|
3-mavzu. O„zbekiston respublikasida qonun ustivorligi va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar
|
bet | 1/5 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 48 Kb. | | #140460 |
Bog'liq 3- seminar 3-MAVZU. O„ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QONUN USTIVORLIGI VA IJTIMOIY SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR
Reja:
Faol ijtimoiy siyosat – aholini kuchli himoya qilish omili.
Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar.
O‘zbekistonda ekologik siyosat. 4. O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikning ta‟minlanishi.
Tayanch iboralar.
Oʻtish davri. Ijtimoiy islohotlar. Kuchli ijtimoiy himoya. Urbanizatsiya, Ekoharakat.
Millatlararo totuvlik. ―Sogʻlom avlod uchun‖. Yillarning nomlanishi. Kambag‟allikka qarshi kurash. Terrorizm. Diniy ekstremizm. Diniy bag‟rikenglik.
Faol ijtimoiy siyosat – aholini kuchli himoya qilish omili.
O‘zbekistonning yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos qilib olingan yetakchi tamoyillardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir. Bu har qanday iqtisodiy islohotning xalq manfaatlari va uning ijtimoiy himoyasini ta‗minlashga qaratilishini anglatadi.
Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda, sobiq Ittifoqning mustabid siyosati natijasida 80-yillarning ikkinchi yarmiga kelib, O‘zbekistonning davlat byudjeti defitsiti hamda inflyatsiya darajasining ortib borishi, xalq iste‗moli tovarlarining yetishmasligi, ishlab chiqarish va mehnat samaradorligining pasayib ketishi kabi bir qator salbiy tendensiyalar mamlakatda iqtisodiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuviga olib keldi.
Ushbu davrda respublika aholisining o‘sish sur‗atlari sobiq Ittifoqning boshqa davlatlariga nisbatan 3 barobar yuqori bo‘lgan, shu jumladan, bolalar ulushi ham. Shu bilan birga, uzoq yillar davomida mutanosib suratda ish joylari va yashash sharoitlari yaratilmaganligi oqibatida ishsizlik darajasining o‘sishi, ishlab chiqarish samaradorligining pasayishi aholi daromadlarining kamayishiga olib keldi. Bularning umumiy oqibati esa aholi farovonligi darajasining tushib ketishiga sabab bo‘ldi. Statistik ma‗lumotlarga ko‘ra, ushbu davrda mamlakat aholisining 45 % daromadlari yashash minimumidan past darajada bo‘lgan.
Bu davrda respublika aholisining ijtimoiy holati, ijtimoiy ta‗minoti va ijtimoiy himoyasi masalalari qoniqarsiz holatda bo‘lgan. Bunda qishloq aholisining 5 foizigina vodoprovod va kanalizatsiya bilan, taxminan 50 foizi ichimlik suvi bilan, 17 foizi tabiiy gaz bilan ta‗minlangan edi xalos. Uy-joy, sog‘liqni saqlash muassasalari, maktablar, bolalar bog‘chalari, madaniyat obyektlari yetishmas edi.
Mana shunday keskin bir sharoitda O‗zbekiston Respublikasi (keyingi o‗rinlarda O‘zbekiston Respublikasi) o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritdi.
Tub o‘zgarishlarning boshlang‘ich bosqichi 1991-1995 yillarda asosiy e‗tibor oziq-ovqat maxsulotlari va nooziq-ovqat mollari iste‗mol qilish keskin kamayishi, ommaviy ishsizlik paydo bo‘lishining oldini olish, aholi turmush darajasining keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, ijtimoiy sohalar sog‘liqni saqlash, ta‗lim, fan va madaniyat tarmoqlari doimiy ishlashini ta‗minlashga qaratildi.
Islohotlarning bu bosqichida O‘zbekiston ijtimoiy himoya siyosatining asosiy vazifasi imkon qadar yalpi ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslik hamda narxlarning erkinlashtirilishi natijasida aholi daromadlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘ldi.
Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, milliy va demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda, iste‗mol bozorlari himoyasi va davlatning iste‗mol xavfsizligiga asos solindi. Asosiy oziq-ovqat va iste‗mol mollarining keskin kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun chegaralangan mahsulotlarning normalashtirilgan tizimi ishlab chiqildi. Shuningdek, himoya chorasi sifatida iste‗molchilarga subsidiyalar berish tizimi va iste‗mol bozoridagi asosiy oziq-ovqat tovarlarini mamlakatdan tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikning turli shakllaridan keng foydalanildi.
