Iqtisodiy tahlil uchun kerakli ma’lumotlar tizimi
Xo’jalik hayotini to’g’ri va oqilona boshqarishda turli-tuman ma’lumotlar
tizimidan foydalaniladi. Chunki, xo’jalik hayotida yuz bergan voqeliklar tegishli
xodimlar tomonidan ma’lumotlarda rasmiylashtirilib, ular asosida jarayonga
baho beriladi.
Shu sababli ham, qabul qilingan qarorlarning samarali bo’lishida
xo’jalik hayotining ma’lumotlarda to’g’ri, aniq rasmiylashtirilishi muhim
ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy tahlilda foydalaniladigan ma’lumotlar mazmuniga qarab quyidagi
turlarga ajratiladi:
•Iqtisodiy ma’lumotlar;
•Huquqiy-me’yoriy ma’lumotlar;
•Ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar;
•Tabiiy-ekologik ma’lumotlar;
•Boshqa ma’lumotlar.
Iqtisodiy ma’lumotlar iqtisodiy tahlilni tahminan 80 foiz axborot manbalari bilan
ta’minlab, ular tezkor, moliyaviy va boshqaruv, statistik hisob ma’lumotlaridan
iborat bo’ladi.