzellarni sozlash aniqligiga bog‘liq. Asosiy
uzellarning o‘zaro joylashishidagi chetlanishlar tekshiriladi, yangi
dastgohlarni o‘rnatishda va ularni ishlatish davrida vaqt-vaqti bilan
joizliklarga taqqoslab turiladi.
Dastgohlarning kinematik aniqligi ish bajaruvchi organlar
harakati
ko‘rsatkichlarini muvofiqlovchi kinematik zanjirlar
sifatida xizmat qiladi, kinematik aniqlik tish ochish, rezba ochish
va murakkab konturli ishlov beradigan boshqa dastgohlar uchun
muhim ahamiyatga ega. Kinematik juftlarni tayyorlashdagi va
o‘rnatishdagi
noaniqliklar
sababli
kinematik
zanjirlardagi
xatoliklar
ish
bajaruvchi
organlarning
muvofiqlashgan
harakatlarini buzilishga olib keladi, pirovardida esa ishlov
beriladigan sirt shakli buziladi.


Dastgohning bikrligi uning ishlov berish jarayonida
paydo bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydigan yoki
o‘zgaradigan kuchlar ta’sirida elastik ko‘chishlarning
sodir bo‘lishiga qarshilik ko‘rsata olishlik xususiyatini
tavsiflaydi.
“Dastgoh-moslama-asbob-detal”
sistemasining
umumiy bikrligi shunday bo‘lishi kerakki, asbob bilan
zagotovka o‘rtasidagi elastik kuchishlar hosil qilinadigan
o‘lcham yo‘nalishida bo‘lib, topshirishdagi chegaralarda
joylashishi
lozim.
Ko‘chishlar
chegarasi
ishlov
berishdagi talab etilgan aniqlikka qarab belgilanadi. Bu
shart bajarilmaganda sistemadagi bikrligi past uzelni
topish va bikrlikni oshirish tadbirlarini ko‘rish zarur.


Dastgohlarning tebranishga chidamliligi ularning dinamik
sifati bo‘lib, turli kuchlar ta’sirida tebranishlarning paydo
bo‘lishiga qarshilik ko‘rsata olish qobiliyatini tavsiflaydi.
Ishlov
berish
jarayonida
sodir
bo‘ladigan tebranishlar
dastgohlarning ishlov berish aniqligini va ish unumini
pasaytiradi.
Ayniqsa,
asbobning
zagotovkaga
nisbatan
tebranishi xavfli bo‘ladi.
Tebranishlarni
keltirib
chiqaruvchi
manbalarning
xarakteriga
qarab
majburiy,
parametrik
va
o‘z-o‘zidan
uyg‘onuvchi
tebranishlar
(avtotebranishlar)
bo‘ladi.
Shuningdek, dastgoh uzellari siljiganda, tinch holatdagi va
harakat vaqtidagi ishqalanish koeffitsientlarining tengsizligi
sababli past chastotali ishqalanma tebranishlar ham paydo
bo‘lishi mumkin.


Dastgohlarning elastik sistemasidagi majburiy tebranishlar
vaqt-vaqti bilan o‘zgaruvchi tashqi kuchlar, masalan, yuritmadagi
aylanuvchi zvenolarning muvozanatlanmaganligi sababli paydo
bo‘ladigan markazdan qochma kuch, frezalashdagi kesish
kuchining o‘zgarishi va h.k. ta’sirida sodir bo‘ladi. Majburiy
tebranishlarda rezonans hodisasi juda xavfli bo‘ladi. Bunda
dastgohlar elastik sistemasining xususiy tebranishlari chastotasi
tashqi g‘alayonlanishlarning o‘zgarish chastotasiga tenglashadi.
Parametrik tebranishlar elastik sistema parametrining, aynan
sistema bikrligining vaqt-vaqti bilan o‘zgarishi natijasida sodir
bo‘ladi. Masalan, tebranish tayanchlari va shponka ariqchalari
yasalgan aylanuvchi vallar bikrligi o‘garuvchan bo‘ladi. Parametrik
tebranishlar majburiy tebranishlarga o‘xshaydi.


O‘z-o‘zidan uyg‘onuvchi tebranishlar (avtotebranishlar)
kesish
jarayonining
kechish
xarakteriga
bog‘liq. Bunday
tebranishlar kesish kuchlarining o‘zgaruvchan tashkil etuvchisi
tomonidan qo‘zg‘atib turiladi, holbuki bu kuchlarning o‘zi
barqarorlashgan tebranishlar natijasida sodir bo‘lib, kesish
jarayoni bilan birga yo‘qoladi. Avtotebranishlar dastgohlar
elastik sistemasining xususiy chastotalarining biriga yaqin
chastotada zo‘rayadi. Avtotebranishlarning paydo bo‘lish tabiati
ishlarda batafsil ko‘rib chiqilgan.
Dastgohning tebranishga chidamliligini oshirish uchun
uning vaqt-vaqti bilan g‘alayonlanish manbalarini, rezonans
hodisalarini yo‘qotish, tebranuvchi sistemada tebranishlarni
so‘ndirish, elastik sistema parametrlarini to‘g‘ri tanlab, uning
tebranishlarga
chidamliligini
oshirish,
tebranish
darajasini
avtomatik boshqarish sistemasini qo‘llanish zarur.