Qishloq aholisiga hususiy tomorqalar ajratilishi, shuningdek, aholi asosiy qismining real maoshi kamayishini kompensatsiya qilish maqsadida tadbirkorlik faoliyati qo‘llab-quvvatlandi. Davlat statistika qo‘mitasi ma‗lumotlariga ko‘ra, bu yillar ichida qishloq aholisi xususiy tasarrufidagi yer hajmi ikki barobarga oshdi, natijada, har bir oila tasarrufidagi tomorqalar 1990 yildagi 12 sotixdan 30 sotixga yetdi. Bu chora-tadbirlar bozor munosabatlariga xos yuqori samarali tomorqa xo‘jaliklarini tashkil etish imkonini yaratdi.
Bozor iqtisodiyoti tizimida ishlashga moslashmagan ta‗lim hamda sog‘liqni saqlash tizimi ham islohotlarning dastlabki bosqichida tub o‘zgarishlarni talab qilardi. Bunda aholining sog‘lig‘i va ta‗lim darajasini bir butun tizim sifatida saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etdi.
Bu siyosat o‘tish davrining eng murakkab boshlang‘ich davrlarida ijtimoiy sohadagi asosiy maqsad va vazifalarni amalga oshirishga ko‘mak berdi. Shunday yondashuv tufayli islohotlar arafasida eng noqulay boshlang‘ich shart-sharoitlar va sezilarli ijtimoiy ziddiyatlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston ijtimoiy mojarolarni chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu davr ichida O‘zbekiston Respublikasi aholisining ijtimoiy ta‗minoti hamda himoyasining huquqiy asoslari yaratildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida (20.11.1991), Aholini ish bilan ta‗minlash to‗g‗risida (13.01.1992), O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida (02.07.1992), Ta‗lim to‘g‘risida (02.07.1992), Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida (06.05.1993), Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida (07.05.1993), Fuqarolarning davlat pensiya ta‗minoti to‘g‘risida (03.09.1993) kabi bir qator ij-timoiy muhim ahamiyatga ega qonunlar qabul qilindi. Ikkinchi bosqichda (1996-2003 yillar) makroiqtisodiy muvozanatni ta‗minlash, inflyatsiya darajasini pasaytirish, iqtisodiyotda tuzilmaviy o‘zgarishni amalga oshirish, iste‗mol bozorini to‘ldirish orqali aholi turmush darajasini ko‘tarish uchun shart-sharoitlar yaratildi. 1996 yildan boshlangan iqtisodiy yuksalish aholi daromadlari o‘sishining tabiiy manbaiga aylandi. 1997-2003 yillar davomida aholining real pul daromadlari yillik o‘rtacha 22 foizdan o‘sdi.
Ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlari aholining umumiy ijtimoiy himoyasi o‘rniga ijtimoiy himoyaning manzilli shakllariga o‘tishda namoyon bo‘ldi. Ish bilan ta‗minlash, aholi daromadlarini, inson kapitali salohiyatini oshirish ijtimoiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlariga aylandi.
Aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‗minlash dasturi ishlab chiqildi. Natijada aholining, ayniqsa, qishloq joylarda yashovchilarning ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‗minlanganlik darajasi oshdi. 1997-2003 yillarda aholining ichimlik suvi bilan ta‗minlanganlik darajasi, xususan, qishloq joylarda 36,8 foizdan 47 foizga, tabiiy gaz bilan ta‗minlash 69 foizdan 78,3 foizga yetdi.
Aholi salomatligida toza ichimlik suvi muhim ahamiyat kasb etadi. 2018 yilda Respublikamizda bu ko‘rsatkich 65 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda u 75 % ga yetkazildi.
1997 yildan boshlab ijtimoiy sohaning barcha tarmoqlarida ijtimoiy dasturlar tizimi amalga oshirila boshlandi. Ta‗lim sohasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, uning asosida yangi maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurildi, mavjudlari kapital ta‗mirlandi. O‘quv binolari zamonaviy jihozlar, o‘quv qurollari, kompyuter sinflari bilan ta‗minlandi. Yangi milliy ta‗lim standartlari, darsliklar ishlab chiqildi. Bu tadbirlarning amalga oshirilishi uchun har yili davlat byudjetining ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan qismining deyarli yarmi sarflandi.
