Detallar bo’iicha ixtisoslashtirish




Download 40.54 Kb.
bet3/12
Sana06.12.2022
Hajmi40.54 Kb.
#33485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Ishlab chiqarish jarayoni Reja Korxonaning ishlab chiqarish tizi (2)
1-ma\'ruza , Amaliyot topshiriqlari 3 KURS KIDT, Mexanik ish haqidagi tushunchalar; Quvvat haqida tushunchalar-fayllar.org, 3 leksiya, 5152-Article Text-9980-1-10-20230304, 2 5391302181280286518, Zaxriddin Muxammad Bobur pedagogik g, malumotlar tuzilmasi 1, 128280, TUYNUKLI DRENAJ HOSIL QILUVCHI MASHINALAR O‟QUV QO‟LLANMA, Ўлим фуқаролар , Fianl exam test questions for 2 semester, e-mail.ru pochta ochish, 3-mavzu
Detallar bo’iicha ixtisoslashtirish ishlab chiqarish uchastkalarini qisman ixtisoslashgan uskunalar bilan qurollantirish natijasida xom ashyolarni tejab-tergab ishlatishni va yuqori mehnat unumdorligiga erishishni ko’zda tutadi.
Zavodlarni detallar bo’yicha ixtisoslashtirishda faqat bir xil turdagi mashinalarning bir xil nomdagi yoki bir xildagi detallari tayyorlanadi. Detallar bo’yicha ixtisoslashtirish standartlashning keng ko’lamda rivojlanishini, detallar va qismlarning konstruktsiyasini me’yorlashtirish o’zaro bog’liqligini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning bir xil sifatli bo’lishini ko’zda tutadi. Ixtisoslashtirishning bu shakli ko’proq mashinasozlik va yengil soha da tarqalgan, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari (metallurgiya, mebel, tikuv, poyabzal soha lari)da ham rivojlanmoqda.
Detallar bo’yicha ixtisoslashtirish mashinasozlik zavodlarida mayda seriyali va donalab ishlab chiqarishda keng tarqalgan. Bunday ixtisoslashtirishdan maqsad korxonalarni unifikatsiyalash, detallar guruhini texnika jihatidan asoslash va ularni tayyorlashni texnologik, ya’ni guruh yo’li bilan amalga oshirishdan iboratdir. Keyingi vaqtlarda ixtisoslashtirishning funktsional shakli yanada ko’proq ko’zga tashlanadigan bo’ldi. U korxonalarda ishlab chiqarishga xizmat qiladigan ishlarni bajarishga ixtisoslashadi, masalan, ta’mir ishlari, yuklarni tashib olib borish va h. k.
Korxonalarni, Sexlarni ixtisoslashtirish ishlab chiqarishni kooperativlashtirishni va biron-bir mahsulot tayyorlash uchun birgalikda ish olib borishni taqozo qiladi. Zavod ichidagi kooperativlashtirish deganda Sexlar va ish joylarining birgalashib mahsulot ishlab chiqarishini tashkil etish tushuniladi.
Sex va uchastkalar ishlab chiqarishining o’zaro bog’liqligi texnikaviy tayyorgarlik ko’rish jarayonida aniqlanadi. Konstruktorlik va texnologik tayyorgarlik davrida zavod ichidagi kooperativlashtirish masalasi va ishlanadigan materiallar, yarimfabrikatlarning marshruti aniqlanadi. SHunday qilib, zavod ichidagi kooperativlashtirish belgilangan muhlatda mehnatni, materiallarni kam sarflash natijasida rejada ko’rsatilgan mahsulotni kompleks va sifatli tayyorlashni ta’minlaydi.
Ixtisoslashtirishning mavjud turlariga muvofiq, kooperativlashtirish ham quyidagi uch turga ajratiladi:
-buyumlar bo’yicha kooperativlashtirish — bunda so’nggi mahsulotni komplektlash uchun ayrim Sexlar yig’uv Sexiga tayyor agregatlar yetkazib beradi;

  • detallar bo’yicha kooperativlashtirish — bunda Sex ayrim detallarni yoki uzellarni yetkazib beradi;

  • texnologik kooperativlashtirishda bir Sex boshqasi uchun yarim tayyor fabrikatlar yetkazib beradi yoki alohida operatsiyalarni bajaradi.

