• 3. 1. Neft konlarida quduq mahsulotini yig‘ish tizimlari.
  • Tazyiqli Baronyan–Vezirov yig‘ish tizimi.
  • 3.1-rasm. Tazyiqli Baronyan-Vezirov yig‘ish tizimi.
  • 3 Ma’ruza. Neft konlarida quduq mahsulotini yig‘ish tizimlari. Maruza rejasi




    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/5
    Sana29.11.2022
    Hajmi0.64 Mb.
    #32272
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    КНГСЙТТ маруза-3 (1)
    Diyorbek ingiliz tili


    3 Ma’ruza. 
    Neft konlarida quduq mahsulotini yig‘ish tizimlari. 
    Maruza rejasi. 
    3. 1. Neft konlarida quduq mahsulotini yig‘ish tizimlari. 
    3.2. Eski konlarda qo’llanilayotgan neft, gaz, suvni yig’ish va uzatish tizimining 
    afzallklari va kamchiliklari (Ko’kdumaloq koni misolida)

    3. 1. Neft konlarida quduq mahsulotini yig‘ish tizimlari. 
     
    Neft quduqlari mahsuloti neft, gaz va minerallashgan qatlam suvlarining 
    aralashmasini namoyon qiladi. Ko‘pincha neft va suv tabiiy aralashish natijasida 
    emulsiyani hosil qiladi. Bundan tashqari gaz quduqlari mahsuloti tarkibida gazdan 
    tashqari suyuq fazalar tomchi ko‘rinishida va suv bug‘lari bo‘lishi mumkin. 
    Shuningdek, quduq mahsuloti tarkibida gaz va suyuqlikdan tashqari turli xil 
    mexanik aralashmalar: qum va gil zarralari hamda neft tarkibidan ajraladigan qattiq 
    uglevodorodlar – parafinlar bo‘ladi. SHu sababli neft va gazni yig‘ish va jo‘natishga 
    tayyorlash hamda quduqdan chiqayotgan mahsulotni o‘lchash uchun kon hududida 
    quvurlar, apparatlar va qurilmalar sistemasi ko‘riladi. 
    Konda neft va gazni yig‘ish tizimi quduqdan to neft yoki gazni tayyorlash 
    qurilmalarigacha bo’lgan quvurlar, o‘lchov asboblari va yig‘ish punktlarini o‘z 
    ichiga oladi. 
    Quduqlardan kelayotgan neftni yig‘ish va tayyorlashning bir necha tizimlari 
    mavjud. 
    Tazyiqli Baronyan–Vezirov yig‘ish tizimi. 1946 yilda bakulik muhandislar 
    tomonidan yaratilgan bu tizim birinchi yopiq holda ishlagan neft yig‘ish va 
    tayyorlash tizimi bo‘lib hisoblanadi (3.1-rasm). 



    3.1-rasm. Tazyiqli Baronyan-Vezirov yig‘ish tizimi. 
    Bu tizimda neftni yig‘ish uchun quduqlar (1,12,13) ustidagi bosim 0,5-0,6 MPa 
    atrofida saqlanib to‘rilishi kerak. Bunday bosim neftni boshlang‘ich yig‘ish va 
    o‘lchash punktlaridagi ulchov asbobiga va undan keyin esa neftni tayyorlash 
    uskunalarigacha yetib borishini ta’minlaydi. 
    Agar quduqlar ustidagi bosim 0,6 MPa dan oshiq bo‘lgan hollarda quduq 
    oldida mahsus gaz ajratgichlar (2) o‘rnatiladi va neftdagi erigan gaz ajratib olinib va 
    yig‘ish tizimiga yo‘naltiriladi.
    Neft quduqlardan chiqib yo‘naltiruvchi quvurlar orqali o‘lchash asbobiga (3) 
    yetib keladi. Bu yerda har bir quduq mahsulot miqdori navbati bilan o‘lchanadi. Bir 
    ulchov asbobiga yettitagacha quduq ulanishi mumkin. O‘lchov asbobidan keyin 
    ajratilgan gaz maxsus ajratgichga (5) yuborilib, u yerdan 0,1 MPa bosimgacha 
    gazdan neft tomchilari ajratib olinadi va gaz quritgichga yo‘naltiriladi. Bu yerda 
    gaz quritilib, tozalangandan so’ng yuqori bosimli kompressorlar(11)ga uzatiladi. 
    Kompressorlarda gaz yuqori bosimgacha siqiladi va gazdagi kondensatni ajratib 
    olish uchun yana bir gaz-ajratgich(10) ga yo‘naltiriladi. Bu yerdan chiqqan tuliq 
    tozalangan gaz GKIZ (gazni qayta ishlash zavodi) ga yoki gazlift usulida ishlovchi 
    quduqlar(13)ga yuboriladi. 
    O‘lchov asboblaridan chiqqan neft tindirgichlar(6)ga yo‘naltiriladi. Bu 
    tindirgichlarda neftdan suv va qattiq moddalar (qum zarrachalari) ajratib olinadi. 
    Tozalangan neft katta hajmdagi maxsus saqlagichlar(7)ga yuboriladi. Tayyor 
    mahsulot holidagi neft saqlagichlardan neftni qayta ishlash zavodiga yoki temir 



    yo’ldagi neft quyish estakadalariga neft quvurlari orqali nasos stansiyasi yordamida 
    haydaladi. 
    Tindirgichlardan ajratib olingan suv va qum birgalikda qum ajratgich(8)ga 
    kelib tushadi. Bu yerda qum suvdan ajratib olinadi, suvni maxsus suv yig‘iladigan 
    hovuzlarga jo‘natiladi. U yerda suv yuzida yig‘ilgan neft nasoslar orqali tortib olinib 
    tindirgichlarga yuboriladi. 
    Tazyiqli Baronyan-Vezirov yig‘ish tizimi Ozarbayjon, Turkmaniston kabi 
    davlatlardagi konlarda hozirgi kungacha saqlanib qolgan. 

    Download 0.64 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3 Ma’ruza. Neft konlarida quduq mahsulotini yig‘ish tizimlari. Maruza rejasi

    Download 0.64 Mb.
    Pdf ko'rish