Ushbu davrda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yillik davlat dasturlari amalga oshirildi. Bular qatorida Inson manfaatlari yili (1997), Oila yili (1998), Ayollar yili (1999), Sog‘lom avlod yili (2000), Ona va bola yili (2001), Qariyalarni qadrlash yili(2002), Obod mahalla yili (2003) kabi yillik davlat dasturlari ijtimoiy siyosatning yanada kuchayishida alohida o‘rin tutdi.
Uchinchi bosqichda 2004 yildan boshlab bugungi kunga qadar iqtisodiyotda, bank tizimi, soliq-byudjet siyosatida o‘tkazilgan institusional va tuzilmaviy islohotlar natijasida kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish joylari yaratish hamda aholi daromadlari o‘sishiga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijada, so‘nggi sakkiz yil ichida aholi daromadlarining real o‘sishi 20 foizni tashkil etdi.
Ushbu bosqichda mamlakatimiz rivojlanishida 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi davri alohida o‘rin tutadi. O‘zbekiston Respublikasida 2009 yili qabul qilingan
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida bir qator investitsion dasturlar amalga oshirilib, aholi bandligi va daromadlarining o‘sishiga, ijtimoiy infrastruktura va xizmatlar sohasining rivojlanishiga, aholining o‘z-o‘zini boshqarish organlari orqali manzilli ijtimoiy himoya qilish masalalariga alohida e‗tibor berildi.
Kam ta‟minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash. Davlat budjeti hisobidan aholining kam ta‗minlangan tabaqalarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rildi. Bular jumlasiga pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar kiradi.
1994-yillarda respublika budjeti hisobidan 30 ta soha va yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy himoya, moddiy yordam amalga oshirildi.
Maktab muallimlari, bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy, ijodiy va tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat kvartiralari ularga tekin berildi, kvartira haqi va kommunal to‘lovlar sohasida imtiyozlar berildi.
Yolg‘iz pensionerlar turar joy va kommunal xizmatlar uchun haq to‘lashdan ozod etildi, doridarmonlar va eng zarur mollarni belgilangan meyorda bepul olish va jamoat transportida tekin yurish imkoniyati yaratildi.
O‗quvchi va talaba yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida ovqat narxining bir qismini qoplaydigan qo‘shimcha to‘lovlar, maktab oshxonalari va tamaddixonalari xarajatlarining bir qismi budjet mablag‗lari hisobidan qoplandi, jamoat transportida arzon haq to‘lab yurish va boshqa yengilliklar joriy etildi. Nikohdan o‘tayotgan kelin-kuyovlar uchun mebel va gilam mahsulotlari sotib olishning imtiyozli tartibi qo‘llanildi. 1994-yil 24-avgustda ―Kam ta‟minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida‖ Prezident farmoni e‗lon qilindi. Farmonga ko‘ra, 1994-yil oktabrdan aholini ijtimoiy himoyalash siyosatining asosiy yo‘nalishlariga tuzatishlar kiritildi. Negaki, ilgari faqat respublika budjeti yo‘li bilangina 30 ta turli soha va yo‘nalishlar bo‘yicha ijtimoiy himoya amalga oshirilardi, bu mablag‗larning sochilib ketishiga olib keldi.
1994-yillarda ko‘rilgan chora-tadbirlar yalpi ijtimoiy himoyalashga yo‘naltirilgan bo‘lib, yordamga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashda to‘la samara bermayotgan edi.
1994-yilda ijtimoiy himoyaning asossiz tenglashtirish tizimidan aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab oladigan tizimga o‘tildi. Mahalla orqali bolalar, keksalar va kam daromadli oilalarga moddiy yordam beriladigan bo‘ldi. Kam ta‗minlangan oilalarga moddiy yordam, bola boquvchi oilalarga bolasi 2 yoshga to‘lgunga qadar, shuningdek, 16 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga yagona nafaqalar berish joriy etildi. Mahallalarda respublika va mahalliy budjet mablag‗lari, shuningdek, korxona va tashkilotlarning, tadbirkorlik tizimlari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy ravishda o‘tkazgan mablag‗lari hisobidan maxsus jamg‘armalar tuzildi.