Ixtisoslashtirish va kooperativlashtirish bilan bir qatorda kombinatsiyalash ham korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi.
Kombinatsiyalashni quyidagicha tahriflash mumkin: kombinatsiyalash soha ning turli tarmoqlarining bir korxonaga qo’shiluvidirkim, bunda ushbu tarmoqlar xom ashyolarni ketma-ket ishlab beruvchi tarmoqlar (masalan, rudadan cho’yan quyish va cho’yanni po’latga aylantirish, so’ngra po’latdan turli tayyor buyumlar ishlab chiqarish bo’lishi mumkin) yoki biri ikkinchisiga nisbatan yordamchi rol o’ynovchi tarmoqlar bo’ladilar (masalan, chiqindilarni yoki bir narsani ishlaganda chiqqan narsalarni ishga solish, mol joylash uchun kerakli narsalar ishlab chiqarish va hokazolar).
Mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyasining o’ziga xos xususiyati kombinatsiyalashning keng tarqalmasligiga sabab bo’ldi. Kombinatsiyalash, ayniqsa, kimyoviy va fizikaviy-kimyoviy jarayonlar bilan xom ashyolarni qayta ishlash (kimyo, metallurgiya, gaz soha i va h. k.) soha larida rivojlangan va ular uchun xarakterlidir. Kombinatsiyalash — bu, turli soha tarmoqlarida ishlab chiqariladigan har xil mahsulotlarni bir korxonada birlashtirish, demakdir.
Ishlab chiqarishda kombinatsiyalash uch asosiy shakli bilan farq qilinadi:

  • xom ashyoni ketma-ket ishlash;

  • ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish;

  • xom ashyoni kompleks ravishda ishlash.

Ishlab chiqarish tipi deganda texnikaviy tashkil qilish va iqtisodiy xususiyati, ixtisoslashtirish va tayyorlangan mahsulot nomenklaturasi, miqyosi va bir nomda chiqariladigan mahsulot darajasining doimiyligi, barqarorligi va boshqalar yig’indisi tushuniladi.
Ishlab chiqarish ko’lami va ixtisoslashtirish darajasi turlicha bo’lganda, uskunalardan foydalanish sharti har xil bo’ladi. Bir xilda ishlab chiqariladigan mahsulot miqyosi uskunalarni tanlashga va texnologik asbob-uskunalarning kimyoviy xossalariga ta’sir etadi. Ayrim buyumlarni tayyorlash uchun belgilangan yuqori unumli uskunalar mahsulotlari turlicha bo’lgan va tez-tez o’zgarib turadigan zavodlar uchun to’g’ri kelmaydi. Ular ishlab chiqarish strukturasini belgilaydi hamda texnologik jarayon xususiyatini va ularning qurolanganligi, ishlab chiqarish jarayonlarini va ish joyidagi mehnatni tashkil qilish shakllarini hamda boshqarishning aniq usullarini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiy darajasi ko’p jihatdan ishlab chiqarish turlariga bog’liqdir. Soha korxonalarining ish tajribasi shuni ko’rsatadiki, hozirgi sharoitda ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy turlari donalab, seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishdan iborat.
Donalab mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar iste’moli chegaralangan buyumlarni tayyorlash uchun tashkil etiladi. Donalab ishlab chiqarishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • tayyorlangan mahsulotning ko’p xilliligi, ulardan asosiy qismining takrorlanmasligi, shuningdek, uncha ko’p bo’lmagan miqdorda ishlab chiqarilishi;

  • ish joylarini texnologik ixtisoslashtirish, ma’lum detallarni va operatsiyalarni doimiy ravishda ish joylariga biriktirib qo’yishning mumkin emasligi;

  • universal uskunalarning va universal yig’uv asbob-uskunalarning qo’llanilishi;

  • qo’l bilan yig’iladigan va yakunlovchi operatsiyalar salmog’ining kattaligi;

  • universal va yuqori malakali ishchilardan ko’p foydalanish;

  • ishlab chiqarish tsiklining nisbatan uzunligi;

  • uskunalarni tez-tez sozlash natijasida ulardan foydalanish koefitsientining kamligi.

Mahsulotni donalab ishlab chiqaradigan korxonalar samaradorligi va mehnat unumdorligi darajasining pastligi, asosiy va yordamchi materiallarning ko’p sarf bo’lishi, mahsulotning tannarxi yuqori bo’lishi bilan boshqa korxonalardan farq qiladi.

Download 40.54 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 40.54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Detallar bo’iicha ixtisoslashtirish

Download 40.54 Kb.