• Mezon masalasi
  • Mehnat sig’imi
  • 3-mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni




    Download 40.54 Kb.
    bet7/12
    Sana06.12.2022
    Hajmi40.54 Kb.
    #33485
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Ishlab chiqarish jarayoni Reja Korxonaning ishlab chiqarish tizi (2)
    1-ma\'ruza , Amaliyot topshiriqlari 3 KURS KIDT, Mexanik ish haqidagi tushunchalar; Quvvat haqida tushunchalar-fayllar.org, 3 leksiya, 5152-Article Text-9980-1-10-20230304, 2 5391302181280286518, Zaxriddin Muxammad Bobur pedagogik g, malumotlar tuzilmasi 1, 128280, TUYNUKLI DRENAJ HOSIL QILUVCHI MASHINALAR O‟QUV QO‟LLANMA, Ўлим фуқаролар , Fianl exam test questions for 2 semester, e-mail.ru pochta ochish, 3-mavzu
    Ijtimoiy samaradorlik shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam beradigan tadbirlarni amalga oshirishning samaradorligini ifodalaydi. U mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilanishida, xodimlar malakasini oshirishda aks etadi va asosiy oziq-ovqat, soha tovarlarining aholi jon boshiga iste’mol qilinishi, ijtimoiy iste’mol fondlaridan beriladigan nafaqa va imtiyozlar, kadrlar tayyorlash bo’yicha xarajatlarning o’sishi bilan tavsiflanadi.
    Ushbu samaralar ishlab chiqarishning o’zida vujudga kelayotganini va birlashib bajarilgan mehnat tufayli ishlovchilar o’rtasidagi munosabatlar tahriflanishini nazarda tutsak, ularni ijtimoiy-iqtisodiy samara deb atasak bo’ladi.
    Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati uning mezoni va ko’rsatkichlar tizimida aks etadi.
    Mezon masalasi iqtisodiy samaradorlik nazariyasining eng muhim sohasi hisoblanadi. Falsafiy ma’noda mezon-bu asosiy o’lchov, muhim farqli belgi, asosiy nuqtai nazardir. SHular asosidagina u yoki bu sohadagi bizning bilimlarimizni ob’ektiv haqiqatligini, to’g’riligini va ishonchliligini aniqlash, haqiqatni anglashmovchiliklardan farq qilish mumkin.
    Ishlab chiqarishning asosiy maqsadiga erishish uchun barcha resurslardan oqilona foydalanish, tayyorlanadigan mahsulotning har bir birligiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish kerak bo’ladi. Demak, samarani o’lchaganda mezon sifatida jami ijtimoiy mehnatni tejash, uning unumdorligini oshirish qabul etiladi.
    Ishlab chiqarishning umumiy (mutloq) samaradorligi deganda xarajatlar va resurslarning ayrim turlari bilan solishtirilgan yoki taqqoslangan iqtisodiy samaraning umumiy miqdori tushuniladi.
    Ishlab chiqarishning umumiy samaradorligi xarajatlar va resurslarning ayrim turlaridan foydalanish darajasini aniqlash va baholash uchun qo’llaniladi va umuman xalq xo’jaligi
    bo’yicha, tarmoqlar, korxonalar, kapital qurilish ob’ektlari bo’yicha hisoblab chiqiladi. Bunday samaradorlikni aniqlash xarajatlar va resurslar samaradorligi darajasini, samaradorlikning asosiy yig’imlarini aks ettiruvchi differentsiyalangan ko’rsatkichlarni hisoblab chiqishga asoslanadi. Bunday ko’rsatkichlarga ishlab chiqarishning yoki unda tayyorlanadigan mahsulotning mehnat sig’imi, material sig’imi, fond sig’imi, kapital sig’imi kiradi.
    Mehnat sig’imi milliy daromad, sof foyda, yalpi tovar mahsulotning yoki natural shaklda ifodalangan mahsulot birligiga sarflangan xarajat miqdorini tavsiflaydi.

    Download 40.54 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 40.54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu. Ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoni

    Download 40.54 Kb.