1995-yilda 500 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga mahalla qo‘mitalari orqali 6 mlrd so‘m nafaqa berildi. Kam ta‗minlangan oilalarga ko‘rsatilayotgan yordam miqdori yildan yilga o‘sib bormoqda. Faqat 2000-yilning o‘zida aholining kam ta‗minlangan qismiga mahallalar orqali 54,3 mlrd so‘m miqdorida nafaqa, ko‘mak va boshqa turdagi yordamlar berildi.
O‗zbekistonda yuritilayotgan ijtimoiy siyosat jamiyatning negizi bo‘lgan oilani mustahkamlash va tinch-totuvligini ta‗minlash, oilada ayolning mavqeyini ko‘tarish maqsadi bilan uyg‘unlashgan. Shu maqsadda mamlakatimizda 1997-yil –Inson manfaatlari yili, 1998-yil – Oila yili, 1999-yil – Ayollar yili, 2000-yil – Sog‗lom avlod yili, 2001-yil –Onalar va bolalar yili, 2002yil – Qariyalarni qadrlash yili, 2003-yil – Obod mahalla yili, 2004-yil – Mehr va muruvvat yili, 2005-yil – Sihat-salomatlik yili, 2006-yil – Homiylar va shifokorlar yili, 2007-yil – Ijtimoiy himoya yili, 2008-yil – Yoshlar yili, 2009-yil – Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili, 2010-yil – Barkamol avlod yili, 2011-yil – Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili, 2012-yil – Mustahkam oila yili,
2013-yil – Obod turmush yili, 2014-yil – Sogʻlom bola yili, 2015-yil – Keksalarni e‗zozlash yili, 2016-yil – Sogʻlom ona va bola yili, 2017-yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, 2018yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‗oyalar va texnologiyalarni qo‗llab-quvvatlash yili, 2019-yil – Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili, 2020 yil – Ilm, ma‗rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, 2021 yil Yoshlarni qo‗llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb e‗lon qilinib, bu yillarda oilani mustahkamlash, ayollarning jamiyatdagi o‘rnini ko‘tarish, sog‘lom, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, qariyalarni e‗zozlash, go‘zal diyorimizdagi barcha mahallalar faoliyatini yanada jonlantirish yo‘lida xayrli tadbirlar amalga oshirildi.
2019 yildan ishlayotgan pensionerlarga pensiyani to‘liq to‘lash tartibi joriy etildi. Ijtimoiy yordamga muhtoj va ehtiyojmand aholi uchun nafaqa miqdori 2 barobar ko‘paytirildi.
Xulosa qilib aytganda, tanlangan kuchli ijtimoiy siyosat tufayli islohotlar arafasida eng noqulay boshlang‘ich shart-sharotlarga, ijtimoiy ziddiyatlarga ega bo‘lgan O‗zbekiston ijtimoiy mojarolarni chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Oldindan ko‘rilgan oqilona ijtimoiy chora-tadbirlar mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‗minladi.
Maishiy xizmat. Mustaqillik sharofati bilan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohasi rivoj topdi. Maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari to‘liq xususiylashtirildi, maishiy xizmat bozori vujudga keldi. 2002-yil 1-avgust holatiga ko‘ra respublikamizda 63 mingdan ortiq xususiy-maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari vujudga keldi. Ularda 135 ming xizmatchi aholiga maishiy xizmat ko‘rsatmoqda. Buyurtmachilarning takliflariga binoan ularning uylariga borib xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‗minlash dasturi ishlab chiqildi. Dasturni amalga oshirish borasida ko‘rilgan tadbirlar natijasida 1991-2007-yillarda 36 ming kilometr suv quvurlari va 72 ming kilometr gaz tarmoqlari ishga tushirildi. Bu ko‘rsatkichlar 1991-yilga qadar erishilgan natijalarga nisbatan tegishli ravishda 2 va 4 baravar ko‘p demakdir.
Istiqlol yillarida qishloq aholisining tabiiy gaz bilan ta‗minlanishi darajasi 17 foizdan 78 foizgacha, ichimlik suvi bilan ta‗minlanishi esa 52 foizdan 77 foizgacha o‘sdi.
