• 1. Zamonaviy kompyuterlarning asosiy tavsiflari. Kompyuter
  • 3-Mavzu: Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalari Reja




    Download 447.6 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/9
    Sana07.09.2022
    Hajmi447.6 Kb.
    #25667
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    ma`ruza-3
    Turar joy va jamoat binolarini loyihalashning tipologik asoslari, ЛИРА версия 9, qurilish mexanikasi


    3-Mavzu: Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalari 
    Reja: 
    1. Zamonaviy kompyuterlarning asosiy tavsiflari. 
    2. Periferik qurilmalar. 
    3. Kompyuter tarmoqlari.
     
    Tayanch so’zlar: Super kompyuterlar, katta kompyuterlar, mini kompyuterlar, shaxsiy 
    kompyuterlar, sistema blok, mikroprotsessor, tezkor xotira, doimiy xotira, kesh xotira
    videoxotira, shinalar, tashqi xotira, qattiq disk, videoadapter, klaviatura, matritsali printerlar, 
    oqimli printerlar, skanerlar, monipulyatorlar. 
    1. Zamonaviy kompyuterlarning asosiy tavsiflari. 
    Kompyuter – inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. U hozirda faqat hisoblovchi 
    bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Uning 
    asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iboratdir. Avvalo shuni aytish lozimki
    ko`pchilikning tushunchasida go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter 
    bor, xolos. Bunga, albatta, sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari, 
    ilgargi universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib 
    ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan, ko`p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar 
    foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, 
    analogli (uzluksiz), raqamli – analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar 
    foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa 
    ko`rsatkichlari yuqori bo`lgani uchun ular ko`proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir 
    rivojlangan mamlakatda kompyuterlarning besh guruhi keng qo`llanilmoqda. 
    A computer is a general purpose device that can be programmed to carry out a set of 
    arithmetic or logical operations automatically. Since a sequence of operations can be readily 
    changed, the computer can solve more than one kind of problem. 
    Conventionally, a computer consists of at least one processing element, typically a central 
    processing unit (CPU), and some form of memory. The processing element carries out arithmetic 
    and logic operations, and a sequencing and control unit can change the order of operations in 
    response to stored information. Peripheral devices allow information to be retrieved from an 
    external source, and the result of operations saved and retrieved.
    1
     
    Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, 
    ma’lumotlarning razryad to`rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab besh guruhga bo`lish 
    mumkin: 
     super kompyuterlar (Super Computer); 
     katta kompyuterlar (Manframe Computer); 
     mini kompyuterlar (Minicomputer); 
     shaxsiy kompyuterlar (PC - Personal Computer); 
     bloknot kompyuterlar (Notebook). 

    Download 447.6 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 447.6 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Mavzu: Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalari Reja

    Download 447.6 Kb.
    Pdf ko'rish