• Rastrli grafikada
  • 3-Mavzu: Fanning turlari Kompyuter grafikasining turlari, uning turkumlari va har xil ko‘rinishlari




    Download 25.75 Kb.
    bet1/6
    Sana02.03.2023
    Hajmi25.75 Kb.
    #44021
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Injenerlik grafikasi-chizma chilik,proektlash, konstryktor lik ishlarini avtomatlash tirish.
    Qimmatli qog\'ozlar, Bozor iqtisodiyotining, Pandimiya oqibatlarini bartaraf etishda O’zbekistonning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish yollari, 7-guruh Mavzu Internet tarmog’ida saqlanayotgan axborot resurslari x, 17-14 guruh Texnalogik xarita, 1-ma\'ruza. Jismoniy tarbiya mashg\'ulotlarini tashkil qilish shak, Зулпонова С, Kitobxon formulari, wouldlike, kurs ishi yevropa.doc 2, Davlat maqsadli jamg\'armalarining turlari, tashkiliy huquqiy asoslari, daromadlari va xarajatlari , 1-2 mustaqil ish Kilichov Signallar tayyor, Kutubxonachilik ishining nazariyasi va tarixi (A.Kormilisin, M.Rasulov, S.Davlatov), M1MUQOBIL

    3-Mavzu: Fanning turlari


    Kompyuter grafikasining turlari, uning turkumlari va har xil ko‘rinishlari

    Kompyuter grafikasi uch turga bo‘linadi: rastrli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog‘ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi.


    Rastrli grafikada tasvir nuqtalar (qog‘ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) yordamida hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko‘p bo‘lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, grafik va hokazolar shuncha aniq ko‘rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning ruxsat etish qobiliyati tushunchasi kiritilgan bo‘lib, unda gorizontal va vertikal yo‘nalishlardagi nuqtalat soni muhim ahamiyatga ega va u ekranning ruxsat etish imkoniyati deyiladi. Odatda, bunday ko‘rsatkich 640 × 480, 800 × 600, 1024 × 768 yoki bulardan yuqori piksellarda beriladi. Tasvir o‘lchovi ruxsat etish qobiliyati bilan bog‘liqdir. Bu parametr dpi (dots per inch –nuqtalar soni zichligi) bilan o‘lchanadi. Ekran dioganali 15 dyumli (1 dyum = 2,54 sm) monitorda tasvir o‘lchovi 28 × 21 sm ni tashkil qiladi. Buni hisobga olsak, 800 × 600 pikselli monitor ekranining tasvirlash qobiliyati 72 dpi ga teng bo‘ladi. Demak, kompyuter
    xotirasidagi rangli tasvir ko‘p joy olishini tushunish qiyin emas.
    Misol uchun, 10 × 15 sm li rasm taxminan 1000 × 15000 piksellardan
    iborat bo‘ladi.
    Agar har bir rangli nuqtani tasvirlash uchun 3 bayt xotira ishlatilishini
    hisobga olsak, bitta o‘rtacha kattalikdagi rasmning o‘zi xotirada taxminan 4 mln bayt joyni egallaydi. Bunday ma’lumot, xususan, internet sahofalarini yaratishda e’tiborga olish zarur.
    Shuning uchun ham hozirgi kunda yaxshi multimedia dasturlarini, videoroliklarni yaratish uchun operativ xotirasi 128 Mbaytdan kam bo‘lmagan va, mos ravishda, tezligi katta bo‘lgan kompyuterlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
    Demak, rastrli grafika bilan ishlash uchun yuqori unumli kompyuter
    talab qilinadi.
    Rastrli grafikaning kamchiligi sifatida shuni aytish mumkinki, tasvirni mashtablashtirish (kattalashtirish, kichiklashtirish) jarayoni natijasida nuqtalar o‘lchovi kattalashishi bilan tasvir aniqligi yomonlashishi mumkin va hatto, tasvir tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarishi mumkin.
    Rastrli grafika elektron (multimedia) va matbaa nashrlarida keng qo‘llaniladi. Nashrlarda turli illustratsiyalarni yaratishda, odatda, skaner orqali olingan raqamli foto yoki videokamera (hozirda bunday fotoapparat va videokameralar keng tarqalgan) yoki rassom, loyihachi tomonidan tayyorlangan tasvirlardan foydalaniladi.
    Shuning uchun ham rastrli grafikada tahrir qiluvachi dastur vositalaridan keng foydalaniladi. Bu dasturlar, odatda, tasvirlarning aniqroq ko‘rinishda bo‘lishini ta’minlaydi.

    Download 25.75 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 25.75 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Mavzu: Fanning turlari Kompyuter grafikasining turlari, uning turkumlari va har xil ko‘rinishlari

    Download 25.75 Kb.