Aholi uchun uy-joylar qurish ham rivojlandi. 1991-2000-yillarda 70 million m2 turar joy binolari qurilib, foydalanishga topshirildi.
Ma‗lumki 2017 yildan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari xodimlari uchun ―Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak‖ degan g‘oya ular faoliyatining bosh mezoniga aylandi. Davlat xodimlari, avvalo, birinchi rahbarlar faqat kabinetda o‘tirmasdan, joylarga borib, aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb muammolarning amaliy yechimi bilan shug‘ullana boshladi.
Shu ma‗noda 2017 yil xalq bilan yaqindan muloqot qilish, uning dardu tashvishlari, hayotiy muammolarini samarali hal etish bo‘yicha yangi tizim yaratilgan yil bo‘ldi.
Bu tizimning asosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning o‘ziga xos demokratik instituti sifatida amalda o‘zini oqlamoqda.
Qisqa muddatda ana shu qabulxonalarga bir yarim milliondan ziyod fuqaro murojaat qilgani va qancha-qancha odamning yillar davomida hal etilmagan muammolari ijobiy yechilgani O‘zbekistonda xalq hokimiyati nomiga emas, amalda joriy etilayotganini ko‘rsatmoqda. Joylarda rahbarlarning yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf etish yuzasidan shaxsiy javobgarligi kuchaygani mazkur tizimning muhim natijasi bo‘ldi.
yil 22 noyabrda 2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-2660) qabul qilindi.
Xalqimizning talab va istaklarini inobatga olib, 2017 yildan boshlab mamlakatimizda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasi amalga oshirila boshlandi.
Shahar va qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namunaviy uylar va ko‘p qavatli uy-joylar barpo etildi. Bu raqamni avvalgi yillarga taqqoslaydigan bo‘lsak, 2007 yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-joylar qurish dasturi boshlangan 2010 yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014 yilga nisbatan esa 2 barobar ko‘p uy-joy qurilganini ko‘ramiz.
yildan yurtimizda keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘pqavatli uy-joylar qurishni boshlandi. 2017 yilning o‘zida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Birgina Toshkent shahrining o‘zida 2019 yilda 420 ming kvadrat metr ko‘pqavatli uy-joy fondi foydalanishga topshirildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar ko‘pdir.
Obod qishloq (2018 yil 29 mart (PF-5386) va Obod mahalla (2018 yil 27 iyun (PF-5467) dasturlari xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. 2018 yilda bu boradagi qurilish va obodonlashtirish ishlariga 3 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada 416 ta qishloq yangicha qiyofaga ega bo‘ldi.
2019 yilda Obod qishloq va Obod mahalla dasturlari doirasida 479 ta qishloq va ovulda, shaharlardagi 116 ta mahallada keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Bunga 6,1 trillion so‘m yoki 2018 yilga nisbatan 1,5 trillion so‘m ko‘p mablag‘ sarflandi. Qishloq joylarda – 17 ming 100 ta, shaharlarda – 17 ming 600 ta, jami 34 ming 700 ta yoki 2016 yilga nisbatan salkam 3 barobar ko‘p arzon va shinam uylar qurildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida keltirilishicha, 2018 yilda mamlakatimizning urbanizatsiya darajasi 35,5 foizni tashkil etadi va hozirdan boshlab zarur choralar ko‘rilmasa, ushbu ko‘rsatkich yaqin kelajakda pasayishi mumkin. Bosh vazir boshchiligida mamlakatimiz aholisining urbanizatsiya darajasini 2030 yilga qadar 60 foizga yetkazish bo‘yicha Davlat dasturi ishlab chiqish uchun shaxsan mas‗ul etib belgilanadi.
Bugungi kunda qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish dasturlaridan bosqichma-bosqich shahar va posyolkalarda ko‘p qavatli uylar qurishga o‘tilmoqda. Kam ta‗minlangan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 5 mingta oilaga, jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarga ipoteka krediti asosida arzon uy-joy sotib olish uchun 116 milliard so‘mdan ziyod boshlang‘ich badal to‘lab berildi (Prezident Murojaatnomasidan. 24.01.2020. Qarang. Mirziyoyev SH.M. Asarlar 4-jild. –T.:
―O‘zbekiston‖. 2020.).
