• Iqtisodiy tahlil jarayonida foydalaniladigan axborot manbalari 3. Tahlilda foydalaniladigan axborot manbalarining to’g’riligini tekshirish
  • 3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari va mazmu 1




    Download 489.88 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/14
    Sana13.03.2023
    Hajmi489.88 Kb.
    #45259
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari va mazmu 1



    3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari va mazmu 
     
    1. 
    Iqtisodiy tahlilning turlari va ularning tasniflanishi 
    2. 
    Iqtisodiy tahlil jarayonida foydalaniladigan axborot manbalari 
    3. 
    Tahlilda foydalaniladigan axborot manbalarining to’g’riligini tekshirish 
    usullari 
     
    Tayanch so’zlar:Iqtisodiy tahlilning turlari, iqtisodiy tahlilning tasniflanishi, iqtisodiy 
    tahlilni tashkil etish, tahlil bosqichlari, tahlilning axborot manbalari, axborot manbalarni 
    tekshirish, texnik tekshirish, mazmunan tekshirish. 
    1. Iqtisodiy tahlilning turlari va ularning tasniflanishi 
    Tahlil turlarini turkumlash – ularni umumlashtirish va bir tizimga keltirishga, eng muhim 
    tomonlarini aniqlashga hamda ushbu fanning istiqbolda yanada takomillashtirish uchun keng imkoniyat 
    ochib beradi. Tahlilning barcha turlari o’z belgilariga qarab ma`lum guruhlarga umumlashtiriladi. 
    Bunday guruhlashgan belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin: tahlilning vazifalari, uni o’tkazish 
    muddati, qabul qilinadigan qarorlarning xarakteri, korxonalar faoliyatini o’rganishning asosiy tomonlari, 
    rezervlarni aniqlash usullari, o’rganiladigan obhekt, tahlil qiluvchi subhekt, o’rganiladigan hodisalarning 
    ko’lami, axborotlarni qayta ishlash usullari kabilar. Barcha turdagi tahlilning turlari ularning bajargan 
    vazifalariga qarab quyidagi guruhlarga umumlashtiriladi: biznes-rejaning tig’izligi va asoslanganligini 
    baholash va uning bajarilishini nazorat qilish, erishiladigan natijalarni bashorat qilish ya`ni oldindan aytib 
    berish, erishilgan natijalarga ob`ektiv baho berish va shu maqsadda korxona faoliyatiga bog’liq va bog’liq 
    bo’lmagan sabablarni aniq belgilash, ichki xo’jalik hisobi yakunini o’tkazish, rezervlarni aniqlash va 
    ularni ishlab chiqarishga jalb etish, kelgusida rejalashtirish uchun asos (baza)ni aniqlash, o’timal 
    boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy variantlarni tayyorlash. 
    Ishlab chiqarishni iqtisodiy tahlil qilishni umumiy tarzda quyidagi chizmada keltirilganday 
    ifodalash mumkin (3.1- chizma). 
    Iqtisodiy tahlil turlarini turkumlash asosida boshqarish funktsiyalarini turkumlash yotadi, chunki, 
    iqtisodiy tahlil iqtisodiyotni boshqarishni har bir funktsiyasini amalga oshirishning ajralmas elementi 
    bo’lib hisoblanadi. Umuman olganda boshqarishning fukntsiyalarini ikkita katta guruhga bo’lishimiz 
    mumkin: umumiy va maxsus (s’etsifik) funktsiya. Bu bog’liqlik shundan iboratki umumiy funktsiyalar 
    o’z holicha amal qila olmaydi; har qanday maxsus funktsiya esa faqatgina umumiy funktsiyalar 
    yordamidagi amalga oshiriladi. 
    Ma`lumki, xo’jalik yurituvchi sub`ektlarni boshqarish o’zining tamoyillari va funktsiyalariga 
    tayanadi. Boshqarish faoliyatini amalga oshirish quyidagi funktsiyalarga tayangan holda amalga 
    oshiriladi: 

    boshqarishni axborot bilan ta`minlash (to’’lash, qayta ishlash, iqtisodiy voqea va hodisalar 
    tug’risidagi axborotlarni tartibga solish); 

    iqtisodiy tahlil qilish; 

    rejalashtirish va ‘rognozlash (iqtisodiy hodisalarni joriy va istiqbolli rejalashtirish); 

    muvofiqlashtirish; 

    tashkil qilish; 

    hisobga olish; 

    nazorat qilish (rejalarni va boshqarishga oid qarorlarni amalga oshirilishini nazorat qilish). 

    Download 489.88 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 489.88 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Mavzu. Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari va mazmu 1

    Download 489.88 Kb.
    Pdf ko'rish