Dastgohning issiqbardoshliligi uning tashqi va
ichki
issiqlik
manbalari
ta’sirida
nojoiz
deformatsiyalanishga
qarshilik
ko‘rsata
oluvchanligini
tavsiflovchi
sifat
ko‘rsatkichdir.
Issiqlikning asosiy manbalari elektr va gidravlik
dvigatellar,
kesish
jarayoni,
harakatchan
birikmalardagi ishqalanish, atrof muhitdan iborat.
Baza detallarning, masalan, staninalar, shpindelli
babkalar korpuslarining va h.k. ning issiqlik ta’sirida
deformatsiyalanishi ishlov berish aniqligiga jiddiy
ta’sir
ko‘rsatadi.
Jumladan,
tokarlik
stanogi
staninasining balandligi bo‘yicha notekis qizishi
natijasida egilishi shpindelli va ketingi babkalarning
o‘zaro noto‘g‘ri joylashishiga sabab bo‘ladi.


Issiqlik
ta’sirida
deformatsiyalanishni
kamaytirishga
qaratilgan asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat:
➢ dvigatellar, tayanchlar va uzatmalarda suyuq moylarni
qo‘llanish (suyuk moy dastgohni qo‘shimcha ravishda
sovutadi) yo‘li bilan issiqlikning hosil bo‘lishini kamaytirish;
➢ issiqlik manbalarini zamin detallardan ajralib turishini
ta’minlash (masalan, metall qirindi va moylash-sovitish
suyuqligining
staninaga
tushishiga
yo‘l
qo‘ymaslik),
shuningdek ularni zamin detallardan tashqariga chiqarish,
pretsizion stanokda esa, dastgohdan tashqariga chiqarish
(masalan, gidrostantsiyani dastgohdan tashqarida joylashtirish);
➢ issiqlik ta’sirida deformatsiyalanishni kompensatsiya qiluvchi
avtomatik sistemalarni qo‘llanish;
➢ termokonstant tsexlarni tashkil etish, bunday tsexlarda atrof
muhitning
harorati
doim
birdek
saqlanib,
detallarning
issiqlikdan deformatsiyalanishga ta’siri bo‘lmaydi.


Marketing (inglizcha market — bozor) suzining
asosiy tushunchasiga ko‘ra, maqsadga erishish omillari
quyidagilardan iborat:
➢ bozorlarning ehtiyoji va talablarini aniqlik;
➢ raqiblarnikiga nisbatan samarali va mahsuldor
usullarni ta’minlash.
Tovar ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan har
qanday usul ma’lum bir texnologik sistemada joriy
etilgani uchun bu sistemaning yana bir texnika-iqtisodiy
ko‘rsatkichi – moslanuvchanligi to‘g‘risida ham so‘zlab
o‘tish zarur. Texnologik sistemaning, shu jumladan
dastgohning ham moslanuvchanligisiz yakka va guruh
talablarini samarali hamda mahsulli qondirib bo‘lmaydi.


Texnologik sistemaning moslanuvchanligi
deganda buyumga ishlov berish maqsadlari va
vazifalarini sistemaning strukturasini, tashkil
etilishini, harakat dasturini o‘zgartirish yo‘li
bilan ma’lum chegarada rostlash imkoniyati
tushuniladi.
Dastgohning
moslanuvchanligi
deyilganda
-
dastgohning
boshqa
detalni
tayyorlashga tez qayta moslanish qobiliyati
tushiniladi.
Alohida dastgoh yoki uning sistemasi
uchun
moslanuvchanlik
deyilganda,
uni
quyidagicha tasniflash mumkin.


Ishlab
chiqarishdagi
moslanuvchanlik
dastgohning
uni
loyihalashda mo‘ljallangan barcha detallarning istalganiga ma’lum vaqt
ichida ishlov bera olishi qobiliyatini bildiradi. Mazkur holda har qaysi
turdagi detal datchik yordamida qayd etiladi, ya’ni datchik boshqarish
sistemasiga dastgohning va transport sistemasining ish tsikllarini
navbati bilan shakllantirish, zarur asboblarni ishga solish, qisish
mexanizmlarini, sanoat robotlarining qamragichlarini va sistemaning
boshka elementlarini rostlash to‘g‘risida komanda beradi.
Nomenklaturaning moslanuvchanligi dastgohni ish jarayonida
yangi yoki loyihalash bosqichida ko‘zda tutilmagan takomillashtirilgan
detalga ishlov berishga (ortiqcha o‘zgartirishlarsiz) qayta moslash
imkoniyatini bildiradi. Bunday moslanuvchanlikni amalga oshirish
yo‘llaridan biri dastgohni loyihalayotganda qo‘shimcha yuzalarga
ishlov berish imkoniyatlarini hamda ishlov berish pozitsiyalarini
ta’minlashdan iborat.


Download 221.56 Kb.
1   2




Download 221.56 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3-маъруза. Дастгоҳларнинг асосий қисмларини ишлаб чиқариш технологияси

Download 221.56 Kb.
Pdf ko'rish