Prezidentimiz ta‗kidlab o‘tganlaridek har qanday mamlakatda bo‘lgani kabi bizda ham kam ta‗minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 2019-2020 yillarda ular taxminan 12-15 % ni tashkil etadi. Bu aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda.
2019 yildan ijtimoiy hayot va vaqtli matbuotda kambag‘allik tushunchasi muomalaga kiritilib, ushbu muammoning mavjudligi hukumatimiz tomonidan tan olindi. Kambag‘allikni kamaytirish borasida manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqila boshlandi. Jumladan aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish boshlandi.
Murojaatnomada Prezidentimiz Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga kambag‘allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqish, bu borada xalqaro meyorlar asosida chuqur o‘rganishlar o‘tkazib, kambag‘allik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan yangi metodologiyani yaratish lozimligi ta‗kidlab o‘tildi.
Aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirish borasida 2019 yildan boshlab quyidagi ishlar amalga oshirila boshlandi:
yil uchun bandlikka ko‘maklashishning yangi davlat dasturi tasdiqlandi;
Bu borada ishsizlarni kasbga o‘qitish, ularga huquqiy va boshqa maslahatlar berish hamda boshqa ijtimoiy yordam usullaridan keng foydalanish;
Xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish uchun mehnatga munosib haq to‘lash tizimini shakllantirish va aholi real daromadlarini oshirish;
Eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibini qayta ko‘rib chiqish, soliq va boshqa to‘lovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bog‘liq bo‘lishiga barham berish;
2019 yildan pensiya va nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini qayta ko‘rib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish boshlandi. (2018 yildayoq ushbu masala bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilingan edi). Farmonga ko‘ra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab, ishlaydigan barcha pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lana boshlandi.
Shuningdek, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etildi. Islohotlarning keyingi bosqichida ushbu cheklovlar ham butunlay bekor qilinadi.
Ayni vaqtda nogironligi bo‘lgan bolalar va ularning oila a‗zolarini, boquvchisini yo‘qotganlarni o‘n olti yoshgacha ijtimoiy muhofaza qilish masalasi doimo e‗tibor markazida turdi. Umrini nogiron farzandiga qarash, uni parvarish qilishga bag‘ishlagan onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turi joriy etildi.
2018 yilda og‘ir turmush sharoitida yashab, ish bilan ta‗minlanmagan xotin-qizlar 13 ming nafardan ziyodni tashkil etgan. 2019 yilda turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan 1 ming 600 nafar xotinqizlarni imtiyozli kreditlar asosida arzon uy-joylar bilan ta‗minlandi.
Ma‗lumki, aholining ijtimoiy farovon hayotini ta‗minlashda, olib borilayotgan islohotlarning samaradorligiga jamiyatda uchrab turadigan korrupsiya va korupsiogen holatlar katta salbiy ta‗sir ko‘rsatadi. Shavkat Mirziyoyev boshliq yangi O‗zbekiston hukumati o‘z faoliyatini boshlagan dastlabki yildan boshlab, jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘luvchi ushbu illatga qarshi keskin choralar ko‘rish yo‘lini tutdi. Xususan, 2017 yilning 3 yanvarida Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. O‘tgan 2-3 yil davomida bu borada juda katta ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi (korrupsiyasiz sport, korrupsiyasiz meditsina, korrupsiyasiz ta‗lim va x.k.). 2019 yil 27 may – O‘zbekistonRespublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarito‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5729) qabul qilindi.
yil 29 iyun – O‘zbekiston Respublikasi.da korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etildi.
Uzoq vaqt fuqarolikka ega bo‘lmay kelgan insonlar bugungi kunda o‘zlarini to‘laqonli O‘zbekiston fuqarolari deb his etmoqda. O‘tgan yigirma besh yilda 482 nafar shaxsga fuqarolik berilgan bo‘lsa, 2020-yilda 50 mingdan ziyod kishi shu huquqqa ega bo‘ldi. Bu esa Birlashgan Millatlar Tashkilotining fuqaroligi bo‘lmagan insonlar sonini kamaytirishga qaratilgan chaqirig‘iga munosib javobdir.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sotib olish bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilingani tufayli 40 mingdan ortiq fuqaro poytaxt mintaqasida sotib olgan uy-joylarini o‘z nomiga rasmiylashtirish imkoniga ega bo‘ldi.
( O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan bayram tabrigidan.)
|
| |